Keltirilgan 2-jadval ma’lumotlarini tahlil qiladigan bo’lsak, 2016 -yil davlat budjeti daromadlari 17061.3 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2020 yilga kelib 41030.7 mlrd so’mga yetib, 19735 mlrd so’mga yoki 192.6 %ga ko’paydi. Bunda bevosita soliqlar 4439.4 mlrd so’mga yoki 181.9 %, bilvosita soliqlar 10696.5 mlrd so’mga yoki 160.1% ga, resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i 1993.7 mlrd so’mga yoki 160,1 %ga hamda boshqa daromadlar 2605.5 mlrd so’mga yoki 222.0 % oshganini kuzatish mumkin.
Shuningdek, 2016-yilda davlat budjetining 91.9 foizi soliqli tushumlar 8.1 foizi boshqa daromadlardan, 2020-yilda esa 88.4 foizi soliqli tushumlar,11.6 foizi boshqa daromadlardan shakllantirilgan. Bilvosita soliqlar hamda resurs to’lovlari va mol-mulk solig’ining ulushi yildan yilga oshib bormoqda.
20 “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. N°1, fevral, 2020 yil
2-bob bo’yicha xulosa 0’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakil qilingan vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, shuningdek tegishli tashkilotlar bilan birgalikda quyidagilarni o’z ichiga olgan budjetnoma loyihasini ishlab chiqadi va birinchi oktyabrgacha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o’tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi;
o’tgan yilgi Davlat budjeti ijrosi to’g’risidagi hisobot O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan va joriy yilgi Davlat budjetining kutilayotgan ijrosi bahosi;
kelgusi yilga mo’ljallangan Davlat budjeti loyihasini tuzishda asos bo’lgan kelgusi yilning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari;
mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo’nalishlari loyihasi O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan;
mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo’nalishlariga sharhlar;
davlat ichki va tashqi qarzlari hamda ular bo’yicha xarajatlar holati to’g’risidagi ma’lumotlar;
kelgusi moliya yiliga mo’ljallangan Davlat budjeti loyihasi O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan.
Budjetnoma O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning o’n beshinchi oktyabridan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi.
Davlat budjeti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi.
Davlat budjetiga muvofiq:
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin ikki haftalik muddat ichida tegishli ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;
Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar budjetlari Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar budjetlari qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida tuman, shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;
shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlari va tuman bo’ysunuvidagi shaharlar budjetlari belgilangan muddatlarda mahalliy hokimiyat yuqori turuvchi vakillik organlari tomonidan qabul qilinadi.
Davlat budjeti daromadlari soliq, bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq shakllantiriladi.
Hisoblab chiqarilgan, biroq joriy yilning o’ttiz birinchi dekabrigacha Davlat budjetiga to’lanmagan daromadlar kelgusi yilda Davlat budjetiga o’tkazilishi kerak.
Budjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlari budjetdan ajratiladigan mablag’lar doirasida moliya yili uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida tayinlash sertifikatini muayyan davrga va summaga rasmiylashtirish orqali, shuningdek budjet mablag’lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi) bilan tuzilgan va ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomasi asosida:
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’yicha - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi yoki uning hududiy bo’linmalari tomonidan;
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetidan yoki mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’yicha - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining hududiy bo’linmalari tomonidan to’lanadi.
BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUDJET JARAYONINI
TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI