127
kadastr axborotlarini ―O‗zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar
davlat qo‗mitasi huzuridagi Davlat geologik fondiga taqdim etadilar.
2. Foydali qazilmalarni qazib olish va yer osti boyliklarni geologik o‗rganish
ishlarini amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar kadastr xizmatilari ushbu
ob‘ektlar mulkdorlari va foydalanuvchilaridan konlari, foydali qazilmalari
nishonalari va texnogen hosilalarining ob‘ektlari bo‗yicha kadastr axborotlarini
to‗playdi, o‗z hududlari doirasida kadastr ishini shakllantiradi, konlari, foydali
qazilmalari nishonalari va texnogen hosilalarining ob‘ektlari bo‗yicha axborotlarni
O‗zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‗mitasi
huzuridagi Davlat geologik fondi kadastr xizmatiga beradi.
3. O‗zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‗mitasi
huzuridagi Davlat geologik fondi kadastr xizmatlari davlat yer kadastridan hamda
binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, bino va inshootlar
to‗g‗risidagi axborotlarni olib, ma‘lumotlar bazasiga kiritigandan keyin kadastr
axborotlarini
"Davyergeodezkadastr"
qo‗mitasining DKYAT ma‘lumotlar
bazasiga beradi.
4. ―O‗zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat
qo‗mitasi huzuridagi Davlat geologik fondi kadastr xizmati so‗rovi bo‗yicha
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasining DKYAT ma‘lumotlar bazasidan konlari,
foydali qazilmalari nishonalari va texnogen hosilalarining ob‘ektlari bo‗yicha
axborotlarni olishi mumkin.
5. DKYATdan foydalanuvchilar so‗rov bo‗yicha "Davyergeodezkadastr"
qo‗mitasining DKYAT ma‘lumotlar bazasidan foydali qazilmalari nishonalari va
texnogen hosilalarining ob‘ektlari bo‗yicha kadastr axborotlarini olishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: