Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish: 1. "O‗zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasi tizimida va uning tizimidan
tashqarida mavjud bo‗lgan yetkazib berish quvurlari ob‘ektlari egalari
foydalanuvchilar kadastr axborotlarini neft-gaz-transport korxonalarining kadastr
bo‗linmalariga taqdim etadilar .
2.
Neft-gaz-transport
korxonalarining
kadastr
bo‗linmalari ushbu
ob‘ektlarning egalari va foydalanuvchilardan yetkazib berish quvurlari ob‘ektlari
bo‗yicha kadastr axborotlarini tolib, o‗z hududlari doirasida kadastr ishini
shakllantiradilar, ularni "O‗zLITIneftgaz" ochiq aksiyadorlik jamiyati huzuridagi
yetkazib berish quvurlari davlat kadastri (EBQDK) xizmatiga taqdim etadilar.
3. EBQDK xizmati davlat yer kadastri hamda binolar va inshootlar davlat
kadastridan yer uchastkalari, binolar va inshootlar to‗g‗risidagi axborotni olib,
yetkazib berish quvurlari ob‘ektlari ma‘lumotlari bilan axborotlar bazasiga
kiritilgandan keyin axborotlarini "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi DKYATning
ma‘lumotlar bazasiga beradi.
4. "O‗zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniya-sining "O‗zLITIneftgaz" ochiq
aksiyadorlik jamiyati huzuridagi EBQDK xizmati transport korxonalari ob‘ektlari
bo‗yicha axborotni so‗rov bo‗yicha "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi
DKYATning ma‘lumotlar bazasidan olishi mumkin.
5. Foydalanuvchilar so‗rov bo‗yicha yetkazib berish quvurlari ob‘ektlari
bo‗yicha kadastr axborotlarini "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi DKYAT
ma‘lumotlar bazasidan olishlari mumkin.
Mustaqil o‟rganish uchun savollar: 1.
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri bu
?
2.
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri
ob’ekti?
3.
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini
yuritishning asosiy prinsiplari ?
4.
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri
qaysi vakolatli organlar tomonidan
yuritiladi?
118
5.
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri
ning qanday axborotlari DKYT
ma'lumotlar bazasiga taqdim etiladi?