4.6. Chiqindilarni ko„mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri
Chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri - bu
chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylarini, geografik holati, huquqiy
maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to‗g‗risidagi yangilab
boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
Ushbu kadastr Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi
va O‗zbekiston Respublikasining
butun
hududida
chiqindilarni
ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari
to‗g‗risidagi axborotlarni to‗plash,
ishlash, saqlash va tahlil qilishni
ta‘minlash maqsadida yuritiladi.
Chiqindilarni
ko‗mish
va
utilizatsiya qilish joylari davlat
kadastrini yuritish chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylarining barcha
turlarini ro‗yxatga olishni, ob‘ektlarning miqdor va sifat tavsiflarini, iqtisodiy
bahosini, shuningdek kadastr axborotlarini to‗plash, tahlil qilish, ishlash,
tizimlashtirish, saqlash, yangilash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
manfaatdor foydalanuvchilarga berishni o‗z ichiga oladi.
Chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish uchun maxsus ajratilgan va
uskunalangan joylar: sanoat yoki maishiy chiqindilar poligonlari, xavfli
chiqindilarni ko‗mish joylari, chiqindixonalar, kul-shlak tashlash joylari,
foydalanib bo‗lingandan keyin ko‗mib tashlanadigan shlam to‗plash joylari ushbu
davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi
Chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish
153
bo‗yicha vakolatli organ hisoblanadi. Bu kadastr davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni Chiqindilarni ko‗mish va
utilizatsiya qilish joylari to‗g‗risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan ta‘minlash
uchun mo‗ljallangan.
Quyidagilar Chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari davlat
kadastrini yurtitishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O‗zbekiston Respublikasi
butun hududidagi chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylarini to‗liq
qamrab olish; makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografik asosni
qo‗llanishi; barcha ob‘ektlar bo‗yicha kadastr axborotlarini shakllantirish
metodologiyasining
yagonaligi;
kadastr
axborotlarining
ishonchliligi,
ko‗rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda foydalanishga qulayligi; Chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya
qilish joylari davlat kadastrini yuritish chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish
joylarini xatlovdan o‗tkazish, hisobga olish, baholash yo‗li bilan ta‘minlanadi va
Davlat yer kadastri hamda Binolar va inshootlar davlat kadastri axborotlaridan
majburiy ravishda foydalanishni nazarda tutadi. Kadastr ob‘ektlariga taalluqli
bo‗lgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‗lgan huquqlarni davlat
ro‗yxatidan o‗tkazish vakolatli organlar tomonidan, ko‗chmas mulkka huquqlarni
ro‗yxatdan o‗tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
Davlat yer kadastridan Chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari
davlat kadastriga beriladigan yer uchastkalari to‗g‗risidagi yer-kadastr axborotida
maqsadli foydalanilishi bo‗yicha yerlarning tuzilmasi, yer uchastkalariga
huquqlarning davlat ro‗yxatidan o‗tkazilganligi (shu jumladan yerlardan
foydalanishda belgilangan servitutlardagi mavjud cheklashlar va zo‗riqishlar
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar), yerlarning miqdori va sifati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar
mavjud bo‗lishi kerak.
Binolar va inshootlar davlat kadastridan Chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya
qilish joylari davlat kadastriga beriladigan ushbu kadastr ob‘ektlariga taalluqli
binolar va inshootlar to‗g‗risidagi kadastr axborotlarida ulardan maqsadli
154
foydalanilishi, huquqlarning davlat ro‗yxatidan o‗tkazilganligi, asosiy miqdor va
sifat tavsiflari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar mavjud bo‗lishi kerak, kadastrni yuritish
qog‗oz va yoki elektron manbalarda amalga oshiriladi.
Chiqindilarni
ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari to‗g‗risidagi
tizimlashtirilgan kadastr axborotlari belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona
tizimiga beriladi.
Chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasining quyidagi tarkibiy bo‗linmalari:
respublika darajasida - Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasining yer-suv
resurslari bosh boshqarmasi; hududiy darajada - Qoraqalpog‗iston Respublikasi
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni
muhofaza qilish qo‗mitalari tomonidan amalga oshiriladi.
Chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritishni
metodik ta‘minlash Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi Yer-suv resurslari
bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Kadastrning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni va uning
faoliyatini ta‘minlaydi; ma‘lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, ularni
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasining tarkibiy bo‗linmalariga berishni
amalga oshiradi, ma‘lumotlar bazasining to‗g‗ri to‗ldirilishini nazorat qiladi;
kadastr xodimlarini kadastrni avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga
o‗qitishni tashkil qiladi; kadastr axborotlarini tizimlashtiradi va ularni kadastrning
avtomatlashtirilgan axborotlar tizimiga kiritadi; kadastr yangi ob‘ektlari
to‗g‗risidagi hisobga olish va baholash axborotlarini to‗plashni nazorat qiladi;
kadastr axborotlarini Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkorlik bilan berilishini
amalga oshiradi; kadastr ob‘ektlariholati va ulardan foydalanish to‗g‗risidagi
hisobotni Davlat kadastrlari yagona tizimiga har yili belgilangan tartibda taqdim
etadi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahar davlat tabiatni
muhofaza qilish qo‗mitalari: Chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari
davlat kadastri ob‘ektlarining miqdor va sifat holatidagi joriy o‗zgarishlar, ularning
155
atrof-muhitni, iqtisodiy bahosiga ta‘siri to‗g‗risidagi axborotlarni to‗playdilar;
kadastr ob‘ektlarining kadastr daftarlarini yuritadilar, ma‘lumotlar bazasini
to‗ldiradilar va ularni tizimlashtirish va Chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish
joylari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborotlar tizimiga kiritish uchun
Yer-suv resurslari bosh boshqarmasiga beradilar; kadastri yangi ob‘ektlarini
hisobga qo‗yadilar, shuningdek ular to‗g‗risidagi hisobga olish va baholash
axborotlarini to‗playdilar.
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi tizimidan tashqarida faoliyat
ko‗rsatuvchi, chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari mulkdorlari,
shuningdek boshqa huquqlar egalari Yer-suv resurslari bosh boshqarmasiga
kadastr ob‘ektlarining jug‗rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari
hamda bahosi to‗g‗risidagi, shuningdek ularning holatidagi joriy o‗zgarishlar
to‗g‗risidagi axborotlarni taqdim etishi shart.
Chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari ro‗yxati ularning miqdor va
sifat tavsiflarini va iqtisodiy bahosini hisobga olish uchun asos hisoblanadi. Bu
ro‗yxatga chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylarining barcha turlari
kiritilishi kerak. Bunda asosiy ko‗rsatkichlar qayd etiladi, ularning tarkibi tegishli
normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Ro‗yxat natijalari bo‗yicha har bir ob‘ekt
uchun pasport tuziladi.
Miqdor va sifat tavsiflarining asosiy hisobi chiqindilarni ko‗mish va
utilizatsiya qilishning hisobga qo‗yish vaqtida foydalanishga topshirilgan va
faoliyat ko‗rsatayotgan har qaysi joyi bo‗yicha amalga oshiriladi.
Chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylarining miqdor va sifat
tavsiflari hisobi ularning iqtisodiy, texnologik, biologik va ekologik belgilari
bo‗yicha tasnifini o‗z ichiga oladi, ularning tarkibi va davlat kadastrini yuritish
bo‗yicha normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Bu joylarni miqdor va sifat
tavsiflarini hisobga olish uchun Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi
tomonidan "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi bilan kelishgan holda kadastr
axborotlarini taqdim etishning texnik parametrlari va formatlari ishlab chiqiladi.
156
Hisobga olish axboroti kadastr daftariga yoziladi va davlat kadastrining
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi. Chiqindilarni ko‗mish va
utilizatsiya qilish joylarini iqtisodiy baholash chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya
qilish soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har bir joyning
holatini, qiymatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Iqtisodiy baholash qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda ularning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan
holda amalga oshiriladi.
Chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari to‗g‗risidagi kadastr
axborotlarining ishonchliligi uchun yer-suv resurslari bosh boshqarmasi,
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi,
viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‗mitalarining
Chiqindilarni ko‗mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritishni
amalga oshiruvchi rahbarlari javob beradilar.
Dostları ilə paylaş: |