4.1. Konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish
hollari davlat kadastri
Konlar, foydali qazilmalar nishonalari va texnogen hosilalari (mineral xom
ashyoni qazib olish va qayta ishlash chiqishlari) davlat kadastri foydali qazilmalar
nishonalari va texnogen hosilalar ob‘ektlariga tenglashtirilgan tavsifnomalari
to‗plamidan iboratdir va u O‗zbekiston Respublikasi davlat kadastirlari yagona
tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
O‗zbekiston
Respublikasi
konlari,
foydali
qazilmalari
nishonalari
va
texnogen
hosilalarining
davlat
kadastri
respublikaning mineral xom ashyo
resurslari holatini baholash, yer osti
boyliklarini
geologik
o‗rganish
bo‗yicha
ishlarni
rivojlantirish
dasturlarini ishlab chiqishni ta‘minlash, konlar, foydali qazilmalar nishonalarining
asosiy tavsifnomalari va texnogen hosilalar ob‘ektlari bilan tezkorlik bilan
tanishish, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi davlat kadastirlari yagona
tizimidagi yer uchastkalarini baholash uchun mo‗ljallangan.
Quyidagilar kadastrni hisobga olish ob‘ektlari hisoblanadi:
123
O‗zbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralari davlat balansida
hisobga olingan foydali qazilmalar zaxiralari mavjud bo‗lgan konlar;
foydali qazilmalar konlari uchastkalari, agar ularning zaxiralari O‗zbekiston
Respublikasining foydali qazilmalari zaxiralari davlat balansida alohida satr bilan
hisobga olinsa;
O‗zbekiston Respublikasining foydali qazilmalari zaxiralari davlat balansida
hisobga olinmagan, foydali qazilmalar zaxiralari mavjud bo‗lgan, lekin qidiruv
(mufassal baholash) ishlari tugallanmagan konlar;
foydali qazilmalari zaxiralari O‗zbekiston Respublikasi foydali qazilmalar
zaxiralari davlat balansi hisobidan qandaydir sababga ko‗ra chiqarilgan konlar;
tarkibida mineral xom ashyoning shunday turi bo‗yicha qazib olinayotgan
konlarga sanoat talablariga javob beruvchi qimmatli komponentlar borligi jihatidan
hech bo‗lmaganda bitta ruda jismi (qatlami) mavjudligi aniqlangan foydali qattiq
qazilmalar nishonalari;
tarkibidagi qimmatli komponentlar amaliy qiziqish tug‗diruvchi, shuningdek,
atrof-muhitni ifloslantiruvchi va aholiga jiddiy xavf-xatar tug‗diruvchi kambag‗al
rudalar ag‗darmalari, chiqindi omborlari va boshqa texnogen hosilalar.
O‗zbekiston Respublikasining konlari, foydali qazilmalari nishonalari va
texnogen hosilalari davlat kadastrida quyidagi ma‘lumotlarbo‗ladi.
1. Foydali qazilmalar bo‗yicha: ob‘ektning geografik va ma‘muriy holati
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar, asosiy va ular bilan birgalikda joylashgan foydali
qazilmalarning miqdoriy, sifat tarkibi hamda ularda mavjud bo‗lgan foydali va
zararli komponentlar, konlarni qazishning geologik-iqtisodiy, kon-texnik,
texnologik, gidrogeologik, ekologik va boshqa sharoitlari haqida.
2. Foydali qazilmalar nishonalari bo‗yicha: Nishonaning geografik va
ma‘muriy holati, uning geologik jihatdan o‗rganilganlik darajasi, aniqlangan
zaxiralar miqdori va baholangan, prognoz qilingan resurslar to‗g‗risidagi
ma‘lumotlar, mineral xom ashyoning mumkin bo‗lgan xossalari, shuningdek
ob‘ektning kelgusida o‗rganish bo‗yicha tavsiyanomalar bo‗ladi.
124
3. Texnogen hosilalar ob‘ektlari bo‗yicha: Texnogen hosilalar manbalari,
ularning shakllanish davri, texnogen xosilalarining ularning miqdoriy-sifat
ko‗rsatkilari hamda ularni saqlash kon-texnik sharoitlari ko‗rsatilgan holdagi turi
yoki xili to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bo‗ladi.
4. Geologik-qidiruv va foydalanish ishlari, foydali qazilmaning texnologik
sinovlari natijalariga doir aniq hisobotlarda, texnik-iqtisodiy tushunchalarda,
dokladlar va texnik-iqtisoiy asoslashlarda, mineral xom ashyo konditsiyalarini va
foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash bo‗yicha protokollarda mufassalroq
axborotning, shuningdek, yer osti boyliklariga oid boshqa dastlabki axborotning
mavjudligi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar ham bo‗ladi.
Konlar, foydali qazilmalar nishonalari va texnogen hosilalar pasportlarini
tuzish uchun quyidagilar dastlabki axborot manbalari hisoblanadi: geologik-suratga
olish, qidirish, muhandislik-geologik, gidrogeologik, gioekologik, tematik, tajriba-
uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari va yer osti boyliklarini o‗rganish bo‗yicha boshqa
ishlar natijalari to‗g‗risidagi tasdiqlangan hisobotlar; mineral xom ashyoning
texnologik
sinovlari
natijalari
to‗g‗risidagi hisobotlar; qazib oluvchi
korxonalarning texnogen hosilalarning yuqori daraja xavfli ob‘ektlari to‗g‗risidagi
ma‘lumotlardan iborat bo‗lgan yillik hisobotlari; foydali qazilmalar zaxiralari
balanslari; mineral xom ashyo konditsiyalarini va foydali qazilmalar zaxiralarini
tasdiqlash bo‗yicha protokollar, shuningdek zaxiralarni hisobdan chiqarishga doir
materiallar. Geologik materiallar seysmoaktivlik, sel xavfi, xavfli geologik
jarayonlar (o‗pirilish, ko‗chish, cho‗kish, suffoziyalar, karetlar) alomatlari
mavjudligi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bilan to‗ldiriladi.
Konlar, foydali qazilmalar nishonalari va texnogen hosilalar pasportlari
maxsus shakl (blanka)larda quyidagilar bo‗yicha tuziladi: rudali foydali qazilmalar
konlari; rudasiz foydali qazilmalar konlari; sochma konlar; radioaktiv xom ashyo
konlari; ko‗mir va yonuvchi slanetslar konlari; neft va gaz konlari; rudali foydali
qazilmalar nishonalari; rudasiz foydali qazilmalar nishonalari; radioaktiv xom
ashyo nishonalari; texnogen hosilalar ob‘ektlari.
125
Pasportlarni tuzish uslublari, maxsus shakllar (blankalar) O‗zbekiston
Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‗mitasi tomonidan
tasdiqlanadi. O‗zbekiston Respublikasi konlari, foydali qazilmalari nishonalari va
texnogen hosilalari davlat kadastrini yuritish tartibi O‗zbekiston Respublikasi
Geologiya va mineral resurslar davlat qo‗mitasi huzuridagi Davlat geologik fondi
foydali qazilmalarni qazib olish va yer osti boyliklarni geologik o‗rganish ishlarini
amalga oshiruvchi korxonalar (tashkilotlar) taqdim etgan dastlabki ma‘lumotlarni
to‗plash, hisobga olish va tartibga solish asosida amalga oshiriladi.
Hisobga olinishi kerak bo‗lgan konlar, foydali qazilmalar nishonalari
aniqlangan taqdirda pasport yer osti boyliklaridan foydalanuvchi tomonidan har
qaysi kon yoki foydali qazilmalar nishonasi uchun tuziladi. Qidirilayotgan
(mufassal baholanayotgan) konlarni O‗zbekiston Respublikasi qazilmalari
zaxiralari davlat balansida hisobga qo‗yishda pasport yer osti boyliklaridan
foydalanuvchi tomonidan har qaysi kon yoki foydali qazilmalar nishonasi uchun
tuziladi. Qidirish (mufassal baholanayotgan) tugallangach yangi pasport tuziladi.
Qazilayotgan konlar va texnogen hosilalar ob‘ektlari bo‗yicha pasportlar yer
osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan ularning texnik chegaralarining har
galgi o‗zgarishida tuziladi. Alohida uchastkalarda (qismlarda) kon ajratmalari
doirasida konning geologik tuzilishini puxta aniqlash imkonini bergan qo‗shimcha
geologik-qidiruv ishlari o‗tkazilgan qazilayotgan konlar bo‗yicha pasportlar yer
osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan, mazkur ob‘ekt bo‗yicha foydali
qazilmalar zaxiralarini navbatdagi yillik balansi taqdim etilgan taqdirda, tuziladi.
Konlar, foydali qazilmalar nishonalari va texnogen hosilalar pasportlari yer osti
boyliklarini geologik o‗rganish ishlari natijalari bo‗yicha hisobotlar uchun
belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
Pasportni tuzgan, tekshirgan va tasdiqlagan shaxslar unda keltirilgan
ma‘lumotlarning to‗g‗riligi uchun javob beradilar. Pasport tuzilmagan taqdirda
yoki u belgilangan talablardan chetga chiqqan holda tuzilganda, Davlat geologiya
fondi foydali qazilmalar zaxiralarining tegishli hisoboti yoki balansini hisobga
olishni rad etadi, shuningdek, yer osti boyliklarini geologik o‗rganish bo‗yicha
126
amalga oshirilgan ishlar harajatlarini hisobdan chiqarish yuzasidan ma‘lumotnoma
berishni rad qiladi.
Quyidagilar O‗zbekiston Respublikasi konlari, foydali qazilmalari nishonalari
va texnogen hosilalari davlat kadastrini yuritish bo‗yicha Davlat geologiya
fondining asosiy vazifalari hisoblanadi: pasportlarni qabul qilish, ro‗yxatdan
o‗tkazish va saqlash; hisobga olish ob‘ektlari katalogini yuritish; hisobga olish
ob‘ektlarining ro‗yxatdan o‗tkazish kartalarini yuritish; konlar, foydali qazilmalar
nishonalari va texnogen hosilalar davlat kadastri materiallarini to‗plash, hisobga
olish, tartibga olish va saqlash.
Hisobga olish ob‘ektlari pasportlarini qabul qilish ro‗yxatdan o‗tkazish va
saqlash, katalog va ro‗yxatdan o‗tkazish kartalarini yuritish O‗zbekiston
Respublikasi Geologiya va mineral rusurslar davlat qo‗mitasi belgilaydigan
tartibda amalga oshiriladi.
Davlat geologiya fondi o‗zining asosiy vazifalariga muvofiq quyidagilarni
ta‘minlaydi: yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan hisobga olish
ob‘ektlari pasportlarini tuzishga uslubiy rahbarlik qilish; hisobga olish ob‘ektlari
pasportlarining Davlat geologiya fondiga o‗z vaqtida taqdim etilishini nazorat
qilish; materiallarni davlat boshqaruv organlariga va davlat hokimiyati organlariga
taqdim etish; manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning ulardan foydalanish
tartibi hamda shartlarini belgilash; tushadigan ma‘lumotlarni avtomatlashtirilgan
holda ishlash tizimini yaratish va uning ixtisoslashtirilgan dasturiy ta‘minotini
yo‗lga qo‗yish.
Dostları ilə paylaş: |