95
buyruqlarni — kuchlanishning pasayishi ketma-ketligini, yaʼni mashina kodini idrok
eta oladi. Kompyuterlar rivojlanishining dastlabki bosqichida odam kompyuterga
tushunarli tilda, mashina kodlarida dasturlar tuzishi kerak edi. Har bir koʻrsatma
birliklar va nollarning turli kombinatsiyasi sifatida ifodalangan opkod hamda operand
manzillaridan iborat edi. Shunday qilib, protsessor uchun har qanday dastur oʻsha
paytda birlar va nollar ketma-ketligi sifatida qaragan.
Tez orada mashina kodini
yaratish jarayonini avtomatlashtirish mumkinligi maʼlum boʻldi. 1950-yildan boshlab
dasturlarni yozish uchun mnemonik til — Assembler tilidan foydalanila boshlandi.
Assembler tili mashina kodini inson uchun qulayroq shaklda koʻrsatishga imkon berdi:
buyruqlar va bu buyruqlar bajariladigan obyektlarni belgilash uchun buyruqning
mohiyatini aks ettiruvchi ikkilik kodlar oʻrniga harflar yoki qisqartirilgan maxsus
soʻzlar qoʻllanilgan. Masalan, assembler tilida ikkita raqamni qoʻshish boʻyicha
koʻrsatma add soʻzi bilan ifodalanadi, uning mashina kodi 000010 tarzida boʻladi.
Dostları ilə paylaş: