Avtomobil yo„llari davlat kadastrini yuritish:
1. "O‗zavtoyo‗l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimida va ulardan
tashqarida mavjud bo‗lgan avtomobil yo‗llari ob‘ektlari egalari foydalanuvchilar
kadastr axborotlarini avtomobil yo‗llari ob‘ektlari bo‗yicha hududiy shu‘ba yo‗l-
qurilish tashkilotlarining kadastr bo‗linmalariga taqdim etadilar.
2. Hududiy sho‘ba yo‗l-qurilish tashkilotlarining kadastr bo‗linmalari ushbu
ob‘ektlarning egalari va foydalanuvchilardan avtomobil yo‗llari ob‘ektlari
bo‗yicha kadastr axborotlarini to‗playdilar, o‗z hududlari doirasida kadastr ishini
shakllantiradilar, avtomobil yo‗llari ob‘ektlari bo‗yicha axborotni AYDKni
yuritish bo‗yicha vakolatli tashkilotga taqdim etadilar.
3. Vakolatli tashkilot avtomobil yo‗llari ob‘ekti bo‗yicha axborotlarni
AYDKga kiritgandan keyin kadastr axborotlarini "Davyergeodezkadastr"
qo‗mitasi DKYATning ma‘lumotlar bazasiga beradi.
4. AYDKni yuritish bo‗yicha vakolatli tashkilot so‗rov bo‗yicha DKYAT
ma‘lumotlar bazasidan avtomobil yo‗llari ob‘ektlari bo‗yicha axborot olishi
mumkin hamda zarur axborotni hududiy shu‘ba-yo‗l qurilish tashkilotlarining
kadastr bo‗linmalariga yuboradi.
5. DKYAT ma‘lumotlar bazasidan foydalanuvchilar so‗rov bo‗yicha
avtomobil yo‗llari ob‘ektlari bo‗yicha kadastr axborotlarini olishlari mumkin.
Mustaqil o‟rganish uchun savollar:
1.Avtomobil yo‗llari davlat kadastrini yuritishdan maqsad?
2.Avtomobil yo‗llari davlat kadastri ob‘ekti?
3.Avtomobil yo‗llari davlat kadastrni yuritishning asosiy prinsiplari ?
4. Avtomobil yo‗llari davlat kadastri qaysi vakolatli organlar tomonidan
yuritiladi?
5. Avtomobil yo‗llari davlat kadastrining qanday axborotlari DKYT
ma'lumotlar bazasiga taqdim etiladi?
98
3.2. Temir yo„llar davlat kadastri
Temir yo‗llari davlat kadastri - temir yo‗llar ob‘ektlari, ularning jug‗rofiy
holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash
to‗g‗risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi.
Kadastr
Davlat
kadastrlari
yagona tizimining tarkibiy qismi
hisoblanadi
va
temir
yo‗llar
ob‘ektlarini hisobga olish, ular
holatini
baholash
maqsadida
yuritiladi.
Mavjud bo‗lgan va qurilayotgan
temir yo‗llar, stansiyalar hamda
O‗zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo‗llarning boshqa ob‘ektlari
Temir yo‗llari davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi. "O‗zbekiston temir yo‗llari"
davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Temir yo‗llari davlat kadastrini yuritish bo‗yicha
vakolatli organ hisoblanadi. Bu kadastr davlat hokimiyati va boshqaruv
organlarini, "O‗zbekiston temir yo‗llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasini,
manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni temir yo‗l ob‘ektlari to‗g‗risidagi
ishonchli kadastr axborotlari bilan ta‘minlash uchun mo‗ljallangan.
Quyidagilar Temir yo‗llari davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari
hisoblanadi: O‗zbekiston Respublikasi butun hududining temir yo‗l ob‘ektlarini
to‗liq qamrab olish; makon koordinatlarining yagona tizimini va yagona
topografiya asoslarini qo‗llash; barcha ob‘ektlar bo‗yicha kadastr axborotlarini
shakllantirishning yagona metodologiyasi; kadastr axborotlarining ishonchliligi,
ko‗rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining ochiqligi.
Temir yo‗llari davlat kadastrini yuritish temir yo‗l ob‘ektlarini xatlash,
hisobga olish, baholash bilan ta‘minlanadi hamda davlat yer kadastri, binolar va
inshootlar davlat kadastri axborotlaridan majburiy foydalanilishini nazarda tutadi.
99
Temir yo‗l ob‘ektlariga tegishli bo‗lgan yer uchastkalari, binolar va
inshootlarga bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish uchun belgilangan
tartibda vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Temir yo‗l ob‘ektlariga tegishli bo‗lgan, davlat yer kadastridan Temir yo‗llari
davlat kadastriga berilayotgan yer uchastkalari bo‗yicha yerning tarkibi yer
uchastkalariga bo‗lgan huquq davlat ro‗yxatidan o‗tkazilganligi (shu jumladan
yerdan foydalanishda servitutlarda belgilangan mavjud cheklashlar va taqiqlar
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar), yerning miqdori va sifati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar
bo‗lishi kerak.
Bino va inshootlar davlat kadastridan temir yo‗l ob‘ektlariga tegishli bo‗lgan
binolar va inshootlar to‗g‗risidagi beriladigan kadastr axborotlarida ulardan
maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat ro‗yxatidan o‗tkazilishi, asosiy
miqdor va sifat tavsiflari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bo‗lishi kerak. Temir yo‗l
ob‘ektlari to‗g‗risidagi tizimlashtirilgan kadastr axboroti Davlat kadastrlari yagona
tizimiga belgilangan tartibda beriladi.
Temir yo‗llari davlat kadastrini yaratish va yuritish ishlarini moliyalashtirish
"O‗zbekiston temir yo‗llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi mablag‗lari hisobiga
amalga oshiriladi.
Kadastr
yuritishni
"O‗zbekiston temir yo‗llari" davlat-aksiyadorlik
kompaniyasining quyidagi tarkibiy bo‗linmalari ta‘minlaydi: "O‗zbekiston temir
yo‗llari"
davlat-aksiyadorlik
kompaniyasining
Strategik
rivojlanish
boshqarmasining temir yo‗llar davlat kadastri bo‗limi; temir yo‗l korxonalarining
kadastr bo‗linmalari. Kadastrini yuritish bo‗yicha ishlarga umumiy rahbarlik
qilishni "O‗zbekiston temir yo‗llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining bosh
menejeri - bosh muhandisi amalga oshiradi. Temir yo‗llari davlat kadastrini
yuritishni metodik ta‘minlashni "O‗zbekiston temir yo‗llari" davlat-aksiyadorlik
kompaniyasi amalga oshiradi.
Temir yo‗llar davlat kadastri bo‗limi quyidagilarni ta‘minlaydi: temir yo‗llar
davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilishi va mavjud
bo‗lishini; ma‘lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqish, uni temir yo‗l
100
korxonalariga berish, ma‘lumotlar bazasi to‗g‗ri to‗ldirilishi ustidan nazorat
qilishni; korxonalarning kadastr bilan shug‗ullanadigan xodimlarini temir yo‗llar
davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o‗qitishni;
korxonalar tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotini tizimlashtirish va uni temir
yo‗llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishni; temir
yo‗llarning yangi ob‘ektlari to‗g‗risidagi hisobga olish va baholash ma‘lumotlari
to‗planishi ustidan nazorat qilishni; kadastr axborotlari Davlat kadastrlari yagona
tizimiga tezkor berilishini amalga oshirishni; har yili belgilangan tartibda Davlat
kadastrlari yagona tizimiga "O‗zbekiston temir yo‗llari" davlat-aksiyadorlik
kompaniyasining temir yo‗l ob‘ektlarining holati va ulardan foydalanish
to‗g‗risidagi hisobotni taqdim etishni.
Temir yo‗l korxonalarining kadastr bo‗linmalari: temir yo‗l ob‘ektlarini
miqdor va sifat holatidagi joriy o‗zgarishlar, ularning atrof muhitga ta‘siri,
ekologik-iqtisodiy baholash to‗g‗risidagi axborotlarni to‗playdi va tizimlashtiradi;
temir yo‗l ob‘ektlari kadastr daftarlarini yuritadi, ma‘lumotlar bazasini to‗ldiradi
va ularni tizimlashtirish va temir yo‗llar davlat kadastrining avtomatlashtirilgan
axborot tizimiga kiritish uchun Temir yo‗llari davlat kadastri bo‗limiga beradi;
temir yo‗llar yangi ob‘ektlarini hisobga qo‗yadi, ular to‗g‗risidagi hisobga olish va
baholash ma‘lumotlarini to‗playdi. "O‗zbekiston temir yo‗llari" davlat-aksiyadorlik
kompaniyasi tizimidan tashqarida mavjud bo‗lgan temir yo‗l ob‘ektlarining egalari
foydalanuvchilar kompaniyani kadastr xizmatiga kadastr ob‘ektlarining jug‗rofiy
holati, huquqiy maqomi, miqdor tavsiflari va baholanishi, shuningdek ular
holatining joriy o‗zgarishlari to‗g‗risidagi axborotni taqdim etishi shart.
Temir yo‗llari davlat kadastrini yuritish temir yo‗l ob‘ektlarining barcha
turlarini ro‗yxatdan o‗tkazishdan, ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga
olishdan, ob‘ektlarni ekologik-iqtisodiy baholashdan, shuningdek kadastr
axborotlarini to‗plash, tahlil qilish, tizimlashtirish, saqlash, yangilashdan va uni
qonunda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga taqdim etishdan
iboratdir.
101
Temir yo‗l ob‘ektlarining barcha turlari birlamchi ro‗yxatga olinishi kerak.
Bunda asosiy ko‗rsatkichlar qayd etiladi. Asosiy ko‗rsatkichlarning tarkibi
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi bilan kelishuv bo‗yicha "O‗zbekiston temir
yo‗llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli
normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Ro‗yxatga olish natijalari bo‗yicha har bir
ob‘ektga pasport tuziladi.
Miqdor va sifat tavsiflarining asosiy hisobga olinishi hisobga qo‗yish paytida
foydalanishga topshirilgan va mavjud bo‗lgan temir yo‗llarning har bir ob‘ekti
bo‗yicha amalga oshiriladi. Temir yo‗l ob‘ektlari tavsiflarida yuz beradigan
bundan keyingi o‗zgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
Temir yo‗l ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobga qo‗yilishi ularning
iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilar bo‗yicha tasniflanishini o‗z ichiga oladi,
ularning tarkibi temir yo‗llar davlat kadastrini yuritish bo‗yicha normativ hujjatlar
bilan belgilanadi. Temir yo‗l ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga
olish uchun "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi bilan kelishuv bo‗yicha
"O‗zbekiston temir yo‗llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan texnik
parametrlar va kadastr axborotlarini taqdim etish formatlari ishlab chiqiladi.
Hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga
olish axboroti korxonaning kadastr daftariga yoziladi va temir yo‗llar davlat
kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
Temir yo‗l ob‘ektlarini iqtisodiy baholash har bir ob‘ektning qiymatini
belgilash, soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun o‗tkaziladi.
Temir yo‗l ob‘ektlarini iqtisodiy baholash o‗ziga xos hisobga olingan holda qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Temir yo‗l ob‘ektlari
to‗g‗risidagi kadastr axborotining ishonchliligi uchun "O‗zbekiston temir yo‗llari"
davlat-aksiyadorlik kompaniyasining Temir yo‗llari davlat kadastrini yurituvchi
tarkibiy bo‗linmalari rahbarlari javob beradilar.
Dostları ilə paylaş: |