Seriyali tanlov metodi. Tadqiq etish uchun umumiy majmuadan bir turdagi qismlarga bo’linib va har bir qism teng ravishda saralab olinadi (masalan, har bir qismdan 20% respondenlar ).
To’p-to’p tanlash metodi. Saralash birligi sifatida alohida respondentlar emas, balki guruhlar bo’ladi. Bunday tanlash usuli, agarda guruhlar tarkibi o’zaro o’xshasa qo’llaniladi.
Asosiy massiv metodi. So’rovnomani umumiy 60-70% yaxlitlikda taqdim qiladi.
Kvant tanlov metodi. Respondentlarni tanlashda to’rttadan kam bo’lmagan belgidan foydalanishni talab etadigan, bir muncha murakkab metod hisoblanadi.
Bunday tadqiqotlardatanlov majmuasida so’rovnomada qatnashishdan bo’yin tovlash nazorat belgisiga ko’ra 5% dan oshmasa reprezentativlik deb hisoblanadi. Unchalik katta bo’lmagan umumiy majmuada(masalan, 100-250 kishi bilan fakulteta doirasida) yalpi anketa so’rovnomasi o’tkazilsa reprezentativlik bo’ladi. OO’Yu doirasida o’tkaziladigan tadqiqotlarda talabalar umumiy sonining 10% dan so’rovnomada o’tkazish lozim bo’ladi.
Maqsad: Tadqiqotning maqsadi uning yakuniy natijasi bilish uchun mo’ljallanadi, nazariy-bilish, va amaliy vazifalarning, tadqiqot maqsadini amalga oshirishga olinishi kerak bo’lgan javoblarni savollarini ifoda etadi.1 Shu o’rinda ta’kidlab o’tamizki, sotsiologik tadqiqotni empirik maqsad tuzishda aniq tavsiyalar ishlab chiqish muhim hisoblanadi.
Maqsad – bu tadqiqot o’tkazishda, uning natijasida olishni hohlagan birqancha kutilayotgan natijalarimiz. Maqsad – faqatgina tadqiqot o’tkazish yordamida erishiladigan kutilayotgan yakuniy natijaning (muammoni hal etilishi) modelidir. Maqsadning qo’yilgan dasturga qaratilishi, nazariy, uslubiy, tashkiliy, mezonlarning samaradorligi uchun hizmat qiladi. Fundamental yoki nazariy tadqiqotdan kutilayotgan natijalar ijtimoiy obyektning stukturasi, funksiyasi, rivojlarishi shakli borasida yangi bilim bolishi mumkin.
Tadqiqotlar maqsadiga ko’ra ikki turga ajratiladi:
- ijtimoiy-muammolarni hal etishda yangicha yondashuvlarni ishlab chiqish maqsadiga qaratilgan, nazariy-amaliy;
- aniq ijtimoiy muammolarni hal etishga yo’naltirilgan, amaliy tadqiqotlar.