3.4. Energetika ob‟ektlari davlat kadastri
Energetika ob‘ektlari davlat kadastri ushbu ob‘ektlarni, geografik holati,
huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to‗g‗risidagi
yangilab boriladigan ishonchli ma‘lumotlar tizimidir.
Ushbu kadastr davlat kadastrlari
yagona
tizimining
tarkibiy
qismi
hisoblanadi va energetika ob‘ektlarini
hisobga olish va baholash maqsadida
yuritiladi.
Faoliyat
ko‗rsatayotgan
va
qurilayotgan gidro hamda issiqlik
elektr
stansiyalari,
o‗z
ichiga
yordamchi stansiyalarni oladigan elektr tarmoqlari, "O‗zbekenergo" davlat-
aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida jamlangan havo va yer osti kabel liniyalari
hamda O‗zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, texnologik jarayonning
109
yaxlitligi vositasida energiya tizimi bilan bog‗langan boshqa energiya ob‘ektlari
Energetika ob‘ektlari davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi.
"O‗zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Energetika ob‘ektlari davlat
kadastrini yuritish bo‗yicha vakolatli organ hisoblanadi. Kadastr davlat hokimiyati
va boshqaruv organlarini, "O‗zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasini,
manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni energetika ob‘ektlari to‗g‗risidagi
ishonchli kadastr ma‘lumotlari bilan ta‘minlash uchun mo‗ljallangan.
Quyidagilar Energetika ob‘ektlari davlat kadastrini yuritishning asosiy
prinsiplari hisoblanadi: O‗zbekiston Respublikasi energetika ob‘ektlarini to‗liq
qamrab olish; makon koordinatlarining yagona tizimini va yagona topografik
asosni qo‗llash; barcha ob‘ektlar bo‗yicha kadastr axborotlarini shakllantirish
metodologiyasining
yagonaligi;
kadastr
axborotlarining
ishonchliligi,
ko‗rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining ochiqligi.
Energetika ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish energetika ob‘ektlarini
xatlovdan o‗tkazish, hisobga olish, baholash bilan ta‘minlanadi hamda davlat yer
kadastri va bino va inshootlar davlat kadastri ma‘lumotlaridan majburiy
foydalanishni nazarda tutadi. Energetika ob‘ektlariga tegishli yer uchastkalari,
binolar va inshootlarga bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish vakolatli
organlar tomonidan, ko‗chmas mulkka bo‗lgan huquqlarni ro‗yxatdan o‗tkazish
uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Energetika ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish energetika ob‘ektlarining
barcha turlari ro‗yxatini, ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olishni,
ob‘ektlarni ekologik-iqtisodiy baholashni, shuningdek kadastr axborotlarini
to‗plash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilashni hamda ularni
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berishni o‗z
ichiga oladi.
Energetika ob‘ektlari ro‗yxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga
olish hamda ularni ekologik-iqtisodiy baholash uchun asos hisoblanadi. Energetika
ob‘ektlarining barcha turlari boshlang‗ich ro‗yxatga kiritiladi. Bunda asosiy
ko‗rsatkichlar
qayd
etiladi,
ushbu
ko‗rsatkichlarning
tarkibi
110
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi bilan kelishgan holda "O‗zbekenergo" davlat-
aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli normativ hujjatlar
bilan belgilanadi. Ro‗yxatga kiritish natijalari bo‗yicha har qaysi ob‘ekt uchun
pasport tuziladi. Energetika ob‘ektlari to‗g‗risidagi tizimlashtirilgan kadastr
axborotlari Davlat kadastrlari yagona tizimiga belgilangan tartibda beriladi.
Kadastrni yaratish va yuritish ishlarini moliyalashtirish "O‗zbekenergo" davlat-
aksiyadorlik kompaniyasi mablag‗lari hisobiga amalga oshiriladi.
Energetika ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish "O‗zbekenergo" davlat-
aksiyadorlik kompaniyasining quyidagi tarkibiy bo‗linmalari: "O‗zbekenergo"
davlat-aksiyadorlik kompaniyasining "O‗zenergosozlash" unitar korxonasi kadastr
xizmati; energetika ob‘ektlari kadastr xizmatlari - bo‗yicha bo‗linmalar tomonidan
amalga oshiriladi. Energetika ob‘ektlari davlat kadastrini yuritishni metodik
ta‘minlash "O‗zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan amalga
oshiriladi.
"O‗zenergosozlash"
unitar
korxonasi:
energetika
ob‘ektlari davlat
kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilishini va faoliyat
ko‗rsatishini ta‘minlaydi; ma‘lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni
energetika korxonalariga berishni amalga oshiradi, ma‘lumotlar bazasi
to‗ldirilishining to‗g‗riligini nazorat qiladi; energetika ob‘ektlari kadastr xizmatlari
xodimlarini energetika ob‘ektlari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot
tizimi bilan ishlashga o‗qitishni tashkil qiladi; energetika ob‘ektlari kadastr
xizmatlariga taqdim etilgan kadastr axborotlarini tizimlashtirishni va ularni
energetika ob‘ektlari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga
kiritishni amalga oshiradi; yangi energetika ob‘ektlari to‗g‗risidagi hisobga olish
va baholash axborotlari to‗planishini nazorat qiladi; kadastr axborotlarining Davlat
kadastrlari yagona tizimiga tezkorlik bilan berilishini amalga oshiradi; har yili,
belgilangan tartibda "O‗zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi energetika
ob‘ektlarining holati va ulardan foydalanilishi to‗g‗risidagi hisobotni Davlat
kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi.
111
Energetika ob‘ektlari kadastr xizmatlari: energetika ob‘ektlarining miqdor va
sifatini joriy o‗zgarishlarni, ularning atrof muhitga ta‘sirini, ekologik-iqtisodiy
bahosini to‗playdi va tizimlashtiradi; energetika ob‘ektlarining kadastr daftarlarini
yuritadi, ma‘lumotlar bazasini to‗ldiradi va ularni tizimlashtirish hamda davlat
kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun "O‗zbekenergo"
davlat-aksiyadorlik kompaniyasi vakolatli tashkilotining kadastr bo‗limiga beradi;
yangi energetika ob‘ektlarini ro‗yxatga qo‗yadi, ular to‗g‗risidagi hisobga olish va
baholash axborotlarini to‗playdi.
"O‗zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimidan tashqarida
faoliyat ko‗rsatuvchi energetika ob‘ektlari mulkdorlari foydalanuvchilari
"O‗zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kadastr xizmatiga kadastr
ob‘ektlarining jug‗rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdoriy tavsiflari va bahosi,
shuningdek ularning holatidagi joriy o‗zgarishlar to‗g‗risidagi axborotlarni taqdim
etishlari shart.
Energetika ob‘ektlari tavsiflaridagi keyingi o‗zgarishlar joriy hisobga olishda
qayd etiladi. Energetika ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish
ularni iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilari bo‗yicha klassifikatsiya qilishni
o‗z ichiga oladi, ularning tarkibi energetika ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish
bo‗yicha normativ hujjatlarda belgilanadi.
Hisobga olish axborotlari korxonaning kadastr daftariga yoziladi va
energetika ob‘ektlari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga
kiritiladi. Energetika ob‘ektlarini iqtisodiy baholash soliq solish, xususiylashtirish
va boshqa maqsadlar uchun har qaysi ob‘ekt qiymatini baholash uchun amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |