Davlat kadastrlari



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94
ДКА ох2018

Tashish jarayoni
- yuklar, yo‗lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashishga 
tayyorgarlik qurish, uni amalga oshirish va tugallash chog‗ida temir yo‗l transporti 
korxonalari bajaradigan tashkiliy va texnologik jihatdan o‗zaro bog‗liq harakatlar 
va operatsiyalar majmui; 
Umumiy foydalanishdagi temir yo„llar
- temir yo‗lning poezdlarni qabul 
qilish va jo‗natish, yuklar, bagaj va yuk bagajini qabul qilish hamda topshirish va 
yo‗lovchilarga xizmat ko‗rsatish, manevr ishlarini amalga oshirish bo‗yicha 
tegishli operatsiyalarni bajarish uchun ochiq bo‗lgan temir yo‗l bekatlari 
joylashgan tarmog‗i; 
Yuk
- tashish uchun temir yo‗l transporti korxonasi tomonidan belgilangan 
tartibda qabul qilingan, o‗z vaqtida eltib berilishi va saqlanishi uchun temir yo‗l 
javobgar bo‗lgan temir yo‗l tashish ob‘ekti; 
Bagaj
- yo‗lovchi olib ketayotgan va safar davomida yo‗lovchilar vagonida 
uning yonida bo‗ladigan buyumlar, tovarlar va boshqa moddiy boyliklar; 
Yuk bagaji
- yo‗lovchilar va pochta-bagaj poezdlarida tashiladigan temir yo‗l 
tashish ob‘ekti; 
Yuk jo„natuvchi (jo„natuvchi)
- o‗z nomidan yoxud yuk yoki yuk bagaji 
egasi nomidan ish ko‗ruvchi va tashish hujjatlarida qayd etilgan yuridik yoki 
jismoniy shaxs; 


199 
Yukni oluvchi (oluvchi)
- yuk yoki yuk bagajini olish huquqiga ega bo‗lgan 
yuridik yoki jismoniy shaxs; 
Xavfli yuklar
- muayyan omillar mavjud bo‗lganda o‗z xossalari va 
xususiyatlariga ko‗ra tashish jarayonida, ortish-tushirish ishlarini bajarish va 
saqlash chog‗ida portlash, yong‗in chiqishiga yoki tashilayotgan yuklar, texnika 
vositalari, qurilmalar, binolar va inshootlar, boshqa ob‘ektlarning shikastlanishiga, 
shuningdek odamlar hayoti yoki sog‗lig‗iga ziyon etishiga, hayvonlarning nobud 
bo‗lishiga, atrof tabiiy muhitning zararlanishiga sabab bo‗lishi ehtimoli bor 
moddalar, materiallar, buyumlar, ishlab chiqarish va boshqa faoliyat chiqindilari; 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin