Eslatma. Foydalanuvchi sinfini aniqlayotganingizda, sinf nomida har bir so`zning birinchi harfidan foydalaning. Masalan: Circle, Rectangle va Desk – sinf nomlari. C++ kutubxonasidagi sinflar nomlari quyi registrda nomlangan. Ob’yektlar o`zgaruvchi sifatida nomlangan.
Sinflar va ob’yektlar haqidagi quyidagi bandlar diqqatni jamlashga xizmat qiladi:
O`zgaruvchilarni aniqlash uchun sodda ma’lumot turlaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, ob’yekt nomini e’lon qilishda sinf nomidan foydalanish ham mumkin. Shu o`rinda, bu borada sinf ma’lumot tipi hisoblanadi.
C++ da biz bir ob’yekt tarkibidan boshqasiga nusxa olish uchun “=” o`zlashtirish operatoridan foydalanishimiz mumkin. Jimlik qoidasiga ko`ra, bitta ob’yektning har bir ma’lumotlar maydoni boshqa bir ob’yektdagi uning analogiga (o`xshashiga) nusxalanadi. Masalan,
circle2 = circle1;
circle1 dan circle2 ga radiusning nusxalanishi.
Ob’yekt nomlari massiv nomlariga o`xshaydi. Faqatgina ob’yekt nomi e’lon qilinganida u ob’yektni taqdim etadi. Boshqa bir ob’yektni taqdim qilish uchun uni qayta tayinlash mumkin emas. Bunda ob’yekt tarkibini o`zgartirish mumkin bo`lgan taqdirda ham, ob’yekt nomi o`zgarmas sanaladi. Ob’yekt tarkibidagi har bir elementni nusxalash mumkin, ammo uning nomini o`zgartirib bo`lmaydi.
Ob’yekt ma’lumotlardan tashkil topgan va funksiyalarnichaqirishi mumkin. Bu sizda ob’yekt anchayin katta ekan degan tasavvur uyg`otishi mumkin. Hech ham unday emas. Ma’lumotlar ob’yektda fizik ko`rinishda saqlanadi, funksiyalar esa – yo`q. Ko`pchilik funksiyalar bitta ob’yektning barcha elementlari uchun umumiy hisoblanadi, kompilyator birgalikda foydalanish uchun faqatgina bitta nusxani yaratadi. sizeof funksiyasidan foydalangan holda, ob’yektning fizik o`lchamini aniqlash mumkin. Masalan keyingi kod circle1 va circle2 ob’yektlarning o`lchamlarinni ko`rsatadi. Ularning o`lchami 8 ga teng va shuning uchun xotiradan 8 bayt olish maqsadida radius maydon tipi –