Jizzax viloyati Jizzax shahar MMTBga qarashli 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida 2022-2023-o’quv yilini yakunlash” va “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirini o’tkazish
bo‘yicha yig‘ilish
BAYONNOMASI
20.05.2023 yil Sangzor MFY
Qatnashdi:
Yi’gilish raisi: maktab direktori B. G’aybullayev
MMIBDO‘ – F. Sarimsoqov
Maktab psiholog-inspektori- I. Bo’riyev
“Bogishamol” mahalla yoshlar yetakchisi- S. Nematov.
9-11sinf ota-onalari 30- nafar, 9-11sinf o’quvchilari
Kun tartibi:
1. 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida 2022-2023- o’quv yilini yakunlash” va “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirini ko’tarinki kayfiyatda nohush holatlarsiz o’tkazish yuzasidan.
2. Qabul qilingan yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, bitiruvchilarning kelgusi hayotida ahamiyati haqdida
3. Maktab bitiruvchilarinimng bandligini ta’minlash yuzasidan ota-onalarga ma’lumot yetkazish.
1-masala yuzasidan maktab direktori B. Gaybullayev so’zga chiqib, yig’ilishga tashrif buyurgan ota-onalarni farzand tarbiyasi va ularning ta’lim olishlariga barcha shart-sharoitlarni yaratib berayotganliklariga rahmat aytib,kelgusida ushbu farzandlar kamolini ko’rish nasib etishida samimiy tilaklarini aytib o’tdi. So’ng maktabda 25-may “So’nggi qon’g’roq”tadbirini maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida 2022-2023-o'quv yilini yakunlash" va "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlarini o'tkazish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilganligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 15-maydagi 01-06/3-255-sonli xatining mazmun mohiyatini ota-onalarga aytib o‘tdi.So’nggi qo’ng’iroq tadbiridan so’ng o’quvchilarning barchasi to’liq ota-ona nazoratida bo’lishlari zarurligi, o’quvchilar xavfsizligini ta’minlashda bu eng dolzarb masala ekanligini ta’kidlab, maktabdagi tadbir va joriy ta’mirlar uchun hech qanday pul yig’ilmasligi, turli xil oshiqcha bezak, avtomobillarga ruxsat berilmasligini eslatib o’tdi.
"So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari davomida tadbir ishtirokchilariga qabul qilingan yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, bitiruvchilarning kelgusi hayotida ahamiyati tushuntirildi. O‘quvchi-yoshlarini Toshkent shahrida joylashgan istirohat bog'lari va shunga o'xshash turli ko'ngil-ochar joylarda nazoratsiz yurishini va tadbirini davom ettirishini oldini olish maqsadida tushuntirish ishlari olib borildi.
Barcha o'qituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovg'alar taqdim etish, qo'shimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalar va h.k.da banket yoki boshqa marosimlar) o'tkazish, hiyobonlar va ko'ngil ochar joylarda nazoratsiz, bemaqsad yurishi hamda yengil avtomashinalarda sayr qilishlariga yo'l qo'ymaslik uchun Mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari va uchastka profilktika inspektorlari nazoratga olinishi aytib o‘tildi.Bayram tadbiri munosabati va maktabda yangi o'quv yiliga tayyorlash borasida o'quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag'larini yig'ish kabi salbiy holatlarni oldini olish bo'yicha barcha pedagog xodimlar qat'iy ogohlantirildi.
Maktab psiholog-inspektori I. Bo’riyev so’zga chiqib, maktab direktorining barcha talablari o’rinli ekanligi, har bir ota-onaga farzandining sog’ligi, havfsizligi va kelgusidagi orzu-istaklari amalga oshishida barcha birdek ma’sul ekanligini ta’kidlab, aynan 25-may “So’nggi qo’ng’roq” tadbirida barcha ota-onalr ogoh bo’lishlari zarurligi, o’z oilalari davrasida bayramni nishonlash taklifini berib, farzandlarimizning kelajagiga barchamiz befarq emasligimizni aytib o’tdi. “So’nggi qo’ng’iroq” tadbiridan so’ng maktab bitiruvchilarining yo’llarda gala-gala bo’lib betartib yurishlari, o’zboshimchalik bilan ruhsatsiz avtobuslarda Jizzax shahri va boshqa viloyatlarga, tog’li hududlarga ketib qolishlarini oldini olish maqsadida sinf rahbarlari va ota-onalar qat’iy ogohlantirilishi talab qilinganligi haqida ma’lumot berib o’tdi.
Shuningdek, "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlarini belgilangan tartibda o'tkazish, o'quv yili yakuni, bitiruvchilarni kasb-hunar maktablari yoki 10-sinfda o’qishlarini davom ettirish to’g’risidagi ko’rsatmani aniq misollar bilan ota-onalarga maktab O’ITBDO’ A. Bobonazarov tomonidan kerakli taklif va tavsiyalar berildi.
Yig’ilish yuzasidan
QAROR QILADI:
1. Yigʻilishdagi maʼruzachilarning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. MMIBDO‘ F. Sarimsoqov va sinf rahbarlarga:
- ota-onalar va taʼlim muassasa hamkorligi hamda uni yanada mustahkamlash vazifalari topshirilsin.
3. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilishni maktab MMIBDO’ va sinf rahbarlari zimmasiga yuklataman.
Maktab direktori: B. G’aybullayev
Yig`ilish kotibi: S. Sherbo’tayeva
Dostları ilə paylaş: |