Budjet jarayonini boshqarish va nazorat qilishda quyidagi vazifalarning bajarilishi talab etiladi:
muvozanatlashtirilgan bozorga kirib borishda barqaror taraqqiyotga erishish maqsadida maksimal darajada moddiy va moliyaviy rezervlarni qidirib topish;
alohida soliqlar va boshqa to’lovlarning, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlari va maqsadli dasturlarning samarali bajarilishini ta’minlovchi budjet daromadlarining umumiy hajmini aniqlash;
budjetda ko’zda tutilgan umumdavlat ahamiyatiga ega barcha tadbirlarni uzluksiz moliyalashtirish ehtiyojini inobatga olgan holda, budjet xarajatlari va ularning umumiy hajmini belgilash;
iqtisodiyotdagi inflyatsion tendentsiyalar va pul-kredit nobarqarorligini bartaraf etishga, milliy pul birligining barqarorligini ta’minlashga yo’naltirilgan moliyaviy barqarorlashtirishning umumiy dasturini budjet bilan muvofiqlashtirish;
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan manbalar hisobidan budjet defitsitiga barham berish yoki uni qisqartirish;
iqtisodiy mintaqalar, xo’jalik sohalari va budjetlar o’rtasida davlat daromadlarining manbalarini qayta taqsimlash yo’li bilan turli darajadagi budjetlarni balanslashtirish maqsadida budjetni tartibga solishni amalga oshirish; keng masshtabli barcha ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning balansliligi va proportsionalligini ta’minlashga imkon beradigan budjetni o’rta va uzoq istiqbolga mo’ljallab rejalashtirishning rolini oshirish;
soliq majburiyatlarini bajarishda alohida fuqarolar daromadlari va yuridik shaxslarning moliyaviy faoliyatlari ustidan nazoratni ta’minlash;
zamonaviy elektron-hisoblash texnikalaridan keng foydalanish asosida va moliyaviy hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish orqali budjetlarni tuzish va ijro etish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqalar.
Budjet jarayonini tashkil qilishda quyidagi tamoyillargarioya qilinadi:
yagonalik – yagona huquqiy baza, yagona budjet tasnifi, O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti va hududlar budjetlarini tuzishda statistik axborot tuzish uchun zarur bo’lgan budjet xujjatlari shaklining yagonaligi;
har bir qonun chiqaruvchi va ijroiya xokimiyati organi budjet jarayonining mustaqilligi - o’z daromad manbalari va ulardan foydalanish yo’nalishlarini belgilash huquqi bilan ta’minlanadi;
balans usuli – jami budjetlarning daromadlari va xarajatlari o’rtasida, shuningdek, moddiy va moliyaviy ko’rsatkichlar o’rtasida to’g’ri nisbatlarni belgilashni nazarda tutadi.