16.2-rasm. 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida sog’liqni saqlash tizimini yanada
takomillashtirishga qaratilgan ustuvor yo’nalishlar1
Harakatlar strategiyasini 2017-―Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili‖da hamda 2018-―Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili‖da amalga oshirishga oid Davlat dasturlarida sog’liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator aniq va manzilli chora- tadbirlar belgilangan bo’lib, Dasturda ularning bir necha yo’nalishlarda olib borilishi ko’zda tutilgan. Bu tadbirlar tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mavjudlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tibbiyot va farmasevtika faoliyatining qonuniy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan aholi qatlamlariga ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar miqdori va sifatini oshirish, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, kasalliklarning oldini olish maqsadida sanitariya-
profilaktika ishlari samarasini oshirish, chekka hududlarda yashovchi aholiga tibbiy xizmatni yaqinlashtirish, tibbiyot xodimlari mehnatini rag’batlantirish, ularning yashash va ishlash sharoitlarini yaxshilash, tug’ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash choralarini ko’rish kabilarga qaratilgan.
Sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari.
Sog’liqni saqlash tizimi mussasalarini saqlash va rivojlantirishda davlat byudjetining ahamiyati
Sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari. Jahon tajribasidan shuni kuzatish mumkinki, tibbiy xizmatlarni moliyalash xarajatlari bir qancha manbalardan amalga oshiriladi, bular: davlat byudjeti, majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug’urta, xususiy tibbiy sug’urta, to’g’ridan-to’g’ri to’lovlar (iste‘molchilarning tibbiy xizmatlarni sotib olishdagi xarajatlari).
Davlat byudjeti. Tarixan sog’liqni saqlash tizimini moliyalashtirish (to’liq yoki qisman) davlat tomonidan amalga oshirilgan. Davlat tomonidan moliyalashtirish quyidagi tamoyillarga qurilgan:
sog’liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning asosiy manbai davlat mablag’lari ekanligi;
sog’liqni saqlashga yo’naltiriladigan moliyaviy resurslarning turli darajadagi byudjetlarda to’planishi;
tibbiy yordamni moliyalashtirishda tuzilmaviy tamoyilning ustunligi (tibbiyot muassasasi tomonidan ko’rsatilayotgan alohida tibbiy xizmatlarning haqini to’lash emas, balki uning xarajatlarini qoplash tartibining ustunligi);
tibbiyot muassasalarining notijorat maqomiga ega ekanligi va davlat tomonidan o’rnatilgan moliyaviy tartiblarga bo’ysungan holda ijtimoiy buyurtmaning ijrochisi ekanligi;
resurslardan foydalanishda iqtisod rejimiga rioya qilinishi;
tizimning markazlashgan tarzda rejalashtirilishi va boshqarilishi;
tibbiyot xodimlariga haq to’lashda tarif usulining qo’llanilishi;
xodimlarni yollash va ular mehnatiga haq to’lash tartibining davlat tomonidan tartibga solinishi;
tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilishning ma‘muriy usuli o’rnatilganligi.
Ushbu tamoyillarga tayangan holda faoliyat qiluvchi davlat sog’liqni saqlash tizimi bir qator afzalliklarga ega:
davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlarni taqdim etishni kafolatlash yo’li bilan fuqarolarning yuqori darajada ijtimoiy himoyasi ta‘minlanadi;
tibbiy xizmat ko’rsatish shart-sharoitlari ustidan qat‘iy davlat nazorati o’rnatiladi;
o’ta xavfli yuqumli kasalliklar bilan kasallanish darajasiga (ayniqsa, favqulodda vaziyatlarda) ta‘sir ko’rsatishning yuqori samaradorligi ta‘minlanadi.
Ammo bir qator afzalliklarga ega bo’lgani holda, davlat sog’liqni saqlash tizimi bozor sharoitlarida ayniqsa keskinlashgan quyidagi kamchiliklarga ham ega:
byudjetlarning nobarqaror holatlarida hamda ajratilayotgan moddiy va moliyaviy resurslarning samarasiz taqsimlanishi sharoitida sog’liqni saqlash tizimiga yo’naltiriladigan moliyaviy resurslar taqchilligining yuzaga kelganligi;
tibbiyot xodimlari faoliyatida moddiy rag’batlantirishning cheklanganligi, ular mehnat haqi umumiy darajasining pastligi;
tibbiyot xodimlariga haq to’lash va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish hajmlarining so’nggi ish natijalarining hajmi va sifatiga sust darajada bog’langanligi;
mijoz tomonidan tibbiyot xodimi(vrach)ni va tibbiyot muassasasini tanlash imkoniyatining kamligi;
ayrim (taqchil) tibbiy yordamni olish uchun ―sekin harakatlanadigan‖ navbatlarning mavjudligi;
alohida ijtimoiy, hududiy va kasbiy fuqaro guruhlari uchun tibbiy xizmat darajasi va sifatidagi tengsizlikning yuzaga kelganligi (maxsus tibbiyot muassasalarining, yirik korxona va alohida tashkilotlar bo’ysunuvidagi muassasalarning mavjudligi);
kasalliklarni aniqlash, davolash va profilaktika qilishning yangi usullarini joriy qilishning sustligi, ijodiy erkinlik uchun, tibbiy xizmatlarni tashkil qilishning umumiy modellarini mahalliy sharoitlar va ehtiyojlarga moslashtirish uchun sharoitlarning yetarli emasligi;
moliyaviy resurslar katta qismining yaxshi jihozlanmagan, yuqori malakali kadrlarga ega bo’lmagan, yetarlicha sifatli xizmat ko’rsatmayotgan, ya‘ni samarasiz ishlayotgan muassasalarni saqlashga yo’naltirilayotganligi;
birlamchi tibbiy yordam va kasalliklarning oldini olish milliy tizimi rivojlanish darajasining pastligi, tibbiy xizmatlarni ko’rsatishning ancha qimmat turuvchi statsionar turlarining ustuvorligi, qishloq va shahar o’rtasida sog’liqni saqlash borasidagi jiddiy tafovutlarning mavjudligi;
tibbiyot xizmatlarini ko’rsatishdagi monopolizmning hukmronligi, iste‘molchilarning sifatsiz tibbiy xizmatlardan himoyalanmaganligi;
tibbiyot sohasiga kapital qo’yilmalar qilish uchun moliyaviy resurslarning yetishmasligi, inqirozlar va moliyalashtirishdagi taqchilliklar davrida tibbiy xizmat ko’rsatish sharoitlarining yomonlashuvi.
Dostları ilə paylaş: |