Davlat kadastrlari


Kartografiya-geodeziya davlat kadastri



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   94
ДКА ох2018

3.6. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri 
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri - O‗zbekiston Respublikasi hududida 
bajarilgan geodezik va kartografik ishlar materiallari, geodezik tayanch tarmoqlar 
punktlarining yer osti markazi va yer usti belgilari, ularning miqdor va sifat 
tavsiflari to‗g‗risidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir. 
Quyidagilar 
O‗zbekiston 
Respublikasi hududida Kartografiya-
geodeziya davlat kadastrini ro‗yxatga 
olish ob‘ektlari hisoblanadi: O‗zbekiston 
Respublikasi barcha hududlarining turli 
masshtablardagi topografik haritalari; 
O‗zbekiston Respublikasi shaharlari, 
shaharchalari va qishloq aholi punktlarining topografik planlari; O‗zbekiston 
Respublikasining raqamli elektron haritalari; O‗zbekiston Respublikasining 
navbatchi ma‘lumotnoma haritasi; O‗zbekiston Respublikasi hududini aerofoto va 
kosmik suratga olish materiallari; O‗zbekiston Respublikasi davlat geodeziya 
tarmoqlari va zichlash tarmoqlari punktlari, reperlari va ularni yer usti belgilari; 
yer uchastkalari chegaralarini belgilovchi chegara tarmoqlari punktlari; barcha 
geodezik tarmoqlar punktlari, reperlari hamda chegara belgilari koordinatlari va 
balandliklari kataloglari; geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarini bajarish 
sanasi ishlarni bajaruvchilar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar, bajarilgan ishlar. 
O‗zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat 
kadastri 
davlat 
qo‗mitasi 
(keyingi 
o‗rinlarda 
"Davyergeodezkadastr") 
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish bo‗yicha vakolatli organ 
hisoblanadi.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni kartografiya-geodeziya 
axborotlari bilan ta‘minlash uchun mo‗ljallangan. 


119 
Quyidagilar kadastrni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O‗zbekiston 
Respublikasining barcha hududini to‗liq qamrab olish; kadastr axborotlarini 
shakllantirish metodologiyasining yagonaligi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, 
ko‗rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda foydalanishga qulayligi. Kadastrni yuritish ishlarini 
moliyalashtirish davlat byudjeti hisobiga amalga oshiriladi. 
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasining idoraviy mansub tashkiloti - Davlat 
geodeziya nazorati inspeksiyasi kadastrini yuritish ishlarining ijrochisi hisoblanadi. 
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik va 
kadastrni yuritishni metodik ta‘minlash "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi: geodeziya, topografiya va 
kartografiya ishlari materiallarini Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasiga o‗z 
vaqtida taqdim etilishini nazorat qiladi; kadastr axborotlarini shakllantirish va 
taqdim etish formatlarini ishlab chiqadi, ularning sifatini nazorat qiladi; Kadastr 
avtomatlashtirilgan axborot tizimi ma‘lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi va 
uni to‗g‗ri to‗ldirilishini nazorat qiladi; hisobga olish va baholash kadastr 
axborotlarini 
tizimlashtiradi, 
shakllantiradi 
va 
ularni 
kadastrining 
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi; kadastr axborotlariga bo‗lgan talabni 
muntazam 
ravishda 
o‗rganadi, 
kadastrni 
yuritish 
texnologiyasini 
takomillashtirishni 
ta‘minlaydi; 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
hududining 
kartografiya-geodeziya jihatidan o‗rganilganligi monitoringini yuritadi; kadastr 
ma‘lumotlarini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, jismoniy va yuridik 
shaxslarga taqdim etadi, ulardan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi; 
kadastr axborotlarini ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishni ta‘minlaydi; 
tizimlashtirilgan kadastr axborotlarining Davlat kadastrlari yagona tizimiga 
tezkorlik bilan berilishini amalga oshiradi. Geodeziya, topografiya va kartografiya 
ishlari materiallarining ro‗yxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini hamda 
iqtisodiy bahosini hisobga olish uchun asos hisoblanadi. 


120 
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri ob‘ektlarining barcha turlari 
boshlang‗ich ro‗yxatga kiritiladi, ularni yaratish uchun dastlab geodeziya, 
topografiya va kartografiya ishlari amalga oshiriladi, ilgari yaratilgan ob‘ektlar 
to‗g‗risidagi yangilangan ma‘lumotlar yoziladi. Bunda ilgari yo‗qolgan va qayta 
tiklangan geodeziya belgilari va reperlari, ishlarning bajaruvchilari to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlar, ularni bajarish muddatlari va qiymati ham yoziladi. Ro‗yxat natijalari 
bo‗yicha har qaysi ob‘ekt uchun pasport tuziladi. Kartografiya-geodeziya davlat 
kadastri ob‘ektlarini hisobga olish haritalar nomenklaturasi bo‗yicha, davlat 
geodeziya tarmoqlari klasslari va turlari bo‗yicha, shu jumladan ma‘muriy-hududiy 
bo‗linish bo‗yicha hamda aholi punktlari bo‗yicha alohida amalga oshiriladi.
Hujjatli rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish 
axborotlari reestr daftariga yoziladi va Kartografiya-geodeziya davlat kadastrining 
avtomatlashtirilgan axborotlar tizimiga kiritiladi. 
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri ob‘ektlari to‗g‗risidagi kadastr 
axborotlarining ishonchliligi uchun Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi javob 
beradi.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin