181
tavsiflari va tasvirlari, har yili ro‗y bergan xavfli tabiiy hodisalar to‗g‗risidagi
ma‘lumotlar to‗plamidan iborat bo‗ladi.
Tabiiy xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri kadastr ob‘ektlarini
hisobga olishni, ularning holatini va ro‗y bergan xavfli tabiiy (geologik,
gidrometeorologik) jarayonlar (hodisalar) oqibatlarini baholashni ta‘minlash
maqsadida yuritiladi.
Tabiiy xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastrini yuritish quyidagi
vakolatli
organlar
tomonidan:
Davlat
geologiya
qo‗mitasining
"O‗zbekgidrogeologiya" davlat geologiya korxonasi
xavfli geologik jarayonlar
ro‗y
beradigan
zonalar
bo‗yicha;
O‗zbekiston
Respublikasi
Fanlar
akademiyasining Seysmologiya instituti seysmik xavf yuqori bo‗lgan zonalar
bo‗yicha; "O‗zgidromet" markazi gidrometeorologiya hodisalari xavfi yuqori
bo‗lgan zonalar bo‗yicha amalga oshiriladi.
Tabiiy xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastrini yuritish: kadastr
axborotlarini to‗plash, tizimlashtirish, saqlash,
hisobga olish va baholash; Davlat
kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun har yilgi axborot hisobotlarini tuzish;
foydalanuvchilarni Tabiiy xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri bo‗limlarini
yuritish bo‗yicha vakolatli vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda
kadastr axborotlari bilan ta‘minlash yo‗li bilan amalga oshiriladi.
Kadastr ob‘ektlarini hisobga olish to‗g‗risidagi, har yili ro‗y bergan xavfli
tabiiy
jarayonlar, ularning miqdor va sifat tavsiflari, xavfli tabiiy jarayonlar
(hodisalar) oqibatlari to‗g‗risidagi muntazam ravishda yangilab va to‗ldirib
boriladigan ma‘lumotlar: xavfli geologik jarayonlar ro‗y beradigan zonalarda -
zilzilalar, ko‗chkilar, yemirilishlar, cho‗kishlar, o‗pirilishlar, suffoziyalar, karstlar
va
boshqalar; gidrometeorologiya hodisalari xavfi yuqori bo‗lgan zonalarda - suv
toshqinlari, sellar, qor ko‗chkilari, kuchli shamollar, jalalar, qurg‗oqchilik, suv
bosishi va boshqalar Tabiiy xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastrining asosini
tashkil qiladi.
Quyidagilar Tabiiy xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastrining asosiy
prinsiplari hisoblanadi: O‗zbekiston Respublikasining butun hududini qamrab
182
olish; koordinatlar yagona tizimi va topografiya asoslarini qo‗llanishi;
hisobga
olish yagona tizimini, kadastr axborotlarini ishlash va taqdim etish metodikasini
qo‗llanishi; avtomatlashtirilgan geoaxborot texnologiyalarini qo‗llanishi;
ma‘lumotlarning ishonchliligi va ko‗rgazmaliligi, kadastr axborotlarini har yili
to‗ldirib va yangilab borilishi; kadastr axborotlarining ochiqligi.
Tabiiy xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastrini yaratish va yuritish bilan
bog‗liq ishlar tegishli vazirliklar va idoralarga maqsadli foydalanish uchun
ajratiladigan davlat byudjeti mablag‗lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Quyidagilar Tabiiy xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri ob‘ektlari
hisoblanadi: xavfli geologik jarayonlar ro‗y beradigan zonalar bo‗yicha
- xavfli
geologik jarayonlar ro‗y berish zonasi (daryolar havzasi) elementlari - xavfli
geologiya jarayonlari rivojlanadigan kichik zonalar (soy havzasi), uchastkalar;
seysmik xavf yuqori bo‗lgan zonalar bo‗yicha - zilzila markazlari paydo bo‗lishi
muqarrar zonalar (seysmogen zonalar) va turlicha toifadagi seysmik ta‘sir zonalari;
gidrometeorologiya hodisalari xavfi yuqori bo‗lgan zonalar bo‗yicha - xavfli
gidrometeorologiya hodisalari ro‗y berish zonalari (daryolar havzasi), elementlari
va xavfli gidrometeorologiya hodisalari rivojlanadigan kichik zonalar.
Quyidagilar hisobga olishning boshlang‗ich hududiy birligi hisoblanadi;
xavfli geologik jarayonlar ro‗y beradigan zonalar bo‗yicha - 1000 m
3
dan ortiq
hajmli xavfli geologiya jarayonlarining nomuntazam ro‗y berishi.
Shuningdek
kadastr ob‘ektlari doirasida xavfli geologiya jarayonlariga har yili duch keladigan
maydon ham hisobga olinadi. Grafik hisobga olish tegishli shartli belgilardan
foydalangan holda 1:25000 va 1:200000 masshtabli topografiya haritalarida
amalga oshiriladi;
seysmik xavf yuqori bo‗lgan zonalar bo‗yicha - zilzilalar ro‗y beradigan zona
va 25km
2
maydondagi turlicha toifada ta‘sir ko‗rsatish zonasi hududi. Shuningdek
seysmogen zonadan tashqarida yoki seysmik xavfi ancha past bo‗lgan zonada
zilzila ro‗y berganda seysmik xavfning yuqori toifasiga o‗tadigan maydonlar ham
hisobga olinadi. Seysmik xavfli zonalarni tasvirlash uchun kartografik materiallar
belgilangan shartli belgilardan foydalangan holda 1:1000000 yoki 1:500000 va
183
1:200000 (ayrim hududlar uchun)
masshtabda tuziladi; gidrometeorologiya
hodisalari xavfi yuqori bo‗lgan zonalar bo‗yicha - xavfli gidrometeorologiya
hodisalari sodir bo‗ladigan zona hududi, daryo havzasi (yuqori, o‗rta, quyi oqim),
tog‗ massivi (yonbag‗ir ekspozitsiyasi). Xavfli gidrometeorologiya zonalarini
tasvirlash uchun kartografik materiallar belgilangan shartli belgilardan foydalangan
holda 1:1000000 yoki 1:500000 va 1:200000 (ayrim hududlar uchun) masshtabda
tuziladi.
Tabiiy xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri ma‘lumotlari tarkibiga
quyidagilardan iborat bo‗lgan hisobga olish va baholash axborotlari kiradi:
Dostları ilə paylaş: