Davlat kadastrlari


Mustaqil o‟rganish uchun savollar



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94
ДКА ох2018

Mustaqil o‟rganish uchun savollar: 
1.
Madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastrini yuritishdan maqsad?
 
2.
Madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastrining ob‘ekti?
 
3.
Davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari qaysilar?
 
4.
Davlat kadastrlari yagona tizimiga ma‘lumotlar bazasiga kiritish uchun 
qanday axborotlar taqdim etiladi?
 
5.
Madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri kim tomonidan yuritiladi?
 
 


85 
2.4.
 
Davlat shaharsozlik kadastri 
Davlat shaharsozlik kadastri - ushbu kadastr ob‘ektlari, ularning geografik 
holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi 
to‗g‗risidagi yangilab boriladigan ishonchli ma‘lumotlar tizimidir. 
Davlat shaharsozlik kadastri Davlat 
kadastrlari yagona tizimining tarkibiy 
qismi hisoblanadi va shaharlar, aholi 
punktlari hamda qishloqlar orasidagi 
hududlarni 
rivojlantirishni, 
ular 
to‗g‗risidagi 
shaharsozlik 
hujjatlari 
talablariga rioya qilish asosida hayotiy 
faoliyatning qulay muhitini, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalari 
faoliyatini muvofiqlashtirishni axborotlar bilan ta‘minlash maqsadida yuritiladi. 
Shaharsozlik faoliyati amalga oshiriladigan aholi punktlari, qishloqlar va ular 
orasidagi qismlari Davlat shaharsozlik kadastrining ob‘ektlari hisoblanadi. 
Shaharsozlik faoliyati deyilganda davlat organlari, yuridik va jismoniy 
shaxslarnishahar va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan 
rejalashtirish faoliyati, yer uchaskalaridan foydalanish turlarini belgilash, 
fuqarolar, jamoatchilik va davlat manfaatlarini, shuningdek hududlar va aholi 
punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy xususiyatlarini hisobga 
olgan moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, binolar, inshootlar va boshqa 
ob‘ektlarni loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish tushuniladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo‗mitasi (keyingi 
o‗rinlarda "Davarxitektqurilish" qo‗mitasi deb yuritiladi) Davlat shaharsozlik 
kadastrini yuritish bo‗yicha vakolatli organ hisoblanadi. 
Davlat shaharsozlik kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, 
manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni kadastr ob‘ektlari to‗g‗risidagi ishonchli 
ma‘lumotlar bilan ta‘minlash uchun mo‗ljallangan. 
Quyidagilar Davlat shaharsozlik kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari 
hisoblanadi: O‗zbekiston Respublikasining butun hududini to‗liq qamrab olish; 


86 
makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografik asosni qo‗llash; kadastr 
axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi; kadastr axborotlarining 
ishonchliligi, ko‗rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish qulayligi. 
Hududlardan foydalanilish, foydalanish shartlari, shaharsozlik qoidalari va 
hududda amal qiladigan shaharsozlik reglamentlari to‗g‗risidagi ishonchli 
ma‘lumotlar Davlat shaharsozlik kadastrining asosini tashkil qiladi. 
Shaharsozlik reglamenti deyilganda aholi punktlari va hududlarni qurish 
qoidalari bilan belgilangan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer 
uchaskalaridan hamda aholi punktlari va qishloqlar orasidagi hududlarning 
ko‗chmas mulki boshqa ob‘ektlaridan foydalanish parametrlari va turlari yig‗indisi 
tushuniladi. 
Davlat shaharsozlik kadastri material va ma‘lumotlari quyidagilardan iborat 
bo‗ladi: topografiya-geodeziya va kartografiya materiallari; hududlarning ekologik, 
muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik holati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; 
muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlari, shuningdek 
hududlarning obodonlashtirilganligi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; hududlarni, aholi 
punktlarini rivojlantirishni va ularni qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; hududlarni zondlash va hududiy zonalarning 
shaharsozlik reglamentlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; uy-joy fondining texnik 
holati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; shaharsozlik faoliyati ob‘ektlari monitoringi 
ma‘lumotlari. 
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish hududiy arxitektura va qurilish hamda 
mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan kadastr ob‘ektlari 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni majburiy ravishda tekin berishni nazarda tutadi. 
Kadastr hujjatlari Davlat shaharsozlik kadastri ob‘ektlari to‗g‗risidagi 
huquqiy, iqtisodiy, texnik va rejalashtirish ma‘lumotlarining boshlang‗ich manbai 
sifatida qabul qilinadi va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda barcha davlat 
boshqaruvi organlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy kuchga 
ega bo‗ladi. 


87 
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish qog‗oz vayoki elektron manbalarda 
amalga oshirilib kadastr ob‘ektlari to‗g‗risidagi tizimlashtirilgan axborotlar 
belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga beriladi.
Ushbu kadastrni yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat byudjeti hisobiga 
amalga oshiriladi. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish "Davarxitektqurilish" 
qo‗mitasining quyidagi tarkibiy bo‗linmalari tomonidan amalga oshiriladi: 
"Davarxitektqurilish" qo‗mitasining vakolatli tashkiloti; hududiy arxitektura va 
qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli idoralari.
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik va metodik 
ta‘minlash "Davarxitektqurilish" qo‗mitasi tomonidan amalga oshiriladi. 
"Davarxitektqurilish" qo‗mitasining vakolatli tashkiloti: Davlat shaharsozlik 
kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni va uning faoliyatini 
ta‘minlaydi; ma‘lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni hududiy arxitektura 
va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli bo‗linmalariga berishni amalga 
oshiradi, ma‘lumotlar bazasining to‗g‗ri to‗ldirilishini nazorat qiladi; hududiy 
arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli bo‗linmalari xodimlarini 
Davlat shaharsozlik kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga 
o‗qitishni tashkil qiladi; hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari 
tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotlarini tizimlashtirishni va kadastrining 
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishni amalga oshiradi; Kadastrni yangi 
ob‘ektlari to‗g‗risidagi hisobga olish va baholash axborotlarini nazorat qiladi
kadastr axborotlarini Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkorlik bilan berishni 
amalga oshiradi; Kadastr ob‘ektlarining holati va ulardan foydalanish to‗g‗risidagi 
hisobotni Davlat kadastrlari yagona tizimiga har yili belgilangan tartibda taqdim 
etadi. 
Hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli 
bo‗linmalari: Kadastr ob‘ektlarining miqdor va sifat holatidagi joriy o‗zgarishlarni 
to‗playdi va tizimlashtiradi; Davlat shaharsozlik kadastri ob‘ektlarining kadastr 
daftarlarini yuritadi, ma‘lumotlar bazasini to‗ldiradi va ularni tizimlashtirish hamda 
Davlat shaharsozlik kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish 


88 
uchun "Davarxitektqurilish" qo‗mitasi vakolatli tashkilotiga beradi; Davlat 
shaharsozlik kadastri yangi ob‘ektlarini hisobga qo‗yadi, ular to‗g‗risidagi hisobga 
olish va baholash axborotlarini to‗playdi. 
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish kadastr ob‘ektlari barcha turlarini 
ro‗yxatga olishni, ularning miqdor va sifat tavsiflarini, iqtisodiy bahosini hisobga 
olishni, shuningdek kadastr axborotlarini to‗plash, tahlil qilish, ishlash, 
tizimlashtirish, saqlash, yangilash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
manfaatdor foydalanuvchilarga berishni o‗z ichiga oladi. 
Davlat shaharsozlik kadastri ob‘ektlarining barcha turlari boshlang‗ich 
ro‗yxatga kiritilishi kerak. Bunda asosiy ko‗rsatkichlar qayd etiladi, ularning 
tarkibi 
"Davarxitektqurilish" 
qo‗mitasi tomonidan "Davyergeodezkadastr" 
qo‗mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan tegishli normativ hujjatlar bilan 
belgilanadi. Ro‗yxat natijalari bo‗yicha har bir ob‘ekt uchun pasport tuziladi. 
Miqdor va sifat tavsiflarining asosiy hisobi Davlat shaharsozlik kadastrining 
hisobga qo‗yish vaqtida belgilangan tartibda tasdiqlangan har bir ob‘ekti bo‗yicha 
amalga oshiriladi.
Kadastr ob‘ektlarining tavsiflarida kelgusida bo‗ladigan o‗zgarishlar joriy 
hisobga olishda qayd etiladi. Ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobi 
ularning iqtisodiy, shaharsozlik va ekologik belgilari bo‗yicha tasnifini o‗z ichiga 
oladi, ularning tarkibi kadastrni yuritish normativ hujjatlarida belgilanadi. 
Davlat shaharsozlik kadastri ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini 
hisobga 
olish 
uchun 
"Davarxitektqurilish" 
qo‗mitasi 
tomonidan 
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi bilan kelishgan holda kadastr axborotlarini 
taqdim etishning texnik parametrlari va formatlari ishlab chiqiladi. 
Hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan 
hisobga olish axborotlari kadastr daftariga yoziladi va Davlat shaharsozlik 
kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi. 
Davlat shaharsozlik kadastri ob‘ektlarini iqtisodiy baholash ularning o‗ziga 
xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 


89 
soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har bir ob‘ektning 
qiymatini aniqlash orqali amalga oshiriladi. 
Davlat shaharsozlik kadastri ob‘ektlari to‗g‗risidagi kadastr axborotlarining 
ishonchliligi uchun Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi "Davarxitektqurilish" 
qo‗mitasi vakolatli tashkilotlari va hududiy arxitektura va qurilish bosh 
boshqarmalari vakolatli bo‗linmalarining rahbarlari javob beradilar. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin