double.
Circle circle1;
Circle circle2(5.0);
cout << sizeof(circle1) << endl;
cout << sizeof(circle2) << endl;
Odatda biz nomlangan ob’yektni yaratamiz, keyin uning a’zolariga uning nomi orqali murojaat qilamiz. Ba’zan biz ob’yekt yaratishimiz va undan faqat bir martagina foydalanishimiz mumkin. Bunday hollarda uni nomlash zaruriy jixat sanalmaydi. Bunday ob’yektlar anonym ob’yekt deb nomlanadi.
Argumentsiz konstruktordan foydalanib, anonim ob’yektni hosil qilish sintaksisi:
ClassName()
Argumentga ega konstruktordan foydalanib, anonim ob’yektni hosil qilish sintaksisi:
ClassName(arguments)
Masalan,
circle1 = Circle();
argumentsiz konstruktorni qo`llab, Circle ob’yektini yaratadi va uning tarkibini circle1 ga nusxalaydi.
circle1 = Circle(5);
radiusi 5 ga teng, Circle ob’yektini hosil qiladi, va uning tarkibini circle1 ga nusxalaydi.
Masalan, quyidagi kod Circle ob’yektini yarataddi va uning getArea() funksiyasini chaqiradi:
cout << "Yuza: " << Circle().getArea() << endl;
cout << "Yuza: " << Circle(5).getArea() << endl;
Bu misollardan ko`rinib turibdiki, biz anonym ob’yektlarni keyinchalik unga murojaat bo`lmaydigan hollarda yaratishimiz mumkin.