Bilmaslik ayb emas, o’rganmaslik ayb. Rus xalq maqoli 1. Budjet jarayoni, uning o’ziga xos xususiyatlari va asosiy vazifalari.
Avvalo, budjet jarayoni tushunchasining mazmuniga to’xtaladigan bo’lsak, budjet loyihasini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinishiga tegishli bo’lgan davlat hokimiyat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari hamda budjet jarayoni ishtirokchilarining faoliyatiga budjet jarayoni deyiladi.
Uning mazmuni mamlakatning davlat va budjet qurilishi, tegishli vakolatli organlar va yuridik shaxslarning budjet huquqlari bilan belgilanadi.
Budjet jarayoni, odatda, budjet faoliyatining quyidagi to’rt bosqichini o’z ichiga oladi:
budjetni ijro etish; budjetning ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash.
1-rasm. Budjet jarayoni bosqichlari Budjet jarayonining davomiyligi yuqoridagi to’rt bosqichning barchasidan iborat bo’lib, odatda, uch yilga yaqin davom etadi. Buning bir yilga yaqini budjet loyihasini ishlab chiqish, uni ko’rib chiqish va tasdiqlashga, bir kalendar yili (1 yanvardan 31 dekabrgacha) budjetni ijro etishga (budjet yili) va sakkiz oyga yaqini budjetning ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlashga va uni tasdiqlashga to’g’ri keladi.
Alohida faoliyat turi sifatida tashkil etiladigan budjet jarayoni bosqichlarga yo’naltirilgan. Budjet jarayoni to’rt bosqichdan iborat:1) tayyorlash va taqdim etish 2) tasdiqlash 3) ijro va 4) audit va baholash.
Fransiyada moliya yili kalendar yiliga mos bulib, u boshqa rivojlangan mamlakatlardan markazlashish darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Markaziy budjet (umumiy budjet, turli davlat tashkilotlari qo’shma budjetai va xazinachilikning maxsus hisobvaraqlari kabilarni o’z ichiga oluvchi davlat budjeti) butun moliya tizimining 80 foizga yaqin daromad va xarajatlarini o’z ichiga oladi.