Byudjet tashkilotlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‗lar ijrosi bo‗yicha oylik, choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim qilish ―O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablag‗ bilan ta‘minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‗yicha qoidalar‖ ga (O‗z.R AV. tomonidan 2011 yil 27 sentyabrda № 2270-son bilan ro‗yxatdan o‗tgan) asosan tartibga solinadi. Yillik moliyaviy hisobotlar hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvar holatiga tuziladi. Choraklik moliyaviy hisobotlar hisobot yilining 1 aprel, 1 iyul va 1 oktyabr holatiga, oylik moliyaviy hisobotlar hisobot oyidan keyingi oyning birinchi sanasi holatiga tuziladi.
Byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash va taqdim qilish tartibi
Amaldagi qonunchilikka muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilmagan holda moliyaviy hisobotlar shakllariga o’zgartirishlar kiritishga yo’l qo’yilmaydi. Byudjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan yillik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Balans (1-shakl);
xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl);
debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risida ma‘lumot;
byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;
tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;
tibbiyot muassboshqa byudjet ta‘lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to’g’risida hisobot; BYUDjetan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot; joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risida hisobot; nomoliyaviy aktivlarning harakati to’g’risida hisobot. asalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot; ta‘lim muassasalarida o’qitishning to’lOv-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to’g’risida hisobot; boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot; joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risida hisobot; nomoliyaviy aktivlarning harakati to’g’risida hisobot.
Byudjet tashkiloti bo’lmagan, ammo byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga (tegishli xududiy moliya organlariga) chorak (yil) uchun smeta xarajatlarining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)ni tegishli qonunchilik talablariga muvofiq holda taqdim qiladilar
Byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni mazmuniga e‘tibor beradigan bo’lsak, shubhasiz balans (1-shakl) markaziy o’rinni egallaydi va byudjet tashkilotining ma‘lum davrga barcha moliyaviy ko’rsatkichlarini o’zida aks ettiradi. Qolgan hisobot shakllari esa, mazkur balansda aks ettirilgan moliyaviy ko’rsatkichlarni ayrimlarini detallashtirib, aniq ma‘lumotlar bilan ta‘minlashga xizmat qiladi. Bu esa, tashkilotlar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni uzluksizligini, o’zaro muvofiqligini va tizimliligini ta‘minlaydi. Quyida byudjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarning umumiy sxemasi keltirilgan