Hayvonot dunyosi davlat kadastrini yuritish: 1. Birlamchi darajada hayvonot dunyosining davlat kadastri sub‘ektlari
vakolatli shaxslari Tabiiy erkin holda yashovchi yovvoyi hayvonlar: sut
emizuvchilar, parrandalar, sudralib yurivchi hayvonlar, ham suvda, ham
quruqlikda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umrtqasizlar hayvonot dunyosi
to‗g‗risida hududlar bo‗yicha kadastr axborotlarini to‗playdi va Qoraqalpoqiston
Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasining kadastr xizmati,
tabiatni muhofaza qilish viloyat qo‗mitalarining vakolatli shaxslarga taqdim etadi.
2. Mintaqaviy darajada Qoraqalpoqiston Respublikasi Davlat tabiatni
muhofaza qilish qo‗mitasining kadastr xizmati, tabiatni muhofaza qilish viloyat
qo‗mitalarining vakolatli shaxslari hududlar bo‗yicha kadastr axborotlarini
umumlashtiradilar va "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasining DKYAT ma‘lumotlar
bazasiga beradi.
3. Vakolatli tashkilotlar - Respublika darajasida O‗zbekiston Respublikasi
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi kadastr xizmati so‗rov bo‗yicha
hayvonot dunyosi to‗g‗risida hududlar bo‗yicha kadastr axborotlarini olishlari
mumkin.
4. Foydalanuvchilar so‗rov bo‗yicha DKYAT ma‘lumotlar bazasidan
hududlar bo‗yicha kadastr axborotlarini olishlari mumkin.
Mustaqil o‟rganish uchun savollar: 1.
Hayvonot dunyosi davlat kadastrini
yuritishdan maqsad?
2.
Hayvonot dunyosi davlat kadastrining
ob’ekti?
3.
Hayvonot dunyosi davlat kadastrining
yuritishning asosiy
prinsiplari ?
152
4.
Hayvonot dunyosi davlat kadastri
qaysi vakolatli organlar tomonidan
yuritiladi?
5.
Hayvonot dunyosi davlat kadastri
ning qanday axborotlari DKYT ma'lumotlar
bazasiga taqdim etiladi?