Davlat kadastrlari


Davlat o„rmon kadastrini yuritish



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   94
ДКА ох2018

Davlat o„rmon kadastrini yuritish: 
1. O‗rmon xo‗jaligi bosh boshqarmasining vakolatli bo‗linmasi Davlat o‗rmon 
kadastri ob‘ektlari bo‗yicha kadastr axborotlarini to‗playdi. 
2. O‗rmon xo‗jaligi bosh boshqarmasining vakolatli bo‗linmasi yer kadastridan 
hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, binolar va 
inshootlar to‗g‗risidagi axborotlarni oladi va davlat kadastrlari yagona tizimi 
ma‘lumotlar bazasiga beradi. 
3. O‗rmon xo‗jaligi bosh boshqarmasining vakolatli bo‗linmasi so‗rovga ko‗ra 
Davlat kadastrlari yagona tizimi ma‘lumotlar bazasidan Davlat o‗rmon kadastri 
bo‗yicha axborotlar olishi mumkin. 
4. Davlat kadastrlari yagona tizimidan foydalanuvchilar so‗rovga ko‗ra uni 
ma‘lumotlar bazasidan belgilangan tartibda Davlat o‗rmon kadastri bo‗yicha 
kadastr axborotlari olishi mumkin. 
Mustaqil o‟rganish uchun savollar: 
1.
Davlat o‗rmon kadastri
ni yuritishdan maqsad? 
2.
Davlat o‗rmon
kadastri ob’ekti? 
3.
Davlat o‗rmon
kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari ? 
4. 
Davlat o‗rmon
kadastrini
qaysi vakolatli organlar tomonidan yuritiladi? 
5. 
Davlat o‗rmon
kadastrining qanday axborotlari DKYT ma'lumotlar bazasiga
taqdim etiladi?


142 
4.4.
 
O„simlik dunyosi ob‟ektlari davlat kadastri 
O‗simlik dunyosi ob‘ektlarining davlat kadastri yovvoyi o‗simliklar turlari 
tarkibi, soni, geografik tarqalishi, miqdoriy va sifat tavsifi, ulardan fodalanish, 
iqtisodiy 
baholash, 
ular 
o‗sadigan 
muhitning 
tavsifi 
to‗g‗risidagi uzluksiz yangilanib 
turadigan axborot tizimi. 
Kadastr 
foydalaniladigan, 
mintaqadagi ekologik muhitga 
ta‘sir ko‗rsatadigan yoki kamyob 
va turi yo‗qolib ketish xavfi bo‗lgan yovvoyi holda o‗suvchi ildizli o‗simliklar va 
qo‗ziqorinlarning hamma turlarini hisobga oladi. 
Bu kadastrni yurituvchilar, o‗simlik dunyosidan foydalanuvchi yuridik 
shaxslar: qishloq xo‗jaligida band bo‗lgan yerlarda qishloq xo‗jaligi korxonalari, 
muassasalar va tashkilotlar; davlat o‗rmon fondi yerlarida o‗rmon xo‗jaligi 
korxonalari; zahira yerlarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, joylardagi davlat 
hokimiyatining vakolatli organlari o‗simliklarning kamyob va yo‗qolib 
borayotgan, dorivor oziqbop va manzarali turlari bo‗yicha respublikaning butun 
hududida O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‗simlik dunyosi 
ob‘ektlarining davlat kadastri sub‘ektlari hisoblanadilar. 
Kadastr davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va 
jismoniy shaxslarni kadastr axboroti bilan ta‘minlashga mo‗ljallanilgan. 
Quyidagilar o‗simlik dunyosi ob‘ektlarining davlat kadastrini asosiy 
prinsiplari hisoblanadi: respublikaning butun hududida o‗simlik dunyosining 
barcha ob‘ektlarini davlat kadastri bilan qamrab olish; axborotni to‗plash, qayta 
ishlash texnologiyasi va taqdim etish usulining yagonaligi; davlat kadastrini 
yuritishni markazlashtirilgan tartibda boshqarish; Davlat kadastrlari yagona tizimi 
talablarini ta‘minlash; kadastr axborotini to‗ldirish va yangilashning ishonchiligi 
va uzluksizligi. 


143 
O‗simlik dunyosi ob‘ektlarining davlat kadastrini yuritish ob‘ektlarni 
ro‗yxatga olish, ular sonini aniqlash va ulardan foydalanish sifatini, ob‘ektlarin 
iqtisodiy baholashni, kadastr axborotini tizimlashtirishni, saqlashni, yangilashni va 
uni manfaatdor foydalanuvchilarga tegishli shakllarda va hajmlarda belgilangan 
tartibda tezkor berishni o‗z ichiga oladi. 
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kadastr axborotidan bepul 
manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda 
haq to‗lab foydalanadilar. 
Kadastrni yuritish byudjet mablag‗lari hisobiga amalga oshiriladi. 
O‗zbekiston Respublikasi o‗simlik dunyosi ob‘ektlarining davlat kadastrida 
quyidagi guruhlarga birlashtirilgan yovvoyi o‗simliklarning har bir turi bo‗yicha 
ma‘lumotlar bo‗lishi kerak: yovvoyi holda o‗sadigan dorivor va manzarali, 
shuningdek, oziq-ovqat sifatida foydalaniladigan o‗simliklar; texnik maqsadlarda 
foydalaniladigan yovvoyi o‗simliklar; tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi 
o‗simliklar; yovvoyi o‗simliklarning kamyob va yo‗qolib ketish xavfi ostida turgan 
turlari. 
Kadastr ob‘ektlarining har bir guruhida quyidagi ma‘lumotlar mavjud bo‗lishi 
kerak: ob‘ektlar guruhlarining maqomi; o‗simliklar dunyosi (yaylovlarning turlari); 
keng tarqalishi (hududiy taqsimlanishi); mahsuldorligi; iqtisodiy baholanishi; 
foydalanilishi. 
O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 
"O‗zbekiston oliy o‗simliklarining ta‘rifnomasi", shuningdek dalani tekshirish 
ma‘lumotlari o‗simlik dunyosi ob‘ektlarining davlat kadastrini tuzish uchun 
axborot manbai hisoblanadi. 
O‗simlik dunyosi ob‘ektlarining davlat kadastri kadastri axboroti uzluksiz 
yangilashini ta‘minlovchi axborotning asosiy va joriy turlarni o‗z ichiga oladi. 
Asosiy (birlamchi) turini yuritishda ob‘ektlar birlamchi ro‗yxatdan o‗tkaziladi 
(xatlanadi). Joriy turda asosiy tur o‗tkazilgandan keyin yuz bergan barcha keyingi 
o‗zgartirishlar qayd etiladi va kadastrga kiritiladi. 


144 
Ro‗yxatdan o‗tkazish, hisobga olish va baholash axboroti o‗simliklar dunyosi 
to‗g‗risidagi jami kadastr axboroti bo‗lib, uni alifbo-raqamli (matnlar, jadvallar) va 
chizma (haritalar, sxemalar) shakllarida, an‘anaviy va avtomatlashtirilgan 
variantlarda taqdim etiladi. 
O‗simlik dunyosi ob‘ektlarining davlat kadastri Davlat tabiatni muhofaza 
qilish qo‗mitasi tomonidan quyidagi ma‘muriy-hududiy darajalarda: birlamchi 
darajada o‗simlik dunyosi ob‘ektlarning davlat kadastri sub‘ektlarining vakolatli 
shaxslari tomonidan; mintaqaviy darajada Qoraqalpog‗iston Respublikasi Davlat 
tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasining kadastr xizmati va tabiatni muhofaza qilish 
viloyat qo‗mitalarining vakolatli shaxslari tomonidan; 
respublika darajasida O‗zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza 
qilish qo‗mitasining kadastr xizmati tomonidan yuritiladi. 
Kadastr sub‘ektlari darajasida vakolatli shaxslar: yovvoyi holda o‗suvchi 
o‗simliklarni ro‗yxatga oladi, ularning soni, sifati va bahosi to‗g‗risidagi axborotni 
yig‗adi, kadastr kitobini yuritadi, o‗simliklarning turlar bo‗yicha tarqalishining
kadastr rejasini tuzadi va mintaqaviy darajada zarur kadastr axborotini beradi. 
Mintaqaviy darajada vakolatli shaslar kadastrini yuritishda sub‘ektlarga 
uslubiy yordam ko‗rsatadi, tushayotgan axborotni tahlil qiladi, taqdim etilgan 
ma‘lumotlarning ishonchligini baholaydi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi va 
viloyatlar bo‗yicha yovvoyi o‗simliklarning ro‗yxatini va yovvoyi o‗simliklarning 
turlar bo‗yicha joylashishi hududiy sxemalarini tuzadi, xisobotlar tuzadi hamda 
ularni har yili 1 martgacha belgilangan shaklda Davlat tabiatni muhofaza qilish 
qo‗mitasiga taqdim etadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasining 
kadastr xizmati respublika darajasida: o‗simlik dunyosi ob‘ektlarining davlat 
kadastri yuritilishini muvofiqlashtiradi; me‘yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi; 
kadastr yuritilishi ustidan nazorat qiladi; viloyat kadastr hisobotlarini 
tizimlashtiradi; kadastr xizmatlarini moddiy-texnik ta‘minlaydi; o‗simlik dunyosi 
ob‘ektlari davlat kadastrining atomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqadi; 


145 
manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr materiallaridan foydalanishi 
tartibi va shartlarini belgilaydi; 
zarur kadastr axborotini Davlat kadastrlarining yagona tizimiga beradi. 
O‗simlik dunyosi ob‘ektlarini davlat hisobga olish: yovvoyi holda o‗suvchi 
dorivor va manzarali, oziq-ovqat maqsadida foydalaniladigan o‗simliklar bo‗yicha
O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Qishloq va suv xo‗jaligi 
vazirligi huzuridagi O‗rmon xo‗jaligi bosh boshqarmasi tomonidan; texnik 
maqsadlarda 
foydalaniladigan 
yovvoyi 
o‗simliklar 
bo‗yicha 
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi tomonidan;yovvoyi o‗simliklarning kamyob va 
yo‗qolib ketish xavfi ostida turgan turlari bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi 
Fanlar akademiyasi tomonidan yuritiladi. 
O‗simlik dunyosi ob‘ektlarining davlat hisobini yurituvchi vazirliklar va 
idoralar o‗simlik dunyosi ob‘ektlarining davlat kadastri bo‗yicha zarur axborotni 
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi tomonidan belgilangan shaklda, hajmda 
va muddatlarda qo‗mitaga taqdim etadilar. 
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi 2001 yildan boshlab har yili 
o‗simlik dunyosi ob‘ektlarining zarur axborotni hisobot yilidan keyingi yilning 1 
aprelgacha Davlat kadastrlarining yagona tizimiga taqdim etadi. Kadastr 
ma‘lumotlarini Davlat kadastrlarining yagona tizimiga taqdim etish shakli Davlat 
tabiatni 
muhofaza 
qilish 
qo‗mitasi 
tomonidan 
tasdiqlanadi 
va 
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi bilan kelishiladi.
O‗simlik dunyosining ishlab chiqiladigan kadastr axboroti ishonchiligi uchun 
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasining kadastr xizmati, o‗simliklarning 
davlat tomonidan hisobga olinishi yurituvchi vazirliklar va idoralarning vakolatli 
shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin