157
4. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasining vakolatli bo‗linmasi ob‘ekt
(chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari) ChKUJDKga kiritilgandan
keyin kadastr axborotlarini DKYAT ma‘lumotlar bazasiga beradi.
5. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasining vakolatli bo‗linmasi so‗rov
bo‗yicha DKYAT ma‘lumotlar bazasidan chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya
qilish joylari to‗g‗risidagi axborotlarni olishi mumkin.
6. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasining vakolatli bo‗linmasi
chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari ob‘ektlari bo‗yicha zarur
axborotlarni Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat
tabiatni muhofaza qilish qo‗mitalarining vakolatli bo‗linmalariga yuboradi.
7. DKYATdan foydalanuvchilar so‗rovga ko‗ra DKYAT va ChKUJDK
ma‘lumotlar bazasidan chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari bo‗yicha
kadastr axborotlarini belgilangan tartibda olishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: