Davlat kadastrlari


Temir yo„llari davlat kadastrini yuritish



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   94
ДКА ох2018

Temir yo„llari davlat kadastrini yuritish:
1. "O‗zbekiston temir yo‗llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimida va 
undan tashqarida mavjud bo‗lgan temir yo‗l ob‘ektlari egalari foydalanuvchilari 


102 
ob‘ektlari bo‗yicha kadastr axborotlarini temir yo‗l korxonalarining kadastr 
bo‗linmalariga taqdim etadilar. 
2. Ushbu kadastr bo‗linmalari ob‘ektlarning egalari va foydalanuvchilardan 
temir yo‗l ob‘ektlari bo‗yicha kadastr axborotlarini to‗playdilar, o‗z hududlari 
doirasida kadastr ishini shakllantiradilar, temir yo‗l ob‘ektlari bo‗yicha axborotni 
Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yo‗llar davlat kadastri bo‗limiga 
taqdim etadilar. 
3. Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yo‗llar davlat kadastri bo‗limi 
temir yo‗l ob‘ekti TYDKga kiritilgandan keyin kadastr axborotlarini 
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi DKYATning ma‘lumotlar bazasiga beradi. 
4. Strategik rivojlanish boshqarmasining temir yo‗llar davlat kadastri bo‗limi 
so‗rov bo‗yicha "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasining DKYAT ma‘lumotlar 
bazasidan temir yo‗l ob‘ektlari bo‗yicha axborot olishi mumkin. 
5. DKYATdan foydalanuvchilar so‗rov bo‗yicha temir yo‗l ob‘ektlari 
bo‗yicha kadastr axborotlarini olishlari mumkin. 
Mustaqil o‟rganish uchun savollar: 
1.Temir 
yo‗llari davlat kadastrini yuritishdan maqsad? 
2.Temir yo‗llari davlat kadastrining
ob’ekti? 
3.Temir yo‘llari davlat kadastrni yuritishning asosiy prinsiplari ? 
4. Temir yo‘llari davlat kadastri
qaysi vakolatli organlar tomonidan yuritiladi?
5. Temir yo‘llari davlat kadastrining qanday axborotlari DKYT ma'lumotlar 
bazasiga taqdim etiladi?
3.3. Aloqa ob‟ektlari davlat kadastri 
Aloqa 
ob‘ektlari 
davlat 
kadastri 
ob‘ektlarni, 
geografik 
holati, 
huquqiy 
maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda 
iqtisodiy 
bahosi 
to‗g‗risidagi yangilab 
boriladigan ishonchli ma‘lumotlar tizimidir. 
U davlat kadastrlari yagona tizimining 


103 
tarkibiy qismi hisoblanadi va O‗zbekiston Respublikasining barcha hududidagi 
aloqa ob‘ektlarini hisobga olish va baholash maqsadida yuritiladi.
Quyidagilar Aloqa ob‘ektlari davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi: xalqaro, 
shaharlararo, viloyat va tuman ahamiyatiga ega bo‗lgan telefon-telegraf 
stansiyalari, shu jumladan turg‗un aloqa asbob-uskunalari va magistral liniyalari; 
aloqaning tarmoq uzellari; shahar aloqa telefon uzellari, shu jumladan stansiyalari 
va chiziqli inshootlari; tuman telekommunikatsiya uzellari, shu jumladan stansiya 
asbob-uskunalari, hududiy va qishloq chiziqli inshootlari; aloqa radiorele chiziqlari 
stansiya va inshootlari; yo‗ldoshli aloqa stansiyalari; qabul qilish-uzatish 
radiostansiyalari; ko‗chma ob‘ektlarga ega bo‗lgan quruqlikdagi radioaloqa 
stansiyalari 
(shaxsan 
radiochaqiruv, 
radial 
tizimlar, 
uyali 
telefonlar); 
radiotelevizion stansiyalar va rentranslyatorlar; simli eshittirish stansiyalari va 
tarmoqlari; pochta va maxsus aloqa ob‘ektlari. 
O‗zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligi Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish bo‗yicha vakolatli 
organ hisoblanadi. 
Kadastr davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, O‗zbekiston 
Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligi, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni aloqa ob‘ektlari to‗g‗risidagi 
ishonchli kadastr ma‘lumotlari bilan ta‘minlash uchun mo‗ljallangan. 
Quyidagilar Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari 
hisoblanadi: O‗zbekiston Respublikasi hududidagi barcha aloqa ob‘ektlarini 
qamrab olish; makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografik asosni 
qo‗llanish; barcha ob‘ektlar bo‗yicha kadastr axborotlarini shakllantirish 
metodologiyasining 
yagonaligi; 
kadastr 
axborotlarining 
ishonchliligi, 
ko‗rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining ochiqligi. 
Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish bu ob‘ektlarni ro‗yxatdan 
o‗tkazishni ta‘minlaydi, yer kadastri hamda bino va inshootlar davlat kadastrlari 
ma‘lumotlaridan majburiy foydalanishni nazarda tutadi. 


104 
Aloqa ob‘ektlariga tegishli yer uchastkalari, bino va inshootlarga bo‗lgan 
huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish vakolatli organlar tomonidan belgilangan 
tartibda amalga oshiriladi. 
Aloqa ob‘ektlari to‗g‗risidagi tizimlashtirilgan kadastr axborotlari Davlat 
kadastrlari yagona tizimiga belgilangan tartibda, geoaxborot tizimining tugallangan 
loyihasi tarzida beriladi. Ma‘lumotlar elektron-raqamli bazalarining texnik 
parametrlari (klassifikatorlar, shartli belgilar va boshqalar) "Davyergeodezkadastr"
qo‗mitasi bilan kelishishi kerak. 
Aloqa 
ob‘ektlari davlat kadastrini yaratish va yuritish ishlarini 
moliyalashtirish 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi apparati ta‘minoti uchun smetada 
nazarda tutilgan mablag‗lar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa 
manbalar hisobiga amalga oshiriladi. 
Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish O‗zbekiston Respublikasi axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining quyidagi 
tarkibiy bo‗linmalari hamda vakolatli shaxslari tomonidan amalga oshiriladi: 
Vazirlikni ilmiy-texnika va marketing tadqiqotlari markazi tarkibidagi Aloqa 
ob‘ektlari davlat kadastri xizmati; 
Vazirlik tizimida faoliyat ko‗rsatadigan mulkdorlar yoki aloqa ob‘ektlariga 
boshqa huquqlar egalarining kadastr xizmatlari. 
O‗zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalariva kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligi Aloqa ob‘ektlari davlat kadastri xizmati: kadastr xizmatlari 
(vakolatli shaxslar) ishlarini muvofiqlashtiradi; tushayotgan axborotlar sifatini 
nazorat qiladi, ularning ishonchliligi va Aloqa ob‘ektlarining geoaxborot tizimiga 
kiritilishi uchun javob beradi; kadastr axborotlarining va sifatiga talabni muntazam 
ravishda o‗rganadi, kadastr yuritish texnologiyasining takomillashtirilishini 
ta‘minlaydi; aloqa ob‘ektlarining geoaxborot tizimini joriy etadi va uning faoliyat 
ko‗rsatishini ta‘minlaydi; kadastr xizmatlari aloqa ob‘ektlarini mavjudligi, miqdori 
va sifati, bahosi va ulardan foydalanish to‗g‗risidagi hisobotlarini o‗rganadi, tahlil 
qiladi va umumlashtiradi; O‗zbekiston Respublikasi hududida aloqa ob‘ektlarining 


105 
joylashish haritasini tuzishni ta‘minlaydi; manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan kadastr axborotlaridan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi; 
Davlat kadastrlari yagona tizimiga zarur kadastr axborotlarining tezkorlik bilan 
taqdim 
etilishini 
amalga 
oshiradi; 
har 
yili, 
belgilangan 
tartibda 
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasiga Davlat kadastrlari yagona tizimi ma‘lumotlar 
bazasiga kiritish uchun aloqa ob‘ektlarining holati va ulardan foydalanilishi 
to‗g‗risidagi hisobotni taqdim etadi. 
Mulkdorlar va aloqa kadastr ob‘ektlariga boshqa huquqlar egalarining kadastr 
xizmatlari: 
tasarrufidagi 
bo‗linmalar vakolatli shaxslarining faoliyatini 
muvofiqlashtiradi; tasarrufidagi bo‗linmalar vakolatli shaxslarining hisobotlarini 
tizimlashtiradi va umumlashtiradi; Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahri darajasida kadastr axborotlarini shakllantiradi; har yili 1 
martgacha O‗zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Aloqa ob‘ektlari davlat 
kadastri xizmatiga taqdim etish uchun tasarrufidagi aloqa ob‘ektlarining holati, 
bahosi, ulardan foydalanilishi to‗g‗risidagi yig‗ma hisobotlarni tuzadi. 
Tasarrufdagi bo‗linmalarning vakolatli shaxslari dastlabki bosqichda: yangi 
aloqa ob‘ektlarini hisobga qo‗yadi, ular to‗g‗risidagi hisobga olish va baholash 
axborotlarini yig‗adi; aloqa ob‘ektlarining kadastr daftarlarini yuritadi; aloqa 
ob‘ektlarining kadastr rejalari (haritalari, sxemalari)ni tuzadi va ularga tuzatishlar 
kiritadi; aloqa ob‘ektlarining miqdori va sifatidagi joriy o‗zgarishlar, ularning 
qiymat bahosi, atrof muhitga ta‘siri to‗g‗risidagi axborotlarni to‗playdi hamda 
ularni kadastr daftarlari, rejalari (haritalari, sxemalari)ga kiritadi; har yili 15 
fevralgacha mulkdorlar va aloqa kadastr ob‘ektlariga boshqa huquqlar egalarining 
kadastr xizmatlariga aloqa ob‘ektlarining holati va bahosi to‗g‗risidagi hisobotni 
taqdim etadi. 
O‗zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tizimidan tashqarida faoliyat 
ko‗rsatuvchi aloqa ob‘ektlari mulkdorlari foydalanuvchilari vazirlik Aloqa 
ob‘ektlari davlat kadastri xizmatiga kadastr ob‘ektlarining geografik holati, 
huquqiy maqomi, miqdoriy tavsiflari va bahosi, shuningdek ularning holatidagi 
joriy o‗zgarishlar to‗g‗risidagi axborotlarni taqdim etishlari shart. 


106 
Aloqa ob‘ektlari bu ob‘ektlarining barcha turlari ro‗yxatini, ularning miqdor 
va sifat tavsiflarini hisobga olishni, iqtisodiy baholashni, shuningdek kadastr 
axborotlarini to‗plash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilashni 
hamda 
ularni 
qonun 
hujjatlarida 
belgilangan 
tartibda 
manfaatdor 
foydalanuvchilarga berishni o‗z ichiga oladi. 
Aloqa ob‘ektlari bo‗lmish shaharlararo aloqaning chiziqli inshootlari uchun 
yerlar faqat qurilish davrida ajratiladi. Aloqaning chiziqli inshootlaridan 
foydalanish jarayonida yerlardan foydalanish tartibi O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 maydagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan 
Telekommunikatsiyalar liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari, 
boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. 
Aloqa ob‘ektlari ro‗yxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish 
hamda ekologik-iqtisodiy baholash uchun asos hisoblanadi. Aloqa ob‘ektlarining 
barcha turlari boshlang‗ich ro‗yxatga kiritiladi. Bunda asosiy ko‗rsatkichlar qayd 
etiladi, ushbu ko‗rsatkichlarning tarkibi "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi bilan 
kelishgan holda O‗zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 
tasdiqlanadigan tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Ro‗yxatga kiritish 
natijalari bo‗yicha har qaysi ob‘ekt uchun pasport tuziladi. 
Miqdor va sifat tavsiflarini asosiy hisobga olish vaqtida foydalanishga 
topshirilgan va faoliyat ko‗rsatayotgan (sanoat maqsadida ishlatilayotgan) har 
qaysi aloqa ob‘ekti bo‗yicha amalga oshiriladi,keyingi o‗zgarishlar joriy hisobga 
olishda qayd etiladi. 
Aloqa ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish ularning 
iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilari bo‗yicha klassifikatsiya qilishni o‗z 
ichiga oladi, ushbu belgilar tarkibi aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish 
bo‗yicha normativ hujjatlarda belgilanadi. 
Aloqa ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun 
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi bilan kelishgan holda kadastr axborotlarini 
taqdim etishning texnik parametrlari va hajmlari ishlab chiqiladi. Aloqa 
ob‘ektlarini iqtisodiy baholash ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda, qonun 


107 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi va soliq solish, xususiylashtirish 
va boshqa maqsadlar uchun har qaysi ob‘ekt qiymatini baholash uchun amalga 
oshiriladi. 
Har qaysi aloqa ob‘ekti bo‗yicha baholash kadastr ko‗rsatkichlari tizimi 
quyidagi natural (aloqa ob‘ektining har qaysi turi uchun xos bo‗lgan) va qiymat 
ko‗rsatkichlari yig‗indisini o‗z ichiga oladi: ob‘ekt quvvati; smeta qiymati; balans 
qiymati; ishlovchilarning son tarkibi; ekologik ko‗rsatkichlar; mazkur aloqa 
turining xizmatlar bilan ta‘minlanganligi; shovqin, radiatsiya va elektromagnit 
ta‘siri; atmosfera havosi, yer, suvning ifloslanishi; ob‘ektning texnik holati; asosiy 
asbob-uskunalar va ularning texnik hamda ma‘naviy eskirganligi. 
Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish zimmasiga yuklangan vakolatli 
mansabdor shaxslar kadastr axborotlarining ishonchliligi va ularning Davlat 
kadastrlari yagona tizimiga o‗z vaqtida taqdim etilishi uchun javobgar xisoblanadi. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin