Davlat dasturida jismoniy tarbiya
masalalarining yoritilishi.
Reja:
1. Ilk va maktabgacha bolalar rivojlanishiga quyiladigan Davlat
talablarida jismoniy rivojlanish va gigiena soxasi. «Ilk qadam» dasturida
jismoniy tarbiya masalalarining yoritilishi.
2. Bolalarning jismoniy rivojlanish xaritasi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarda jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarda
jismoniy sifatlar kuch, epchillik, chaqqonlik, chidamlilik kabi sifatlarni
shakllantirish.
3. Maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika. Gimnastika
turlari va tasnifi. Maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalar uchun gimnastika va
uning axamiyati. Gimnastika turlari. O‟tkazish metodikasi.
Mazkur O„zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalar rivojlanishiga qo„yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda
Davlat talablari deb yuritiladi) O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim
to„g„risida”gi Qonuni, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-
dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta‟lim tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi qarori hamda Vazirlar
Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O„zbekiston Respublikasi
Maktabgacha ta‟lim vazirligi to„g„risidagi nizomni hamda Maktabgacha
ta‟lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan ilk
va maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb
yuritiladi) har tomonlama rivojlantirish, ta‟lim-tarbiya berish, maktab
ta‟limiga tayyorlash bo„yicha davlat talablarini belgilaydi.
1.1 O‟zbekiston respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo‟yiladigan talablarini tasdiqlash haqida O„zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2017-yil
30-sentabrdagi
PQ-3305-son
“O„zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‟lim vazirligi faoliyatini tashkil
etish to„g„risida”gi qarori hamda O„zbekiston Respublikasi Prezidentining
2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017 - 2021-yillarda maktabgacha
ta‟lim
tizimini
yanada
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to„g„risida”gi qaroriga muvofiq buyurilgan:
1. O„zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo„yiladigan Davlat talablari ilovaga muvofiq tasdiqlash.
2. Mazkur buyruq rasmiy e‟lon qilingan kundan e‟tiboran kuchga kiradi.
Mazkur O„zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qo„yiladigan davlat talablari (bundan buyon matnda Davlat
talablari
deb
yuritiladi)
O„zbekiston
Respublikasining
“Ta‟lim
to„g„risida”gi Qonuni, O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-
dekabrdagi PQ-2707-son “2017 - 2021-yillarda maktabgacha ta‟lim tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi qarori hamda Vazirlar
Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O„zbekiston Respublikasi
Maktabgacha ta‟lim vazirligi to„g„risidagi nizomni hamda Maktabgacha
ta‟lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan ilk
va maktabgacha yoshdagi bolalarni (bundan buyon matnda bolalar deb
yuritiladi) har tomonlama rivojlantirish, ta‟lim-tarbiya berish, maktab
ta‟limiga tayyorlash bo„yicha davlat talablarini belgilaydi.
Davlat ta‟lablarini yaratishda xamkorlik
YUNISEF ning O‟zbekistondagi vakolatxonasi texnik va metodologik
ko‟magi, Janubiy kareyaning Puchon Universiteti professorlari ishtirokidagi
seminarlar , davra suhbatlari , Yunisefning xalqaro ekspertlari
Korea,Rossiya,Estoniya,Belarus, Buyuk Britaniya Xalqaro tajribalari
o‟rganildi.
Bola rivoji va ta‟limida ishtirok etayotgan, ota onalar ,pedagog va barcha
kattalarga kutilayotgan natijalar xaqida ma‟lumot beruvchi xujjat. Asosiy
kompetensiyalarini shakllantirish orqali bola rivoji va uning potensial
imkoniyatlarini ochishga yo‟naltirilgan Mulkchilik shaklidan qatiy nazar
MTT larning pedagog hodimlari tomonidan Maktabgacha ta‟lim tizimi uchun
talimiiy dastur,o‟quv metodik materiallar,o‟yin va o‟yinchoqlar yaratishda
bajarilishi shart.
Davlat talablari tuzilmasi
Maqsad, vazifa va asosiy tamoillar Asosiy tushunchalar yakuniy
qoidalar
Rivojlanish
sohalari
Davlat
ta‟lablarining
tarkibi
Kelishilgan tashkilotlar Davlat talablari asosidagi yosh davrlari bosqichlari:
Tug‟ilgandan 3 yoshgacha
3 yoshdan 4 yoshgacha
4 yoshdan 5 yoshgacha
5 yoshdan 6 yoshgacha
6 yoshdan 7 yoshgacha
1. Davlat talablari O„zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakli
va idoraviy tasarrufidan qat‟iy nazar, quyidagi ta‟lim muassasalariga
qo„llaniladi:
davlat maktabgacha ta‟lim muassasalari;
nodavlat maktabgacha ta‟lim muassasalari;
maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo„lgan “Mehribonlik” uylari.
2. Maktabgacha ta‟lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o„rta maxsus,
kasb-hunar va oliy ta‟lim muassasalari, maktabgacha ta‟lim turlari bo„yicha
pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga
oshiradigan muassasalar, maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan
oilalar mazkur Davlat talablariga rioya qilishlari lozim.
Davlat talablarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta‟lim-tarbiyasi mazmuni
va sifatiga qo„yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma‟naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta‟lim-
tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
ta‟lim-tarbiya
jarayoniga
pedagogik
va
zamonaviy
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta‟lim, fan va ishlab
chiqarishning samarali integratsiyasini ta‟minlash.
Davlat talablari quyidagi tamoyillar asosida tatbiq etiladi:
bolaning noyobligi;
“Men” konsepsiyasi va shaxsiy ta‟limini yaratishda bolaning faol roli;
bolaning huquqlarini himoya qilish va ta‟minlashning muhimligi;
bola ta‟limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli;
bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli, har bir
bolaga moslashuvchan bo„lib, individual variativlik asosida yondashish.
Davlat talablari rivojlanish sohalari integratsiyasini ko„zda tutadi va bola
rivojlanishiga ko„maklashadi.
Davlat talablari tug„ilgandan 7 yoshgacha bo„lgan bolalarning beshta
asosiy rivojlanish sohalariga bo„lingan. Har bir rivojlanish sohasi o„z o„rnida
kichik sohalarga bo„lingan bo„lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta
talablardan (kutilayotgan rivojlanish ko„rsatkichlaridan) iborat.
Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo„yicha
belgilanadi:
jismoniy rivojlanish va sog„lom turmush tarzining shakllanishi;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, muloqot, o„qish va yozish malakalari;
bilish jarayonini rivojlanishi;
ijodiy rivojlanish.
“Jismoniy rivojlanish va sog„lom turmush tarzining shakllanishi” sohasi
quyidagi kichik sohalarga bo„linadi:
yirik motorika;
mayda motorika;
sensomotorika;
sog„lom turmush tarzi va xavfsizlik.
“Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo„linadi:
“Men” konsepsiyasi;
hissiyotlar va ularni boshqarish;
ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.
“Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga
bo„linadi:
intellektual-anglash malakalari;
elementar matematik malakalar;
tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat.
“Ijodiy rivojlanish” soha quyidagi kichik sohalarga bo„linadi:
dunyoni badiiy tasavvur etish;
badiiy-ijodiy qobiliyatlar.
Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bosqichlarni o„z ichiga
oladi:
go„daklik (tug„ilgandan 1 yoshgacha);
erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);
kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha);
o„rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha);
katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha);
maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha).
Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo„yicha belgilanadi:
jismoniy rivojlanish va sog„lom turmush tarzining shakllanishi;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
nutq, muloqot, o„qish va yozish malakalari;
bilish jarayonini rivojlanishi;
ijodiy rivojlanish.
Sog‟lom turmush tarzi bu insonning hayoti va salomatligi xavfsizligini
ta'minlashga xizmat qiluvchi ko'nikmalarga ega bo'lish asosida hayotiy
faoliyatni yo'lga ko'yish hamda ealomatlikning yuqori darajada bo'lishiga
ershshshni ta'minlovchi ijgamoiy hodisadir.
Sog‟lom turmush tarzi inson tomonidan turmush sharoitlarini faol
o'zlashtirish usuli bo'lib, kun tartibiga rioya qshshsh, faol harakat asosvda
organizmni chiniqgarish, sport bilan shug‟ullanish, to'la va sifatli ovqatlanish,
ovqatlanishning gigienik qoidalariga rioya qilish, udotlinsoniy va milliy
kadriyatlar asosida o'z o'zini tarbiyalay olish, zararli odatlardan o'zini tiya
olishi demakdir.
Tavsiya etilayotgan ushbu metodik kompleks «Sog‟lom turmush tarzini
takomillashtirish» oila va uzluksiz ta'lim tizimida talabalardagi salomatlik,
«sog‟lom turmush tarzi motivatsiya, ehtiyotlik, qiziquvchanlik, sog‟lom avlod
kelajagini ta'minlashga intiluvchanlik hamda o'z salomatligiga ongli
munosabatda bo'lish kabi fazilatlarni takomillashtirishga qarashgan.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasida bola egallashi lozim bo„lgan
madaniy - gigienik ko„nikmalarni quyidagi guruhlari ajratiladi:
a) ovkat eyish ko„nikmalari (ovqatni tartib bilan olish, yaxshilab
chaynash, qoshikdan, sanchikdan, salfetkadan foydalanish va h.k);
b) o„z tanasini parvarish kilish ko„nikmalari (yuvinish, soch tarash va
h.k);
v) xonada tartibga rioya etish, kiymlardan foydalanish va unga qarash
ko„nikmalari (tez kiyinish va echinish, kiyimlarni tartibli, ozoda saklash va
h.k).
Bolalar harakat ko„nikmalari va malakalarini egallaydigan jismoniy
mashqlar xam belgilangan:
a) asosiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, tirmashib chiqish,
uloktirish, muvozanatni saqlash mashqlari); umumiy rivojlantiruvchi
mashqlar, safga turish va qayta safga turish;
b) sport mashqlari (suzish, changida yurish, konki uchi shva h.k).
Harakatli o„yinlar (mazmunli, mazmunsiz sport tarkibiy qismlari bo„lgan
o„yinlar va boshqalar) ham ko„rsatilgan, yozgi va qishki davrda uchastkadan
tashqariga qilinadigan uzoq sayrlar ko„zda tutilgan.
Jismoniy tarbiya ishining mazmunini belgilab beruvchi asosiy xujjat
«Uchinchi ming yillikning bolasi» tayanch dasturidir. U bolalarni izchil
harakat malakalari va ko„nikmalariga o„rgatish imkonini beradi,
harakatlarning muvofiqliligini rivojlantiradi, jismoniy sifatlar (chaqqonlik,
tezlik, chidamlilik)ni tarbiyalaydi.
Jismoniy tarbiya tizimidagi ishlar xilma-xil vositalar yordamida amalga
oshiriladi: gigienik omillar (to„g„ri rejim, maqsadga muvofiqovqatlanish,
gigienik
vaziyat,
madaniy-gigienik
ko„nikmalarni
shakllantirish,
mustahkamlash uchun), jismoniy mashqlar.
3 dan 7 yoshgacha bo‟lgan bolaning rivojlanish xaritasi
Bolaning rivojlanish xaritasini to‟ldirish uchun kuzatuv uch davrni o‟z
ichiga oladi: birlamchi (o‟quv yili boshida), oraliq va yakuniy.
Birlamchi kuzatuv o‟quv yili boshida o‟tkaziladi (sentabr oyida). Bu
bosqichda har bir bolaning boshlang‟ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu
davrgacha erishgan yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi ta‟lim sohalarini
o‟zlashtirish bo‟yicha mavjud bo‟lgan muammolarga ham e‟tibor qaratadi,
bolaning qanday sifatlari qo‟llab-quvvatlashni talab etishini, har bir bola
uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Keyin bolaning ayni davrdagi
yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari bo‟yicha yutuqlari
xaritasi to‟ldiriladi.
Oraliq kuzatuv birinchi yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar) o‟tkaziladi.
Bu monitoringni o‟tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan
metodikaning to‟g‟riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan
iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga ko‟ra, tarbiyachi, boshqa mutaxassislar
bilan hamkorlikda, zarurat tug‟ilgan holatlarda pedagogika jarayoniga
tuzatishlar kiritishi mumkin.
O‟quv yili oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv
o‟tkazadi. Mazkur kuzatuv asosida yil boshida qo‟yilgan vazifalar qanday hal
qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni
hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko‟zda tutiladigan
maqsadlar belgilanadi. Kuzatuv o‟tkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish
lozim:
kuzatuv bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga
yordam berishga yo‟naltirilgan bo‟ladi;
bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatuv
kamida ikki hafta ( yoki oy) mobaynida olib boriladi;
tarbiyachi bola to‟g‟risidagi ma‟lumotlarni ota-onalar yoki
muassasaning boshqa xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin;
tarbiyachi bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish
va bilim olish xususiyatlariga e‟tibor qaratishi lozim.
O‟quv yili oxirida tarbiyachi yakuniy pedagogika kengashiga bolalar
tomonidan o‟quv dasturi o‟zlashtirilishining sifat darajasi to‟g‟risida hisobot
yozadi va unda bolalar tomonidan tegishli natijalarga erishilmagan bandlar
hamda ular nega bajarilmaganligi sabablariga to‟xtalib o‟tadi (ba‟zi
metodikalar o‟zlashtirilmagani, tarqatma materiallar, adabiyotlarning yetarli
bo‟lmagani, guruh texnika vositalari bilan yetarli darajada ta‟minlanmagani,
bolaning betob bo‟lgani va darslarni o‟tkazib yuborgani, ota-onalarning faol
bo‟magani va h.k.). Ushbu natijalar asosida sabablarni bartaraf etish
borasidagi ishlar rejalashtiriladi va mazkur guruh uchun kelasi yilga
mo‟ljallangan vazifalar belgilanadi.
Keyinchalik pedagog (tarbiyachi) bola yutuqlari xaritasini yiliga kamida
3 marta to‟ldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi (✔) bilan belgilaydi.
Kuzatuv rivojlanishning barcha sohalari bo‟yicha olib boriladi. Agar u yoki
bu bilim olish sohasida indikator «ishlamasa», pedagog (tarbiyachi) daftar
hoshiyalariga tegishli belgilar qo‟yishi lozim. Bu bola rivojlanishini kuzatish
kundaligini yuritishda yordam beradi. Mazkur tashxis (diagnostika) asosida
pedagog (tarbiyachi) ruhshunos (psixolog), logoped, jismoniy tarbiya
bo‟yicha yo‟riqchi va boshqalar bilan hamkorlikda bolaning yutuqlarini
ajratadi, shuningdek, ta‟lim sohalarini o‟zlashtirishning salbiy tomonlarini
aniqlaydi. Olingan natijalarga mos ravishda ta‟lim jarayoniga tuzatishlar
kiritiladi, shuningdek, individual ish rejalashtiriladi va uni amalga oshirish
borasidagi vazifalar belgilanadi. O‟quv yili oxirida (odatda may oyida) ushbu
xarita bo‟yicha yakuniy kuzatuv o‟tkaziladi.
Tezkor-kuch sifati koʻrsatkichlari (turgan joydan uzunlikka sakrash
nazorat mashqi) quyidagicha oʻzgargan: 5-6 yoshli oʻgʻil bolalarda 16,7 sm,
qiz bolalarda esa 26,6 sm ga oʻsgan boʻlsa, 6-7 yoshli oʻgʻil bolalar oʻrtasida
12,1 sm ga qiz bolalarda esa 12,2 sm ga ortgan. Shu bilan birga 7 yoshli qiz va
oʻgʻil bolalar oʻrtasida koʻrsatilgan natijalar past boʻlishiga qaramasdan, qiz
bolalar natijalari oʻgʻil bolalar natijalari bilan tenglashgan. Bu esa shu
yoshdagi jismoniy tarbiya jarayonlarida vositalarning notoʻgʻri tanlanganligi
va tezkor - kuch sifatini rivojlantirish mashqlariga kam e‟tibor
berilmaganligidan dalolat beradi.
Ma‟lumki, bolalar jismoniy tarbiyasi, jismoniy rivojlanishi,
tayyorgarligini uslubiy va pedagogik nuqtai nazardan toʻgʻri tashkillashtirish
uchun bolalar fiziologiyasi va psixologiyasini yaxshi bilish shart, shularga
suyangan holda har bir mashgʻulot oldidan aniq vazifalar qoʻyilishi lozim.
Vazifalar soni 2-3 tadan iborat boʻlib, vazifalarga binoan asosiy harakatlar,
mashqlar va harakatli oʻyinlar tanlanadi. Tanlangan mashqlar, birinchidan,
asosiy harakatlar bilan bogʻliq boʻlishi lozim, ikkinchidan, mashqlar yoshiga,
tayyorgarligiga, jinsiga mos boʻlishi ham talab etiladi. Qolaversa, bu mashqlar
bolalarga oddiy, tushunarli, tanish, bajara oladigan boʻlishi shart. Shundagina
bolalarda harakat koʻnikmasi hosil boʻlishi va malakaga aylanishiga erishish
mumkin.
Bolalarning jismoniy tayyorgarligi va rivojlanishi salomatlikning asosiy
tarkibi hisoblanadi. Bolalarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarlik sifati
zamonaviy usul va shakllarni qoʻllagan holda jismoniy tarbiya jarayonini
pedagogik jihatdan toʻgʻri qoʻyilganligiga bogʻliqdir. Tadqiqotda olingan
ma‟lumotlarga koʻra, katta guruh bolalarining tezkorlik mashqlarini bajarishga
boʻlgan imkoniyatlari yildan-yilga (10,0 soniyadan 6,9 soniyagacha) oshib
bordi.
Oʻgʻil bolalarda tezkorlik sifatlari, ya‟ni 30m. ga yugurishda
koʻrsatilgan natijalar 5-6 yoshlilarda 0,5 soniyaga teng boʻlsa, 6-7 yoshlilar
oʻrtasidagi farq 0,9 soniyaga oʻsgan.
Qiz bolalarda esa 0,7; 1,9 soniyaga teng. Bu koʻrsatkichlar bogʻcha
yoshdagi bolalar orasida tezkorlik mashqlarini bajarishda oʻgʻil va qiz
bolalarning koʻrsatgan natijalari bir-biridan unchalik katta farq qilmasligini
kuzatildi.
Professor A. N. Livitskiy bergan ma‟lumotlarga qaraganda, 5-7 yoshli
bolalarda 30 metrga yugurishning oʻrtacha koʻrsatkichi oʻgʻil bolalarda 5-6
yoshlilarda muvofiq ravishda 8,7-7,9-7,6 soniyani tashkil etsa, qiz bolalarda
5-6-7 yoshlilarda 9,3-9,0-8,3 soniyaga teng, bizning olgan ma‟lumotlarimizda
esa, 10,010,5; 9,5-9,8; 8,6-8,9 soniyani tashkil etadi. Yuqorida keltirilgan
natijalar statistik jihatdan farq qilmasa-da, tajriba oʻtkazishga tayyorlangan 5-
7 yoshli bolalarning tezkorlik sifati natijalari nisbatan pastligini koʻrishimiz
mumkin (2-jadvalga qarang).
Tajriba va nazorat guruh bolalarining koʻrsatkichlarini taqqoslash tahlili
shuni koʻrsatadiki, oʻgʻil va qiz bolalarning koʻrsatgan natijalari pedagogik
tajribadan soʻng statistik farqli ravishda (2-jadval) (t=2,12,2,31; P<0,05) oʻsdi.
Bu esa tajriba guruhidagi oʻgʻil bolalarning natijasi nazorat guruhiga
qaraganda 1,1 soniyaga yaxshilanganligini koʻrsatdi va 11,8 %ni tashkil qildi,
qiz bolalarda esa 1,2 soniyaga hamda yil davomida 12,9 %ga yaxshilanganligi
aniqlandi.
6 yoshli tajriba guruhi oʻgʻil bolalarining koʻrsatgan natijalari 2,1
soniyaga yaxshilangan boʻlsa, bu 29,1 %ni tashkil etdi. Qiz bolalarning
koʻrsatkichlari ham 2,1 soniyaga oʻsdi, ya‟ni yil boshida olingan natijalarga
qaraganda 21,4 %ga ustunligi koʻrindi.
. Maktabgacha ta‟lim muassasalarining rahbarlari pedagogik, gigiyenik
va estetik talablarni hisobga olgan holda ularni guruh xonalariga, jismoniy
tarbiya zaliga, guruhlarning maydonlariga va sport maydonchasiga to„g„ri
tanlab qo„yishni va joylashtirishni ta‟minlashlari lozim.
Maktabgacha ta‟lim muassasasidagi tarbiyaning dastur vazifalariga
muvofiq tarzda barcha asosiy harakatlarning rivojlanishiga yordam beradigan
jihozlar tanlanadi. Masalan, bolalarni sakrashga o„rgatish mashg„ulotlarida
qator maxsus qo„llanmalar: sakrab o„tish uchun zarur narsalar (arqonlar,
kubiklar, to„siqlar); sakrab o„tish paytida o„yinchoqlarni osib qo„yishga kerak
bo„ladigan ustunlar; gimnastika yashigi - qutisi (tepalikkairg„ib chiqish,
balanddan sakrab tushish); sakrash bilan bajariladigan harakatli o„yinlar
uchun atributlar talab etiladi. Bolalar harakatlari rivojlanishining yosh
xususiyatlari va ularning jismoniy tayyorgarligiga oid bilimlarga asoslangan
holda, topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtira borish muhimdir. Masalan,
tirmashib chiqishga mo„ljallangan mashqlar dastlab qiyaroq narvonchalarda,
uncha baland bo„lmagan tik narvonlarda, keyinroq gimnastik devorlarda,
zinali arqonlarda, langar cho„p, arqon, piramida va boshqalarda o„tkaziladi.
Muvozanatni saqlash bo„yicha o„tkaziladigan mashqlar uchun uzun arqonlar,
har xil uzunlik va kenglikda taxtalar, taxtachalar, g„ishtlar, qiya taxtalar, qiya
maydonchalar, har xil balandlikdagi gimnastik skameykalar, maydonchadagi
o„rnatilgan har xil shakldagi to„nkalar bo„lishi zarur.
Har xil maqsadlar uchun foydalaniladigan jihozlar alohida qiziqish
uyg„otadi: tebranma kursilar, qirra yuzasidan yurish, tirmashib chiqish,
emaklab tagidan o„tish, tebranish; gardish aylantirish umumrivojlantiruvchi
mashqlarni bajarish, uloqtirish (tik osilganida yoki polga qo„yilganida);
qarama-qarshi devorlarga mustahkamlangan reykalar, voleybol to„rlarini,
sakrab ushlash uchun shnurlarni osib qo„yishga; hatlab o„tish, tagidan o„tib
yurish uchun arqonlarni osish qulaydir.
Jismoniy tarbiya inventarlari mashqlar doirasini kengaytirish, o„ziga xos
harakat malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Masalan, har xil vertikal,
aylanma, gorizontal, harakatlanayotgan, harakatli tebranma nishonga irg„itish;
halqa tashlash (har xil balandlikda joylashgan qiya joylarga, arg„imchoqlarga
halqa tashlash); juft bo„lib, kichik guruh bilan mashqlar bajarish (tayoqchalar,
langar cho„plar shnurlar, katta halqa). Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar
to„plamiga tuzilishi bo„yicha har xil harakatlarda foydalaniladigan inventarlar
(lentalar, pirpiraklar, ro„molchalar, bruslar, tayoqchalar va boshqalar) kiradi.
Ular umumrivojlantiruvchi mashqlarning organizmga ta‟sirini kuchaytirishga
yordam beradi.
Maxsus tanlangan inventarlar va o„yinchoqlar muskulning ayrim
bo„limlarini maqsadga yo„naltirilgan tarzda ta‟sir etish imkonini beradi.
Masalan, panja va barmoq muskullarining rivojlanishiga yig„ma o„yinchoqlar,
mayda o„ynichoqlar, yirik munchoqlarni terib chiqish yordam beradi. Bu
o„yinlar bolalarga ilk yoshdanoq tavsiya etiladi. Kattaroq yoshdagi bolalarga
mozaykalar (yassi, qo„ziqorinsimon, hajmli), konstruktorlar, qoqib kiritadigan
o„yinlar) “O„z rangini topib qo„y”, “Epchil kalavachilar va boshqalar) bilan
o„tkaziladigan mashqlar ham foydalidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Djamilova N.N Bolalar jismoniy tarbiyasi. T.: 2020.
2. G.Tulenova. XDujayev.P, Xujayeva. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”.
3. T.: Ilm ziyo. 2012.
4. A.N.Normurodov “Jismoniy tarbiya” T.: O„zbekiston 2011.
5. Makamjonov.K, Salomov.R, Ikromov.I “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metdikasi”
Itstisod-Moliya 2008
Dostları ilə paylaş: |