Davlat kadastrlari


Madaniy meros ob‟ektlari davlat kadastrini yuritish tartibi



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   94
ДКА ох2018

Madaniy meros ob‟ektlari davlat kadastrini yuritish tartibi:
1. Mintaqaviy davlat inspeksiyalari joylardagi davlat hokimiyati organlari
yuridik va jismoniy shaxslar takliflari asosida yoxud ular bilan kelishgan holda 
madaniy meros ob‘ektlarini Davlat kadastriga kiritish to‗g‗risida takliflar 
tayorlaydilar, madaniy meros ob‘ektlari to‗g‗risidagi zarur ma‘lumotlarni 
to‗playdilar. 
2. Madaniy meros ob‘ektlarini Davlat kadastriga kiritish to‗g‗risidagi takliflar 
zarur materiallar bilan birgalikda Madaniyat va sport ishlari vazirligining Madaniy 
meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish 
bosh boshqarmasiga yuboriladi.
3. Tarixiy-madaniy ekspertiza natijalariga ko‗ra Ilmiy-metodik kengash 
ob‘ektni Davlat kadastriga kiritishning maqsadga muvofiqligi to‗g‗risida tegishli 
xulosa taqdim etadi. 
4. Madaniyat va sport ishlari vazirligiga ob‘ektni Davlat kadastriga kiritish 
to‗g‗risida taklif kiritadi.


81 
5. Madaniyat va sport ishlari vazirligi ob‘ektni Davlat kadastriga kiritish 
to‗g‗risida tegishli buyruq chiqaradi.
6. Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyrug‗i asosida Madaniy meros 
ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh 
boshqarmasi ob‘ektni Davlat kadastriga kiritadi.
7. Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-
ishlab chiqarish bosh boshqarmasi ob‘ektni Davlat kadastriga kiritgandan so‗ng 
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasiga O‗zbekiston Respublikasi davlat kadastrlari 
yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot beradi.
8. Buyruq chiqarilgan vaqtdan boshlab o‗n kun mobaynida Davlat kadastriga 
kiritilgan madaniy meros ob‘ektiga Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va 
ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi tomonidan madaniy 
meros pasporti rasmiylashtiriladi. Madaniy meros pasporti rasmiylashtirilgandan 
keyin besh kundan kechiktirmay tegishli mintaqaviy inspeksiyaga yuboriladi. 
9. Mintaqaviy inspeksiyalar besh kun mobaynida tegishli ravishda madaniy 
meros ob‘ekti egasini (yuridik yoki jismoniy shaxsni) yoxud joylardagi davlat 
hokimiyati organini madaniy meros ob‘ekti davlat kadastriga kiritilganligi 
to‗g‗risida xabardor qiladi va ularga madaniy meros ob‘ekti pasportini beradi. 
10. Mintaqaviy davlat inspeksiyalari va joylardagi davlat hokimiyati organlari 
Davlat kadastriga kiritilgan madaniy meros ob‘ektining holati nazorat qilinishini 
ta‘minlaydilar. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin