5.2. Qo‟riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri
Muhofaza
etiladigan
tabiiy
hududlar davlat kadastri O‗zbekiston
Respublikasi
Davlat
tabiatni
muhofaza qilish qo‗mitasi tomonidan
Fanlar
akademiyasi
ishtirokida
yuritiladi
va
tabiiy
muhitning
muhofaza
etiladigan
toifalariga
kiritilgan ob‘ektlari bo‗yicha birxillashtirilgan ma‘lumotlar to‗plamidan iborat
176
bo‗ladi, u O‗zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy
qismi hisoblanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri ana shunday hududlar
tarmoqlarini rejalashtirish, ularni muhofaza qilishni ta‘minlash, ilmiy tadqiqotlar
o‗tkazish, tegishli tartibga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati darajasini oshirish,
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning asosiy tavsiflari bilan tezkorlik bilan
tanishish, shuningdek ularning ishlab chiqaruvchi kuchini va joylashtirishni
rivojlantirishdagi rolini hisobga olish uchun mo‗ljallangan.
Quyidagilar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastrini hisobga
olish ob‘ektlari hisoblanadi: davlat qo‗riqxonalari, kompleks (landshaft)
zakazniklar, tabiiy bog‗lar, davlat tabiat yodgorliklari, tabiat pitomniklari, tabiiy
kurort hududlari, dam olish hududlari, suvni muhofaza qilish zonalari va
qirg‗oqbo‗yi polosalari, yer usti va yer osti suvlari hosil bo‗ladigan hududlar
(daryo vodiylari, surilma konuslari, tog‗ etaklari) baliqchilik xo‗jaligi hududlari,
alohida tabiiy resurslarni boshqarish uchun hududlar, davlat biosfera rezervatlari
hamda qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar bilan muhofaza etiladigan toifaga
kiritilgan boshqa tabiiy hududlar.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar o‗zining faoliyat ko‗rsatish maqsadi va
rejimiga ko‗ra quyidagi toifalarga bo‗linadi: davlat qo‗riqxonalari; kompleks
(landshaft) zakazniklar; tabiiy bog‗lar; davlat tabiat yodgorliklari; alohida tabiiy
ob‘ektlar va komplekslarni saqlash, ko‗paytirish va tiklash uchun hududlar;
muhofaza etiladigan landshaftlar; alohida tabiiy resurslarni boshqarish uchun
hududlar.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‗ysunishi, muhimligi, shuningdek
tabiiy ob‘ektlarning noyobligiga ko‗ra mahalliy va umumdavlat ahamiyatiga ega
bo‗lishi mumkin. Faqat qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilgan
ob‘ektlargina ro‗yxatdan o‗tkaziladi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
kadastriga kiritiladi. Ob‘ektlarni kadastrga kiritish uchun zarur bo‗ladigan hujjatlar
ro‗yxati Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi tomonidan belgilanadi.
177
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri ushbu hududlarning
huquqiy maqomi va tartibi, ularni geografik holati, miqdori va sifatiga oid
tavsiflari, ekologik, ilmiy, ma‘rifiy, tarixiy va boshqa qimmatlari, idoraviy
mansubligi, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar, shuningdek hisobga olingan
har bir ob‘ekt bo‗yicha ushbu hududlardagi tabiiy resurslardan foydalanish
harakteri to‗g‗risidagi ma‘lumotlardan iborat bo‗ladi.
Kadastr hujjatlari kartografiya, fotografiya, hisobot, hisobga olish
materiallarini va boshqa materiallarni, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning
holati to‗g‗risidagi, kadastr shakllarini tuzishda hisobga olinadigan ma‘lumotlarni
o‗z ichiga oladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri quyidagi asosiy shakllarni o‗z
ichiga oladi:
1-shakl (yig‗ma) - "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ro‗yxati";
2-shakl - "Davlat qo‗riqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy
bog‗lar, davlat biosfera rezervatlarining yer-suv resurslari";
3-shakl - "Davlat qo‗riqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy
bog‗lar, davlat biosfera rezervatlarining o‗simlik dunyosi";
4-shakl - "Davlat qo‗riqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy
bog‗lar, davlat biosfera rezervatlarining hayvonot dunyosi";
5-shakl - "Davlat tabiat yodgorliklarini, alohida tabiiy ob‘ektlar va
komplekslarni saqlash, ko‗paytirish va tiklash uchun hududlarni umumiy tavsifi";
6-shakl - "Muhofaza etiladigan landshaftlarning, alohida tabiiy resurslarni
boshqarish uchun hududlarning umumiy tavsifi";
7-shakl - "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiatni muhofaza qilish
faoliyatining asosiy natijalari".
Shakllarning tuzilishi va mazmuni Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi
tomonidan belgilanadi.
7-shakldan tashqari, barcha shakllar bo‗yicha ma‘lumotlar tuman ("T" literli
shakl), viloyat ("V" literli shakl) va respublika (litersiz shakl) darajasida ishlab
chiqiladi. 7-shakl bo‗yicha ma‘lumotlar faqat tuman darajasidagina beriladi.
178
Barcha shakllarga (tuman, viloyat va respublika darajasida) muhofaza
etiladigan tabiiy hududlarning hozirgi holati va uning o‗zgarishi darajasi tahlil
qilingan holdagi qisqacha izohnoma beriladi.
Tuman darajasida - muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri tarkibiga "T"
literi bilan barcha shakllar bo‗yicha ma‘lumotlar, muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar rahbarlarining hisobotlari, tadqiqotlar, izlanishlar materiallari, hisobga
olish ma‘lumotlari va boshqa birlamchi kadastr hujjatlari kiritiladi.
Viloyat darajasida - alohida "muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri
tarkibiga "T" va "V" lityerlari bilan barcha shakllar bo‗yicha ma‘lumotlar kiritiladi.
Respublika darajasida - muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri tarkibiga
"V" literi bilan va litersiz barcha shakllar bo‗yicha ma‘lumotlar kiritiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri Davlat tabiatni muhofaza qilish
qo‗mitasining uchchala darajalardagi organlari tomonidan yuritiladi:
tuman (shahar) darajasida - tuman tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi
tomonidan;
viloyat (Qoraqalpog‗iston Respublikasi) darajasida - Qoraqalpog‗iston
Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasining, viloyatlar va Toshkent
shahar tabiatni muhofaza qilish inspeksiya xizmati tomonidan;
respublika darajasida - Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi respublika
inspeksiya xizmati tomonidan.
3 va 4-shakllar bo‗yicha ma‘lumotlarni tayyorlashda O‗zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi ishtirok etadi.
Yer osti chuchuk suvlarining shakllanish hududlari bo‗yicha kadastr
ma‘lumotlari O‗zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar
qo‗mitasi tomonidan tuziladi. Belgilangan shakldagi yakuniy ma‘lumotlar umumiy
kadastrga kiritish uchun nazarda tutilgan muddatlarda Davlat tabiatni muhofaza
qilish organlariga taqdim etiladi.
Kadastr tadrijiy ravishda yuritiladi, shakllar bo‗yicha ma‘lumotlar, hisobot
yilidan keyingi yilning 1 yanvaridagi holat bo‗yicha, har yili bir marta taqdim
etiladi.
179
Tuman darajasida - 2-t, 3-t, 4-t, 5-t, 7-t shakllari bo‗yicha ma‘lumotlar
(hisobotlar) tuman (shahar) tabiatni muhofaza qilish (ob‘ekt joylashgan yerdagi)
inspeksiyasiga muhofaza etiladigan hududlar rahbarlari tomonidan hisobot yilidan
keyingi yilning 1 fevraligacha taqdim etiladi. (O‗zR VM 01.04.2005 y. 95-son
Qarori taxriridagi xat boshi)
6-t va 7-t shakllari bo‗yicha ma‘lumotlar yerlarni hisobga olish hujjatlari
asosida tuman tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan tayyorlanadi.
Tuman inspeksiyalari taqdim etilgan ma‘lumotlar (hisobotlar)ni to‗g‗riligini
aniqlaydilar, tuman (shahar) bo‗yicha muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
ro‗yxatini tuzadilar (1-t yig‗ma shakl) barcha kadastr materiallarini tuman
hokimligi bilan kelishib oladilar va 1-t, 2-t, 3-t, 4-t, 5-t, 6-t, 7-t shakllari bo‗yicha 1
martgacha Qoraqalpog‗iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish
qo‗mitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‗mitalariga
taqdim etadilar.
Viloyat darajasida - olingan materiallar viloyat inspeksiya xizmati tomonidan
umumlashtiriladi va tahlil qilinadi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishib olinadi hamda
1 aprelgacha 1-"V", 2-"V", 3-"V" 4-"V", 5-V", 6-"V" shakllari bo‗yicha Davlat
tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasiga jo‗natiladi.
Respublika darajasida - muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasining "Boshersuvnazorat" boshqarmasi
tomonidan yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |