Davlat kadastrlari


-BOB. CHIZIQLI INSHOOTLAR KADASTRLARI GURUHIGA



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   94
ДКА ох2018

3-BOB. CHIZIQLI INSHOOTLAR KADASTRLARI GURUHIGA 
KIRUVCHI DAVLAT KADASTRLARI VA ULARNI YURITISH 
XUSUSIYATLARI 
3.1. Avtomobil yo‗llari davlat kadastri; 
3.2. Temir yo‗llar davlat kadastri; 
3.3. Aloqa ob‘ektlari davlat kadastri; 
3.4. Energetika ob‘ektlari davlat kadastri; 
3.5. Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri; 
3.6. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri. 
3.1. Avtomobil yo„llari davlat kadastri 
Avtomobil yo‗llari davlat kadastri - avtomobil yo‗llari ob‘ektlarini, 
geografikholati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash 
to‗g‗risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi. 
Ushbu 
kadastr 
Davlat 
kadastrlari 
yagona 
tizimining 
tarkibiy 
qismi 
hisoblanadi 
va 
avtomobil 
yo‗llari 
ob‘ektlarini hisobga olish hamda ularning 
holatini baholash maqsadida yuritiladi. 
Mavjud 
bo‗lgan va qurilayotgan 
avtomobil yo‗llari, ulardan inshootlar hamda 
hududlarda joylashgan avtomobil yo‗llarining boshqa ob‘ektlari Avtomobil yo‗llari 
davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi.
"O‗zavtoyo‗l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kadastrni yuritish bo‗yicha 
vakolatli organ hisoblanadi. 
Avtomobil yo‗llari davlat kadastri davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlarini, "O‗zavtoyo‗l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasini, manfaatdor yuridik 
va jismoniy shaxslarni avtomobil yo‗llari ob‘ektlari to‗g‗risidagi ishonchli kadastr 
axborotlari bilan ta‘minlash uchun mo‗ljallangan. 
Quyidagilar
ushbu kadastrni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: 
O‗zbekiston Respublikasining avtomobil yo‗llari ob‘ektlarini to‗liq qamrab olish; 


94 
makon koordinatlarining yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini 
qo‗llash; barcha ob‘ektlar bo‗yicha kadastr axborotlarini shakllantirishning yagona 
metodologiyasi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko‗rgazmaliligi va 
hujjatliligi; kadastr axborotlarining ochiqligi.
Avtomobil yo‗llari ob‘ektlariga tegishli bo‗lgan yer uchastkalari, binolar va 
inshootlarga bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish ko‗chmas mulkka 
bo‗lgan huquqlarni ro‗yxatdan o‗tkazish uchun belgilangan tartibda vakolatli 
organlar tomonidan amalga oshiriladi. 
Avtomobil yo‗llari ob‘ektlariga tegishli bo‗lgan, davlat yer kadastridan 
Avtomobil yo‗llari davlat kadastriga berilayotgan yer uchastkalari to‗g‗risidagi 
yer-kadastr axborotida maqsadli foydalanilishi bo‗yicha yerning tarkibi, yer 
uchastkalariga bo‗lgan huquqni davlat ro‗yxatidan o‗tkazilganligi (shu jumladan 
yerdan foydalanishda servitutlarda belgilangan mavjud cheklashlar va taqiqlar 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar), yerning miqdori va sifati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar 
bo‗lishi kerak. 
Bino va inshootlar davlat kadastri beradigan avtomobil yo‗llari ob‘ektlariga 
tegishli bo‗lgan binolar va inshootlar to‗g‗risidagi kadastr axborotida ulardan 
maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat ro‗yxatidan o‗tkazilishi, asosiy 
miqdor va sifat tavsiflari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bo‗lishi kerak. 
Avtomobil yo‗llari ob‘ektlari to‗g‗risidagi tizimlashtirilgan kadastr axboroti 
Davlat kadastrlari yagona tizimiga belgilangan tartibda beriladi. 
Kadastrni yaratish va yuritish ishlarini moliyalashtirish O‗zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‗l jamg‗armasi mablag‗lari 
hisobiga amalga oshiriladi. 
Avtomobil yo‗llari davlat kadastrini yuritish "O‗zavtoyo‗l" davlat-
aksiyadorlik kompaniyasining quyidagi tarkibiy bo‗linmalari: "O‗zavtoyo‗l" 
davlat-aksiyadorlik kompaniyasining vakolatli tashkiloti; hududiy shu‘ba yo‗l-
qurilish tashkilotlarining kadastr bo‗linmasi tomonidan amalga oshiriladi. 
Avtomobil yo‗llari davlat kadastrini yuritishni metodik ta‘minlash 
"O‗zavtoyo‗l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.Bu 


95 
kompaniyaning vakolatli tashkiloti: avtomobil yo‗llari davlat kadastrining 
avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilishi va mavjud bo‗lishini ta‘minlaydi; 
ma‘lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni yo‗l korxonalariga beradi, 
ma‘lumotlar bazasi to‗g‗ri to‗ldirilishi ustidan nazorat qiladi; hududiy shu‘ba yo‗l-
qurilish tashkilotlarining kadastr bilan ishlaydigan xodimlarini avtomobil yo‗llari 
davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o‗qitishni 
tashkil etadi; hududiy shu‘ba yo‗l-qurilish tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan 
kadastr axborotlarini tizimlashtiradi va uni avtomobil yo‗llari davlat kadastrining 
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi; avtomobil yo‗llarining yangi 
ob‘ektlari to‗g‗risidagi hisobga olish va baholash ma‘lumotlari to‗planishi ustidan 
nazorat qiladi; kadastr axborotlari Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkor 
berilishini amalga oshiradi; har yili belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona 
tizimiga "O‗zavtoyo‗l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining avtomobil yo‗llari 
ob‘ektlarining holati va ulardan foydalanish to‗g‗risida hisobot taqdim etadi. 
"O‗zavtoyo‗l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining hududiy shu‘ba yo‗l-
qurilish tashkilotlari: avtomobil yo‗llari ob‘ektlarining miqdor va sifat holatidagi 
joriy o‗zgarishlar, ularning atrof muhitga ta‘siri, ekologik-iqtisodiy baholash 
to‗g‗risidagi axborotlarni to‗playdi va tizimlashtiradi; avtomobil yo‗llari ob‘ektlari 
kadastr daftarlarini yuritadi, ma‘lumotlar bazasini to‗ldiradi va ularni 
tizimlashtirish va avtomobil yo‗llari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan 
axborot tizimiga kiritish uchun "O‗zavtoyo‗l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 
vakolatli tashkilotining kadastr bo‗limiga beradi; avtomobil yo‗llarining yangi 
ob‘ektlarini hisobga qo‗yadi, ular to‗g‗risidagi hisobga olish va baholash 
ma‘lumotlarini to‗playdi.
"O‗zavtoyo‗l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimidan tashqarida mavjud 
bo‗lgan 
avtomobil 
yo‗llari 
ob‘ektlarining 
egalari 
foydalanuvchilari 
kompaniyasining vakolatli tashkilotiga kadastr ob‘ektlarining jug‗rofiy holati, 
huquqiy maqomi, miqdor tavsiflari va baholanishi, shuningdek ular holatining 
joriy o‗zgarishlari to‗g‗risidagi axborotni taqdim etishi shart. 


96 
Avtomobil yo‗llari davlat kadastrini yuritish avtomobil yo‗llari ob‘ektlarining 
barcha turlarini ro‗yxatdan o‗tkazishdan, ularning miqdor va sifat tavsiflarini 
hisobga olishdan, ob‘ektlarni ekologik-iqtisodiy baholashdan, shuningdek kadastr 
axborotlarini to‗plash, tahlil qilish, tizimlashtirish, saqlash, yangilashdan va uni 
qonunda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga taqdim etishdan 
iboratdir. 
Avtomobil yo‗llari ob‘ektlarining barcha turlari birlamchi ro‗yxatga olinishi 
kerak. Bunda asosiy ko‗rsatkichlar qayd etiladi. Asosiy ko‗rsatkichlarning tarkibi 
"Davyergeodezkadastr" t qo‗mitasi bilan kelishuv bo‗yicha "O‗zavtoyo‗l" davlat-
aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli normativ hujjatlar 
bilan belgilanadi. Ro‗yxat natijalari bo‗yicha har bir ob‘ektga pasport tuziladi. 
Miqdor va sifat tavsiflarining asosiy hisobga olinishi hisobga qo‗yish paytida 
foydalanishga topshirilgan va mavjud bo‗lgan avtomobil yo‗llarining har bir 
ob‘ekti bo‗yicha amalga oshiriladi. Avtomobil yo‗llari ob‘ektlari tavsiflarida yuz 
beradigan bundan keyingi o‗zgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi. 
Avtomobil yo‗llari ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobga qo‗yilishi 
ularning iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilar bo‗yicha tasniflanishini o‗z 
ichiga oladi, ularning tarkibi Avtomobil yo‗llari davlat kadastrini yuritish bo‗yicha 
normativ hujjatlar bilan belgilanadi. 
Avtomobil yo‗llari ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish 
uchun "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi bilan kelishuv bo‗yicha "O‗zavtoyo‗l" 
davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan texnik parametrlar va kadastr 
axborotini taqdim etish formatlari ishlab chiqiladi. Hisobga olish axboroti 
korxonaning kadastr daftariga yoziladi va avtomobil yo‗llari davlat kadastrining 
avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi. 
Avtomobil yo‗llari ob‘ektlarini iqtisodiy baholash avtomobil yo‗llari har bir 
ob‘ektining qiymatini belgilash, soliq solish, xususiylashtirish va boshqa 
maqsadlar uchun o‗tkaziladi. Avtomobil yo‗llari ob‘ektlarini iqtisodiy baholash 
o‗ziga xosliklar hisobga olingan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi. 


97 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin