Mustaqil o‟rganish uchun savollar:
1.
Chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini
yuritishdan maqsad?
2.
Chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrining
ob’ekti?
3.
Chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrining
yuritishning asosiy prinsiplari ?
4.
Chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri
qaysi
vakolatli organlar tomonidan yuritiladi?
5.
Chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrining
qanday axborotlari DKYT ma'lumotlar bazasiga taqdim etiladi?
158
5-BOB. TABIIY HUDUDLAR GURUHIGA KIRUVCHI DAVLAT
KADASTRLARI VA ULARNI YURITISH XUSUSIYATLARI
5.1. Hududlar davlat kadastri
5.2. Ko‗riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri
5.3. Tabiiy xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri
5.4. Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri
5.1. Hududlar davlat kadastri
O‗zbekiston
Respublikasining
ma‘muriy-hududiy
birliklari:
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar (shaharlar)
davlat kadastri yuritiladigan hududlar hisoblanadi. Ayrim hollarda davlat kadastri
yuritiladigan hududlar bo‗lib iqtisodiy mintaqa yoki erkin iqtisodiy zona va
boshqalar bo‗lishi mumkin.
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiruvchi barcha davlat kadastrlarining
ob‘ektlari, muayyan hududda joylashgan sanoat, transport, sog‗liqni saqlash,
ta‘lim, madaniyat, ijtimoiy soha, ma‘muriy va boshqa ahamiyatga ega bo‗lgan
ob‘ektlar, shuningdek ushbu ob‘ektlar to‗g‗risidagi geofazoviy, statistik va boshqa
zarur ma‘lumotlar hamda ular joylashgan hududlar hududlarning davlat kadastri
ob‘ektlari hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat
kadastri davlat qo‗mitasi hududlar davlat kadastrini tashkil etish va yuritish
bo‗yicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
Hududlar davlat kadastrini tuzish va yuritish ishlari O‗zbekiston
Respublikasi davlat byudjeti mablag‗lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan
boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. Kadastr hududlarning tabiiy-resurs
va xo‗jalik salohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ekologik holatini hisobga
olish hamda baholash maqsadlarida tuziladi va yuritiladi. U davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, manfaatdor yuridik
va jismoniy shaxslarni hududiy rejalashtirish va hududlarni boshqarish sohasida
qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‗lgan, hududlarning tabiiy-resurs va xo‗jalik
159
salohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ekologik holati to‗g‗risidagi kompleks,
aniq axborot bilan ta‘minlash uchun mo‗ljallangan.
Hududlar davlat kadastrini yuritish quyidagi tamoyillar asosida amalga
oshiriladi:barcha
darajadagi
hududlarning
davlat
kadastrini
yuritish
metodologiyasining yagonaligi; xududlarni tabiiy-resurs va xo‗jalik salohiyati,
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ekologik holatini to‗liq qamrab olish;fazoviy
koordinatalarning yagona tizimini va yagona kartografik asoslarini qo‗llash; barcha
ob‘ektlar bo‗yicha geofazoviy ma‘lumotlarni shakllantirish metodologiyasining
yagonaligi; hududlar davlat kadastri axborot resurslarining dolzarbligi, to‗g‗riligi,
to‗liqligi, butligi, aniqligi, ravshanligi va hujjatlarga asoslanganligi; kadastr
axborotining ochiqligi va undan hamma foydalanishi mumkinligi, uni olish,
tarqatish va saqlashning qonuniyligi; yer kadastri va boshqa davlat kadastrlarining
axborot tizimlari hamda davlat axborot resurslarini tashkil qiluvchi reestrlar bilan
o‗zaro bog‗langanligi; kadastr axborot resurslarini tuzish, yangilash, qayta ishlash,
saqlash, taqdim qilish va ulardan foydalanishni ta‘minlaydigan hududlar davlat
kadastrining bazaviy sub‘ektlari faoliyatini muvofiqlashtirish; kadastrni tuzish va
yuritish ishlarini davlat yer kadastri, DKYAT va Milliy geoaxborot tizimini tashkil
etish va yuritish ishlari bilan muvofiqlashtirish.
Hududlar davlat kadastri ma‘lumotlarining kompleksligi, to‗liqligi va
to‗g‗riligi: hududiy rivojlanishni rejalashtirish va hududlarni boshqarish; aholi
hayot faoliyatining xavfsiz muhitini shakllantirish; hududlarni tabiiy va texnogen
tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish; hududlarda aholini, ishlab
chiqarish ob‘ektlarini va ishlab chiqarish kuchlarini bir xilda taqsimlash; atrof
tabiiy muhitning ifloslanish darajasini pasaytirish; sanoat ob‘ektlari va boshqa
ob‘ektlarning muhandislik-transport infratuzilmasi samarali va ishonchli faoliyat
ko‗rsatishi; hududlarni barqaror rivojlantirish maqsadida tabiiy resurslarni va
alohida maqomga ega hududlarni, shu jumladan muhofaza qilinadigan tabiiy
hududlarni, tarixiy va qishloq xo‗jaligiga mo‗ljallangan yerlarni, suv resurslarini va
o‗rmonlarni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish; hududlarni
160
boshqarish va rivojlantirishni boshqa masalalari bo‗yicha qarorlar qabul qilinishini
ta‘minlash.
Hududlarning davlat kadastri tizimi quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
1) tashkiliy tuzilma;
2) texnik va dasturiy vositalar;
3) axborot resurslari;
4) metama‘lumotlar bazalari;
5) geofazoviy ma‘lumotlar servislari;
6) normativ-huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar va standartlar.
Hududlar davlat kadastrining tashkiliy tuzilmasi quyidagilar: O‗zbekiston
Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari
(hududlarning davlat kadastri axborotidan foydalanish); hududlarning davlat
kadastrini
tuzish
va
yuritish
bo‗yicha
vakolatli
organ
sifatida
«Davyergeodezkadastr» qo‗mitasi; Geodeziya va kartografiya milliy markazi,
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar)
yer tuzish va ko‗chmas mulk kadastri davlat korxonalari; kadastr tizimida
ro‗yxatdan o‗tkazilishi va hisobga olinishi lozim bo‗lgan axborot resurslarini
tuzish, yangilash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish va ulardan foydalanishni
amalga oshiradigan davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlari, mulkchilikning barcha
shakllaridagi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar.
Hududlar davlat kadastri umumdavlat (DKYAT va Milliy geoaxborot
tizimi), Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar
(shaharlar) darajasida yuritiladi.
Hududlarning
davlat
kadastrini
tuzuvchi
va
yurituvchi
«Davyergeodezkadastr» qo‗mitasi tarkibiga kiruvchi korxonalar: respublika
darajasida — Geodeziya va kartografiya milliy markazi; mintaqa, tuman va shahar
darajalarida — tegishli hududiy yer tuzish va ko‗chmas mulk kadastri davlat
korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
161
Hududlar davlat kadastrining tashkiliy tuzilmasiga o‗z vakolatlari doirasida
axborot resurslarini taqdim etish uchun mas‘ul bo‗lgan quyidagi bazaviy sub‘ektlar
kiradi:
1) O‗zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi — quyidagi
ma‘lumotlar uchun:
qishloq xo‗jaligiga mo‗ljallangan yerlardan foydalanish;
irrigatsiya tizimlari va inshootlari joylashishi va holati to‗g‗risidagi
ma‘lumotlar bo‗yicha;
gidrotexnika inshootlari davlat kadastri ma‘lumotlari (kapitalligi III
klassdan past gidrotexnika inshootlari bo‗yicha — inshootlarning mansubligi
bo‗yicha);
vazirlik huzuridagi O‗rmon xo‗jaligi bosh boshqarmasi — davlat o‗rmon
kadastri ma‘lumotlari;
2) O‗zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — quyidagi ma‘lumotlar
bo‗yicha:
texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri (portlash xavfi va
yong‗in xavfi yuqori bo‗lgan zonalar (ob‘ektlar) — bo‗lim) ma‘lumotlari;
ichki ishlar organlarining hududiy bosh boshqarmalari, boshqarmalari va
bo‗limlari, tayanch punktlari, yo‗l-patrul xizmati, yong‗in xavfsizligi xizmati
postlarining va ichki ishlar organlari blok-postlarining joylashishi va ulanish
ma‘lumotlari;
3) O‗zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi quyidagilar
bo‗yicha:
joydagi ob‘ektlarning o‗zgarishiga sabab bo‗lgan tabiiy va texnogen
tusdagi favqulodda vaziyatlar to‗g‗risidagi axborot;
texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri (bo‗lim — xavfi
yuqori bo‗lgan, odamlarni evakuatsiya qilish yoki ko‗chirishni talab qiladigan
zonalar) ma‘lumotlari;
162
4) O‗zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi — moddiy
madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri ma‘lumotlari va ushbu ob‘ektlarga
xizmat ko‗rsatuvchi muassasalarning ulanish ma‘lumotlari bo‗yicha;
5) O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligi — quyidagi
ma‘lumotlar bo‗yicha:
texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar kadastri (bo‗lim — kuchli ta‘sir
etuvchi zaharli kimyoviy moddalar, pestitsidlar, radioizotop mahsulotlar,
radioaktiv moddalar va boshqa moddalarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash
va ulardan foydalanish ob‘ektlari) ma‘lumotlari;
sog‗liqni saqlash muassasalari: kasalxonalar, klinikalar, poliklinikalar,
feldsherlik hamda jarohatlanish punktlari, dispansyerlar, dorixonalar va
boshqalarning joylashishi hamda ulanish ma‘lumotlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar;
6) O‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi — maktabgacha hamda
umumiy o‗rta ta‘lim muassasalarining joylashishi va ulanish ma‘lumotlari
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bo‗yicha;
7) O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi,
tasarrufida oliy ta‘lim muassasalari bo‗lgan vazirliklar va idoralar — idoraviy
mansub oliy ta‘lim muassasalarining joylashishi va ulanish ma‘lumotlari
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bo‗yicha;
O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining O‗rta
maxsus kasb-hunar ta‘limi markazi — o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi
muassasalarining joylashishi va ulanish ma‘lumotlari bo‗yicha;
8) O‗zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish telekommunikatsiya
texnologiyalari davlat qo‗mitasi — aloqa ob‘ektlari davlat kadastri ma‘lumotlari
bo‗yicha;
9) O‗zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar
qo‗mitasi — quyidagi ma‘lumotlar bo‗yicha:
Konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari
davlat kadastri ma‘lumotlari;
163
Tabiiy xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri (bo‗lim — xavfli
geologik jarayonlarning yuzaga chiqish zonalari) ma‘lumotlari;
10) O‗zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‗mitasi —
quyidagi ma‘lumotlar bo‗yicha:
davlat shaharsozlik kadastri ma‘lumotlari;
qurilayotgan binolar va inshootlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar;
11) O‗zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi —
quyidagi ma‘lumotlar bo‗yicha:
hayvonot dunyosi davlat kadastri ma‘lumotlari;
o‗simlik dunyosi ob‘ektlari davlat kadastri ma‘lumotlari;
chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri
ma‘lumotlari;
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar davlat kadastri ma‘lumotlari;
12) O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasi — aholi soni
to‗g‗risidagi statistik ma‘lumotlar, shuningdek O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Davlat statistika ishlari dasturi doirasida
shakllanadigan tumanlar (shaharlar) bo‗yicha alohida yillik statistik ko‗rsatkichlar;
13) «Davyergeodezkadastr» qo‗mitasi — quyidagi ma‘lumotlar bo‗yicha:
davlat yer kadastri ma‘lumotlari;
binolar va inshootlar davlat kadastri ma‘lumotlari;
kartografiya-geodeziya davlat kadastri ma‘lumotlari;
14) O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Gidrometeorologiya xizmati markazi — quyidagi ma‘lumotlar bo‗yicha:
davlat suv kadastri (yer usti suvlari, yer osti suvlari, suv resurslaridan
foydalanish) ma‘lumotlari;
tabiiy xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri kadastri (bo‗lim —
gidrometeorologik hodisalar xavfi yuqori bo‗lgan zonalar) ma‘lumotlari;
15) O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi — quyidagi
ma‘lumotlar:
164
Tabiiy xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri (bo‗lim — seysmik xavf
yuqori bo‗lgan zonalar) ma‘lumotlari;
texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri (bo‗lim — yadro
fizikasi korxonalaridagi radiatsiya xavfi yuqori bo‗lgan zonalar) ma‘lumotlari;
16)
O‗zbekiston
Respublikasi
«Sanoatgeokontexnazorat»
davlat
inspeksiyasi — texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri (bo‗lim —
ishlab chiqarish ob‘ektlarida, portlash-yong‗in xavfi va radiatsiya xavfi bo‗lgan
ob‘ektlarda bo‗lishi mumkin bo‗lgan avariya holatlari xavfi yuqori bo‗lgan
zonalar) ma‘lumotlari va texnogen xavf yuqori bo‗lgan ob‘ektlardan foydalanuvchi
tashkilotlarning ulanish ma‘lumotlari bo‗yicha;
17) O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
«Davsuvxo‗jaliknazorat» davlat inspeksiyasi — gidrotexnika inshoootlari davlat
kadastri (davlat mulkida bo‗lgan, shuningdek respublika va mintaqaviy suv
xo‗jaligi va energetika tizimlariga kiradigan kapitalligi I, II, III klassli gidrotexnika
inshootlari bo‗yicha) ma‘lumotlari;
18) «O‗zbekiston temir yo‗llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasi — temir
yo‗llar davlat kadastri ma‘lumotlari;
19) «O‗zavtoyo‗l» davlat aksiyadorlik kompaniyasi — avtomobil yo‗llari
davlat kadastri ma‘lumotlari bo‗yicha;
20) «O‗zbekenergo» davlat aksiyadorlik kompaniyasi — quyidagi
ma‘lumotlar bo‗yicha:
energetika ob‘ektlari davlat kadastri ma‘lumotlari;
gidrotexnika inshootlari davlat kadastri (kapitalligi III klassdan past
gidrotexnika inshootlari bo‗yicha — inshootlarning mansubligi bo‗yicha)
ma‘lumotlari;
21) «O‗zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi — yetkazib berish
quvurlari davlat kadastri ma‘lumotlari bo‗yicha.
Hududlar davlat kadastri axborot tizimining texnik va dasturiy vositalariga
hududlarning davlat kadastri axborot resurslari ro‗yxatdan o‗tkazilishi, hisobga
olinishi, saqlanishi, dolzarblashtirilishi va foydalanuvchilarga taqdim etilishini
165
ta‘minlaydigan umumdavlat, mintaqaviy, tumanlar va shaharlar geoportallari
hamda geoaxborot tizimlari tarmog‗i kiradi.
Kadastr tizimining axborot resurslari ma‘lumotlarning umumlashtirilgan
tarkibi va ularga kiritish uchun asoslar umumdavlat, mintaqaviy, tuman va shahar
darajalaridagi axborot resurslaridan iborat bo‗ladi.
Hududlar davlat kadastri axborot resurslarining tuzilmasi va batafsil
mazmuni «Davyergeodezkadastr» qo‗mitasi tomonidan o‗z vakolatlari doirasida
kadastr tizimi uchun axborot resurslari taqdim etilishi uchun mas‘ul bo‗lgan
vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda belgilanadi. Kadastr metama‘lumotlari
axborot resurslari, shu jumladan hududning tarkibi, tuzilmasi, sifati, ayrim
qismlari, geofazoviy ma‘lumotlardan foydalanish shartlari va ularni tuzuvchilar
to‗g‗risidagi ma‘lumotnoma axborotni o‗z ichiga oladi. Kadastr hujjatlari va
geofazoviy ma‘lumotlarning turiga qarab, metama‘lumotlar boshqa ma‘lumotnoma
axborotni o‗z ichiga olishi mumkin.
Metama‘lumotlarning tartibga solingan to‗plamlarini o‗z ichiga oluvchi
metama‘lumotlar bazalari tegishli hududiy yer tuzish va ko‗chmas mulk kadastri
davlat korxonalari tomonidan tuziladi hamda geofazoviy ma‘lumotlar va axborot
tizimlari servislarini qidirish, sifatini baholash, ulardan foydalanish shartlarini
ta‘minlash uchun geoportallar tarmog‗ida joylashtiriladi.
Hududlar davlat kadastri tizimida quyidagi axborot tizimlari servislariga
ega bo‗lgan geoportallar tarmog‗i yaratiladi va unga xizmat ko‗rsatiladi:
1) axborot tarmoqlarida geofazoviy ma‘lumotlar to‗plamlari va servislarini
aniqlashni ta‘minlaydigan qidirish servislari;
2) geofazoviy ma‘lumotlar to‗plamlarini, geofazoviy ob‘ektlarning
tavsiflari to‗g‗risidagi axborotni va metama‘lumotlar tarkibini ko‗rib chiqish
servislari;
3) kadastr ma‘lumotlariga bevosita kirishni yoki ulardan nusxalar olishni
ta‘minlaydigan kirish servislari;
166
4) geofazoviy ma‘lumotlar koordinatalarini bir koordinatalar tizimidan yoki
kartografik proeksiyadan boshqasiga almashtirishni ta‘minlaydigan almashtirish
servislari.
Metodik, lingvistik, texnik va dasturiy vositalar hududlarning davlat
kadastrini tuzish va yuritish jarayonida quyidagi asosiy operatsiyalarni
avtomatlashtirilgan tarzda bajarilishini ta‘minlashi lozim:
elektron hujjat aylanishi va kadastr ma‘lumotlari almashuvining bir
xillashtirilgan tizimidan foydalangan holda boshqa kadastrlar va axborot tizimlari
bilan hujjatlashtirilgan ma‘lumotlar almashuvi;
hududlarning
davlat
kadastri
axborot
tizimida
saqlanayotgan
ma‘lumotlardan rezerv nusxa ko‗chirish va ularni himoya qilish;
yangi hujjatlar va ma‘lumotlarni ro‗yxatdan o‗tkazish va hisobga olish,
shuningdek belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilgan hujjatlar va
ma‘lumotlarning saqlanishini arxiv rejimiga o‗tkazish yo‗li bilan axborot
resurslarini dolzarblashtirish;
geofazoviy ma‘lumotlar bazasini kiritish, tahrir qilish va soz holda saqlash,
hududlar davlat kadastri raqamli kartalarini shakllantirish, chiqarish va ulardan
foydalanish;
axborotni ob‘ektning manzili yoki ro‗yxatdan o‗tkazish (identifikatsiya)
raqami, yer uchastkasining koordinatalari yoki kadastr raqami, hujjatning nomi va
rekvizitlari bo‗yicha qidirish;
tahliliy hisobotlar tuzish, chiqish hujjatlarini bosma va yoki elektron
shaklda shakllantirish va chiqarish;
hududlarning davlat kadastri axborot resurslaridan foydalangan holda
kiritilgan yoki shakllantirilgan va kiritilgan kirish chiqish hujjatlari reestrini bosma
va yoki elektron shaklda yuritish.
«Davyergeodezkadastr» qo‗mitasi tomonidan vakolatli vazirliklar va
idoralar bilan birgalikda kadastr hisobi va kadastr ma‘lumotlari almashuvi,
hududlar davlat kadastrini tuzish va rivojlantirish uchun birxillashtirilgan elektron
167
hujjatlar aylanishi tizimining axborot resurslarini tashkil etish bo‗yicha normativ-
huquqiy hujjatlar, texnik reglamentlar va standartlar ishlab chiqiladi.
Hududlarning davlat kadastrini tuzish quyidagi asosiy masalalarning hal
etilishini o‗z ichiga oladi:
kadastrni tuzish konsepsiyasini va maqsadli davlat dasturini ishlab chiqish;
normativ-huquqiy va metodik bazani ishlab chiqish;
kadastr tizimining barcha bazaviy sub‘ektlari faoliyat yuritishini va o‗zaro
hamkorlikda ishlashini tashkil qilish;
dasturiy-texnik komplekslarni ishlab chiqish (tanlash);
hududlarning davlat kadastrini yuritishning barcha darajalarida ularning axborot
resurslarini shakllantirish va ma‘lumotlar bazalarini tashkil etish (to‗ldirish)
bo‗yicha ishlarni tashkil qilish;
bazaviy sub‘ektlar bilan hududlar davlat kadastri foydalanuvchilariga axborot
taqdim etish tizimi o‗rtasida axborotlar almashuvining axborot-kommunikatsiya
tizimini shakllantirish;
hududlar davlat kadastri axborot tizimidan foydalanuvchilarni va tizimga
xizmat ko‗rsatuvchi mutaxassislarni o‗qitish yo‗li bilan kadastr axborot tizimining
faoliyat yuritishini kadrlar bilan ta‘minlash.
Hududlarning davlat kadastrini tuzish ikkita asosiy bosqichda amalga
oshiriladi.
Birinchi bosqich: kadastrni tuzish konsepsiyasini va maqsadli davlat
dasturini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash;
kadastr axborot tizimining ma‘lumotlar bazasiga bazaviy axborot tariqasida
kiritilishi nazarda tutiladigan materiallar va ma‘lumotlarni uni yuritishning tegishli
darajalarida to‗plash, tizimlashtirish va tahlil qilish ishlari;
kadastri axborot tizimi va geoportallarining texnik komplekslarini uni
yuritishning barcha darajalarida harid qilish va o‗rnatish;
kadastr ma‘lumotlarining kadastr hisobga olinishi va almashuvi uchun
mo‗ljallangan birxillashtirilgan elektron hujjatlar aylanishi tizimini ishlab chiqish
hamda joriy etish;
168
kadastr geoaxborot tizimlari va geoportallarining dasturiy ta‘minotini
ishlab chiqish, zarur hollarda harid qilish hamda o‗rnatish;
kadastr geoaxborot tizimlari va geoportallaridan tajriba tariqasida
foydalanish;
«Davyergeodezkadastr» qo‗mitasi markaziy apparatining tegishli
bo‗linmalari, Geodeziya va kartografiya milliy markazi, hududiy yer tuzish va
ko‗chmas mulk kadastri davlat korxonalarining, hududlar davlat kadastrini tuzish
va yuritish bo‗yicha boshqa bazaviy sub‘ektlarning faoliyatini tashkil qilish.
Ikkinchi bosqich: hududlar davlat kadastri bazaviy sub‘ektlarining
taqsimlangan
ma‘lumotlar
bazalari
o‗rtasida
axborot
almashuvining
kommunikatsiya kanallarini o‗rnatish;
axborotni muhofaza qilishni va hududlarning davlat kadastri axborot
resurslaridan foydalanish tizimini tashkil qilish;
kadastri geoaxborot tizimlari ma‘lumotlar bazalariga ma‘lumotlarni
muntazam kiritib borish va dolzarblashtirish ishlarini uni yuritishning barcha
darajalarida tashkil qilish;
foydalanuvchilarning
so‗rovlari
bo‗yicha
kadastr
hujjatlarini,
ma‘lumotnomalar va boshqa axborotni, shu jumladan interaktiv davlat xizmatlari
shaklida shakllantirish va berish ishlarini tashkil qilish;
kadastr geoaxborot tizimlari va geoportallaridan sanoat yo‗sinida
foydalanish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati
organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni hududlarning davlat
kadastri axborotlari bilan muntazam (doimiy) ta‘minlash.
Hududlarning davlat kadastrini yuritish Geodeziya va kartografiya milliy
markazi, tegishli hududiy yer tuzish va ko‗chmas mulk kadastri davlat korxonalari
tomonidan hududiy davlat kadastrining bazaviy sub‘ektlaridan olingan
ma‘lumotlar va hujjatlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi, mahalliy davlat
hokimiyati organlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari
bo‗yicha qarorlari olingan, tizimlashtirilgan, umumlashtirilgan va ro‗yxatdan
169
o‗tkazilgandan keyin tegishli darajadagi hududlarning davlat kadastri axborot
resurslarini shakllantirish va dolzarblashtirish yo‗li bilan amalga oshiriladi.
Respublika darajasida hududlarning davlat kadastri tizimiga:
mamlakat hududining 1:200 000 masshtabdagi yagona raqamli kartografik
asosi;
davlat chegarasi va ma‘muriy-hududiy birliklarning chegaralari;
mamlakat hududining kadastr bo‗yicha bo‗linishi birliklari;
O‗zbekiston Respublikasi aholisini joylashtirishning bosh sxemasi;
O‗zbekiston Respublikasi hududini rejalashtirish sxemalari;
hududlardan foydalanish, mamlakat hududini ekologik, muhandislik-
geologik, seysmik, gidrogeologik, tuproq, iqtisodiy, soliq va boshqalarga oid
mintaqalarga bo‗lish bo‗yicha davlat kadastrlari va axborot tizimlarining axborot
resurslari;
hududiy rejalashtirish, shaharsozlik, yer tuzish va boshqa sohadagi
normativ-huquqiy hujjatlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar kiritiladi.
Mintaqaviy darajada hududlarning davlat kadastri tizimiga:
Qoraqalpog‗iston Respublikasi va viloyatlar hududlarining 1:10 000 yoki
1:25 000 masshtabdagi yagona raqamli kartografik asosi;
davlat chegarasi va ma‘muriy-hududiy birliklarning chegaralari;
Qoraqalpog‗iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini kadastr bo‗yicha
bo‗lish birliklarining chegaralari;
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar hududlari va aholi punktlari
chegaralaridan tashqaridagi mintaqaviy ahamiyatga molik bo‗lgan ob‘ektlar
hududlarining ayrim qismlarini rejalashtirish sxemalari;
hududlarni istiqbolli rivojlantirishning loyiha qarorlari va muhandislik,
transport hamda ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalari;
hududlardan foydalanish, mintaqalar hududlarini ekologik, muhandislik-
geologik, seysmik, gidrogeologik, tuproq, iqtisodiy, soliq va boshqalarga oid
mintaqalarga bo‗lish bo‗yicha davlat kadastrlari va axborot tizimlarining axborot
resurslari;
170
hududiy rejalashtirish, shaharsozlik, yer tuzish va boshqa sohadagi
normativ-huquqiy hujjatlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar kiritiladi.
Tuman darajasida hududlarning davlat kadastri tizimiga:
tuman hududining 1:5 000 yoki 1:10 000 masshtabdagi yagona raqamli
kartografik asosi;
qishloq va posyolka fuqarolar yig‗inlari hamda mahallalarning ma‘muriy-
hududiy birliklari chegaralari;
tuman hududini kadastr bo‗yicha bo‗lish birliklarining chegaralari;
yer uchastkalarining chegaralari;
tuman hududini va aholi punktlari chegaralaridan tashqaridagi mintaqaviy
ahamiyatga molik ob‘ektlar bilan birgalikda hududlarning ayrim qismlarini
rejalashtirish sxemalari;
hududlar davlat kadastri axborot tizimlari alohida tuzilmaydigan tuman
bo‗ysunuvidagi shaharlar, posyolkalar, qishloq aholi punktlarining bosh rejalari,
hududlarni zonalashtirish rejalari, ko‗rsatib o‗tilgan aholi punktlarining tarixiy-
arxitektura rejalari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar;
hududlardan foydalanish, tuman hududini ekologik, muhandislik-geologik,
seysmik, gidrogeologik, tuproq, iqtisodiy, soliq va boshqalarga oid mintaqalarga
bo‗lish davlat kadastrlari hamda axborot tizimlarining axborot resurslari;
hududiy rejalashtirish, shaharsozlik, yer tuzish va boshqa sohadagi
normativ-huquqiy hujjatlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar kiritiladi.
Shahar darajasida hududlarning davlat kadastri tizimiga: shaharning 1:2000
masshtabdagi yagona raqamli kartografik asosi; shahar, shahar tumanlari (mavjud
bo‗lsa) va mahallalarning chegaralari; shahar hududini kadastr bo‗yicha bo‗lish
birliklarining chegaralari; shaharning bosh rejasi, hududlarni zonalashtirish rejalari,
tarixiy-arxitektura rejasi va shahar hududining batafsil rejalari; iqtisodiy va soliqqa
oid zonalashtirish chegaralari; davlat yer kadastri ma‘lumotlari asosida — yer
uchastkalari, ularning kadastr raqamlari, chegaralari va ekin maydoni (ularda
joylashgan bino va inshootlarning konturlarini belgilagan holda), mo‗ljallangan
maqsad
va
funksional
foydalanish,
yerlarni
yer
uchastkalari
egalari,
171
foydalanuvchilar, ijaraga oluvchilar hamda yer uchastkalari mulkdorlari o‗rtasida
taqsimlash, yer uchastkalaridan foydalanish bo‗yicha majburiyatlar; binolar va
inshootlar davlat kadastri, shaharsozlik davlat kadastri ma‘lumotlari, xizmat
ko‗rsatuvchi ta‘mirlash tashkilotlari ma‘lumotlari, infratuzilmaning qurilishi
tugallangan ob‘ektlarini muhandislik-geodezik ijroviy s‘yomka natijalari va boshqa
rasmiy manbalar asosida — muhandislik-transport infratuzilmasi;
binolar va inshootlar davlat kadastri, madaniy meros ob‘ektlari davlat
kadastri, shaharsozlik davlat kadastri ma‘lumotlari va boshqa rasmiy manbalar
asosida — binolar va inshootlar, ularning huquqiy rejimi, texnik holati, me‘moriy
va madaniy qiymati; moddiy madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri
ma‘lumotlari asosida — madaniy meros yodgorliklari; geografik ob‘ektlarning
nomlari davlat reestri ma‘lumotlari, topografik chizmalar, boshqa rasmiy manbalar
asosida — mahallalar, ko‗chalarning nomlari va joyning nom berilgan boshqa
ob‘ektlari; topografik planlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining shahar
hududidagi ob‘ektlarning manzillarini belgilash yoki o‗zgartirish haqidagi qarorlari
asosida — shahar hududidagi manzillar reestri; belgilangan tartibda tasdiqlangan
shaharsozlik dasturlari, infratuzilmani rivojlantirish, madaniy meros yodgorliklari
va tabiiy ob‘ektlarni muhofaza qilish, hududni ko‗kalamzorlashtirish,
obodonlashtirish hamda muhofaza qilish sxemalari va loyihalari, davlat investitsiya
dasturlari va loyihalari; shaharsozlik davlat kadastri ma‘lumotlari asosida —
boshqa shaharsozlik hujjatlari, loyiha hujjatlari materiallari, qurilish uchun
ruxsatnomalar, shaharsozlik reglamentlari, qurilishi tugallangan hamda foydalanish
uchun qabul qilingan ob‘ektlar va boshqa shaharsozlik hujjatlari qizil chiziqlar va
qurilishlarni tartibga solish chiziqlari; shaharsozlik davlat kadastri ma‘lumotlari,
tegishli shaharsozlik hujjatlari, ekologik, gidrometeorologik, radiologik, sanitariya-
gigienaga oid hamda boshqa tadqiqotlar va qidiruvlar ma‘lumotlari asosida —
ayrim hududlar va yer uchastkalarining ekologik va muhandislik-geologik
tavsiflari, ularda shaharsozlik reglamentlari va cheklovlarni inobatga olgan holda
shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyati; boshqa davlat kadastrlarining
va axborot tizimlarining hududlardan foydalanish, shahar hududini ekologik,
172
muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik va boshqalarga oid mintaqalarga
bo‗lish bo‗yicha axborot resurslari; hududiy rejalashtirish, shaharsozlik, yer tuzish
va boshqa sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar kiritiladi.
Hududlarning davlat kadastrini yuritish uchun zarur bo‗lgan
ma‘lumotlarning tarkibi, mazmuni, formatlari, taqdim etish davriyligi va tartibi
«Davyergeodezkadastr» qo‗mitasi tomonidan hududlar davlat kadastrining bazaviy
sub‘ektlari bilan kelishgan holda belgilanadi. Geodeziya va kartografiya milliy
markazi, hududiy yer tuzish va ko‗chmas mulk kadastri davlat korxonalari
hududlar davlat kadastrini yuritishning tegishli darajalarida quyidagilarni amalga
oshiradi: kadastrni bazaviy sub‘ektlari bilan o‗zaro hamkorlik qilish va ulardan
kadastr axborot tizimining ma‘lumotlar bazasida ro‗yxatdan o‗tkazilishi, hisobga
olinishi hamda kiritilishi lozim bo‗lgan axborotni doimiy qabul qilib olish; olingan
ma‘lumotlar va hujjatlarni dastlabki qayta ishlash, ularni nazorat qilish va
tizimlashtirish hamda ularni kadastr axborot tizimining ma‘lumotlar bazasiga
kiritish; hududlarning davlat kadastri axborot tizimi hamda geoportallarining
texnik va dasturiy vositalariga xizmat ko‗rsatish; axborotni saqlash va
arxivlashtirish tizimiga xizmat ko‗rsatish; boshqa davlat kadastrlari, reestrlar va
axborot tizimlari bilan axborot almashish; qonun hujjatlariga muvofiq axborotni
undan ruxsatsiz foydalanishdan muhofaza qilish tadbirlari; qonun hujjatlariga
muvofiq intellektual mulkni muhofaza qilish tadbirlari; «Davyergeodezkadastr»
qo‗mitasi tomonidan vakolatli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda
belgilangan tartibda kadastr hujjatlarini shakllantirish va uni manfaatdor
foydalanuvchilarga berish; hududdan, yerdan va boshqa tabiiy va xo‗jalik
resurslaridan foydalanishning holati, ushbu hududda joylashgan turli ob‘ektlarning
holati va o‗zgarishlari to‗g‗risidagi axborotni umumlashtirish va tahliliy hisobotlar
tuzish;
hududlarning
davlat
kadastri
axborot
resurslari
to‗g‗risidagi
metama‘lumotlar bazasini tashkil etish va yuritish, hududlar davlat kadastrining
ochiq axborot resurslarini shakllantirish hamda geoportallar tarmog‗ida ulardan
foydalanish; foydalanuvchilarning so‗rovlariga javoban hududlarning davlat
kadastri axborot tizimi ma‘lumotlar bazasining axborot resurslaridan ruxsat
173
berilgan foydalanish chegaralaridagi kadastr ma‘lumotnomalarini shakllantirish;
tegishli darajadagi hududlarning davlat kadastri axborot resurslarini tasarruf
qiluvchi tomonidan tasdiqlangan ro‗yxatga muvofiq foydalanuvchilarning alohida
toifalariga hududlar davlat kadastri axborot resurslaridan ruxsat berilgan holda
to‗g‗ridan-to‗g‗ri foydalanishni ta‘minlash tadbirlari; kadastrni yuritish bo‗yicha
normativ-huquqiy hujjatlar va metodik hujjatlarni ishlab chiqish hamda joriy etish;
kadastrni yuritish vositalarini rivojlantirish va joriy etish; kadastrda saqlanadigan
axborot ochiq hisoblanadi va undan hamma foydalanishi mumkin, tarkibida
foydalanish cheklangan axborot bor bo‗lgan ma‘lumotlar bundan mustasno.
Hududlarning davlat kadastrida saqlanadigan axborotni muhofaza qilish
axborot munosabatlarining tegishli sub‘ektlari tomonidan qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladi. Kadastrning davlat mulki yoki davlat yoxud tijorat siri
hisoblangan axborotidan foydalanishga cheklovlar qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan tartibda belgilanadi.
Hududlarning davlat kadastrida saqlanadigan va foydalanishga cheklovlar
bo‗lmagan axborot: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat
hokimiyati organlariga, hududlar davlat kadastrining boshqa bazaviy sub‘ektlariga
— hududlarning davlat kadastri axborot resurslaridan ruxsat berilgan holda
to‗g‗ridan-to‗g‗ri foydalanish huquqini berish yo‗li bilan muntazam (doimiy)
asosda; manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga — so‗rov bo‗yicha besh kun
ichida, shuningdek tegishli darajadagi hududlarning davlat kadastri axborot
resurslarini tasarruf qiluvchi tomonidan tasdiqlangan foydalanuvchilarning alohida
toifalari ro‗yxatiga muvofiq hududlar davlat kadastri axborot resurslaridan ruxsat
berilgan holda to‗g‗ridan-to‗g‗ri foydalanish; davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, hududlar davlat kadastrining
boshqa bazaviy sub‘ektlariga — to‗lovlar undirilmasdan; manfaatdor yuridik va
jismoniy shaxslarga — haq to‗lash evaziga beriladi. To‗lov miqdori, muddatlari va
tartibi belgilangan tartibda «Davyergeodezkadastr» qo‗mitasi tomonidan
belgilanadi.
174
Hududlarning
davlat
kadastrini
yuritish
uchun
taqdim
etilgan
ma‘lumotlarni to‗g‗riligi uchun ushbu ma‘lumotlarni taqdim etish vakolatiga
kiradigan vakolatli tashkilotlar va mansabdor shaxslar qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda javob beradilar.
Yuridik va jismoniy shaxslar hududlarning davlat kadastri davlat axborot
resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishdagi shartlar: axborotni
hujjatlashtirish, shakllantirish, undan foydalanish hamda davlat axborot
resurslaridan foydalanishni tashkil qilish tartibi va talablariga rioya qilish; davlat
axborot resurslarining axborot xavfsizligini ta‘minlash; davlat axborot resurslarini
shakllantirishda va ularning faoliyat yuritishini ta‘minlashda litsenziyali dasturiy
hamda sertifikatsiyalangan texnik vositalardan foydalanishga majburdir.
Yuridik va jismoniy shaxslar hududlarning davlat kadastri davlat axborot
resurslarini shakllantirishda va ulardan foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa majburiyatlarga ham ega bo‗lishlari mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslar hududlarning davlat kadastri axborot
resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda: axborot bilan ishlash, davlat
axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish qoidalari buzganligi;
davlat axborot resurslaridagi axborot o‗g‗irlaganligi, yo‗qotilganligi, buzilganligi,
blokirovka qilganligi va qalbakilashtirilganligi; mualliflik huquqlari va intellektual
mulk to‗g‗risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun javob beradilar.
Yuridik va jismoniy shaxslar hududlarning davlat kadastri axborot
resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa jihatlar yuzasidan ham javob berishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: |