Tadqiqotning maqsadini aniqlashtirish, tadqiqotning vazifasini ilgai surishga imkon beradi. Vazifalar - muammoning tahlili va yechimi uchun belgilab qo’yiladigan harakatlarning aniq talablardir. Ular maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi va vositachilik xarakteriga ega bo’ladi.
Ular asosiy va hususiy bo’lishi mumkin. Asosiy va hususiy vazivalar mantiqan bog’langan bo’lib, hususiylari asosiylaridan kelib chiqadi. Masalan, amaliy tadqiqotnig asosiy vazifalariga: muammoga oid mavjud adabiyotlarni o’rganish va tahlil etish; olingan ma’lumotlarni yig’ish va tahlil etish; shuningdek muammoni hal etish variantlarini ishlab chiqishlar kiradi.
Tadqiqotning obyekti va predmeti: Obyekt – bu muammoli vaziyatni keltirib chiqaruvchi va o’rganish uchun tanlab olingan jarayon yoki hodisadir. Tadqiqot ishini o’tkazish davomida tadqiqotning obyekti va predmeti uchun bir qancha variantlar mavjud bo’ladi. Dastlabki holatlarda tadqiqotning obyekti va predmeti o’zaro butunlik va uning qismi kabi nisbatda bo’ladi. Ular o’rtasidagi aloqadorlikni bunday belgilash, predmetning obyekt ichida bo’lishligini bildiradi.
Aynan tadqiqotning predmeti tadqiqotning mavzusini aniqlashtiradi. Tadqiqotning predmeti aniq ijtimoiy reallikdagi muammoli holatlarni, subyektning ijtimoiy hayotdagi faoliyatini o’z ichiga olib ilmiy bilish jarayoniga kiritadi.
Muammoning tahlili asosida obyektni belgilash amalga oshiriladi. Muammoli holatlardagi ijtimoiy zid mazmundagi ijtimoiy voqyelik obyekt sifatida hisoblanadi.
Sotsiologik tadqiqot obyekti keng ma’noda u yoki bu ijimoiy muammoni o’z ichiga oladi, tor ma’noda sotsiologa zarur ma’lumotni bera oladigan odamlar yoki obyekt. Ko’p holatlarda ijtimoiy guruh obyekt sifatida yuzaga chiqadi. Misol uchun, agar Oliy o’quv yurtlarida kechga qolishlarni sababi o’rgalilayotgan bo’lsa, talabalar va o’qituvchilar obyekt bo’lib hisoblanadi.
Predmet: Tadqiqotning predmeti o’rganilayotgan muammoni to’la ravishda ifodalovchi va o’rganishga yo’l ochuvchi tamonlarini o’z ichiga oladi. Oliy o’quv yurtlarida darsga kech qolish sabablari – bu tadqiqotning predmetidir. U o’zida tadqiqotning obyekti va ijtimoiy muammoni o’zida jamlaganligini ifodasini ko’rsatmoqda.
Tadqiqotning predmeti – obyekt munosabatlari va mavjud tarkibini bilishda ayniqsa tadqiqot muammosini yechimini topishda muhim rol o’ynaydi. Predmetni aniqlashtirish obyektning tarkibi va quyilgan muammoning tavsifi, sotsiologning ilmiy darajasi, tadqiqot vositalarining mavjudligiga bog’liq bo’ladi. Predmet tadqiqot obyektining tarkib va belgilarini tahlili asosida shakllansada, lekin u bilan mos tushmaydi. Bir obyekt turli muammolari yechimi topishda o’rganilishi mumkin va ko’plab tadqiqot predmetlarini nazarda tutishi mumkin. Predmet o’rganilayotgan muayyan tadqiqot obyekti doirasida bilish chegaralarini belgilaydi. Predmetning to’g’ri tanlanishi, muammoning aniq ifodasi va obyektning tizimli tahlilini ta’minlaydi. Tadqiqotning muammosi yetarli darajada aniq bo’lmagan holatlarda, predmetni qo’yish uchun ilmiy izlanish zarur bo’ladi.