Davlat kadastrlari


Davlat suv kadastrini yuritish



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   94
ДКА ох2018

Davlat suv kadastrini yuritish:
1. Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari 
joylardagi davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, suvdan 
foydalanuvchilar to‗g‗risidagi zarur ma‘lumotlarni to‗playdilar. 
2. Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari Davlat 
hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar suv ob‘ektlari, suv resurslari, 
suv rejimi, sifati va undan foydalanish, shuningdek, suvdan foydalanuvchilar 
to‗g‗risidagi zarur ma‘lumotlar mansubligi bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
huzuridagi 
Gidrometeorologik 
xizmati 
markaziga
O‗zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‗mitasiga, 
Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligiga taqdim etadilar. 
3. Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari 
tomonidan taqdim etilgan materiallar ekspertizadan o‗tkazish uchun Davlat suv 
kadastrining idoralararo bosh markazi, "O‗zgidromet" markazining O‗rta Osiyo 
gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy-metodik kengashiga ko‗rib 
chiqish uchun kiritiladi. 
4. Ekspertiza natijalariga ko‗ra Ilmiy-metodik kengash mansubligi bo‗yicha 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik 
xizmati markaziga, O‗zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral 
resurslar qo‗mitasiga, Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligiga tegishli xulosa taqdim 
etadi. 


137 
5. Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari kadastr 
xizmatlari davlat yer kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan 
yer uchastkalari, bino va inshootlar to‗g‗risidagi axborotlarni oladi. 
6. Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari kadastr 
xizmati suv ob‘ektlar mulkdorlari va foydalanuvchilaridan suv ob‘ektlari bo‗yicha 
kadastr axborotlarini to‗playdi, o‗z hududlari doirasida kadastr ishini 
shakllantiradi, mansubligi bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Gidrometeorologik xizmati markaziga, O‗zbekiston Respublikasi 
Davlat geologiya va mineral resurslar qo‗mitasiga, Qishloq va suv xo‗jaligi 
vazirligi kadastr xizmatlariga beradi. 
7. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
huzuridagi 
Gidrometeorologik xizmati markazi, O‗zbekiston Respublikasi Davlat geologiya 
va mineral resurslar qo‗mitasi, Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi kadastr xizmatlari 
so‗rov bo‗yicha "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasining DKYAT ma‘lumotlar 
bazasidan suv ob‘ektlari bo‗yicha axborotlarni olishi mumkin va zarur 
axborotlarni Davlat suv kadastrining hududiy markazlari va mahalliy organlari 
kadastr xizmatlariga yuborishi mumkin. 
8. DKYATdan foydalanuvchilar so‗rov bo‗yicha "Davyergeodezkadastr" 
qo‗mitasining DKYAT ma‘lumotlar bazasidan Suv ob‘ektlari bo‗yicha kadastr 
axborotlarini olishi mumkin. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin