Mustaqil o‟rganish uchun savollar:
1.
Davlat suv kadastri qanday ma‘lumotlarni o‘z ichiga oladi?
2.
Davlat suv kadastri qanday tartibda yyuritiladi?
3.
Gidrometeorologiya xizmati markazining Davlat suv kadastrini yuritish
bo‗yicha funksiyalari nimalardan iborat?
4.
Davlat suv kadastrining ob‘yekti?
5.
Suv ob‘yektlariga nimalarr kiradi?
6.
Suv xo‘jaligi ob‘yektlari qaysilar?
138
4.3.
Davlat o„rmon kadastri
Davlat o‗rmon kadastri kadastr ob‘ektlarining, geografik holati, huquqiy
maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to‗g‗risidagi yangilab
boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
Kadastr o‗rmonlarning
himoyalanganlik
toifasini
aniqlash
maqsadida,
o‗rmonlardan
oqilona
foydalanishni, qo‗riqlashni,
muhofaza qilishni va qayta
tiklashni tashkil etish, davlat
o‗rmon
fondi
yerlari
tuzilmasida ro‗y beradigan o‗zgarishlar hujjatlarini yuritish va nazorat qilishning
yagona tartibini belgilash uchun yuritiladi.
O‗zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha o‗rmonlar o‗rmon
kadastrining ob‘ektlari hisoblanadi.
O‗zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi huzuridagi
O‗rmon xo‗jaligi bosh boshqarmasi kadastrni yuritish bo‗yicha vakolatli organ
hisoblanadi.
Davlat o‗rmon kadastri o‗rmon munosabatlarini tartibga solish, o‗rmonlarni
qo‗riqlash, muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashni
tashkil etish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor
yuridik va jismoniy shaxslarni o‗rmonlar to‗g‗risidagi ishonchli kadastr axborotlari
bilan ta‘minlash uchun mo‗ljallangan.
Quyidagilar Davlat o‗rmon kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari
hisoblanadi: O‗zbekiston Respublikasi hududidagi barcha o‗rmonlarni to‗liq
qamrab olish; makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografiya asosini
qo‗llanish; o‗rmonlar to‗g‗risidagi kadastr axborotlarini shakllantirish
metodologiyasining
yagonaligi;
kadastr
axborotlarining
ishonchliligi,
139
ko‗rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda foydalanishga qulayligi.
Davlat o‗rmon kadastri ob‘ektlariga taalluqli yer uchastkalari, binolar va
inshootlarga bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish vakolatli organlar
tomonidan, ko‗chmas mulkka huquqlarni ro‗yxatdan o‗tkazish uchun qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda o‗rmon ob‘ektlariga
taalluqli yer uchastkalari to‗g‗risidagi yer-kadastr axborotlarida yerlarning
maqsadli foydalanilishi bo‗yicha tuzilmasi, yer uchastkalariga huquqlarning davlat
ro‗yxatidan o‗tkazilganligi (shu jumladan yerlardan foydalanishda servitutlarda
belgilangan mavjud cheklashlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar), yerlarning miqdori va
sifati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar mavjud bo‗lishi kerak.
Binolar va inshootlar kadastridan o‗rmon kadastriga beriladigan ob‘ektlarga
taalluqli binolar va inshootlar to‗g‗risidagi kadastr axborotlarida ulardan maqsadli
foydalanilishi, huquqlarning davlat ro‗yxatidan o‗tkazilganligi, asosiy miqdor va
sifat tavsiflari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar mavjud bo‗lishi kerak.
Davlat o‗rmon kadastrini yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat byudjeti
hisobiga amalga oshiriladi va o‗rmon kadastri bo‗limi hamda O‗rmon xo‗jaligi
bosh boshqarmasi hududiy bo‗linmalari (o‗rmon xo‗jaliklari) tomonidan amalga
oshiriladi.
kadastrni yuritishni metodik ta‘minlash O‗rmon xo‗jaligi bosh boshqarmasi
tomonidan amalga oshiriladi.
O‗rmon xo‗jaligi bosh boshqarmasining Davlat o‗rmon kadastri bo‗limi:
Davlat o‗rmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni
va uning faoliyatini ta‘minlaydi; ma‘lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi,
ma‘lumotlar bazasining to‗g‗ri to‗ldirilishini nazorat qiladi; Davlat o‗rmon kadastri
ob‘ektlarining miqdor va sifat jihatidan holati, iqtisodiy bahosi to‗g‗risidagi joriy
o‗zgarishlarni to‗playdi va tizimlashtiradi; Davlat o‗rmon kadastri ob‘ektlarining
kadastr daftarlarini yuritadi, tizimlashtirish va avtomatlashtirilgan axborot tizimiga
kiritish uchun ma‘lumotlar bazasini to‗ldiradi; Davlat o‗rmon kadastri yangi
ob‘ektlarini hisobga qo‗yadi, ular to‗g‗risidagi hisobga olish va baholash
140
axborotlarini to‗playdi; kadastr axborotlarini tizimlashtiradi va ularni Davlat
o‗rmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi; kadastri yangi
ob‘ektlari to‗g‗risidagi hisobga olish va baholash axborotlarini nazorat qiladi;
Kadastri ob‘ektlarining holati va ulardan foydalanish to‗g‗risidagi hisobotni
Davlat kadastrlari yagona tizimiga har yili, belgilangan tartibda taqdim etadi.
O‗rmon xo‗jaligi bosh boshqarmasi tizimidan tashqarida faoliyat
ko‗rsatadigan Davlat o‗rmon kadastri ob‘ektlarining mulkdorlari, shuningdek
boshqa huquqlar egalari O‗rmon xo‗jaligi bosh boshqarmasining vakolatli
bo‗limiga kadastr ob‘ektlarining geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat
tavsiflari hamda bahosi to‗g‗risidagi axborotlarni, shuningdek ularning holatidagi
joriy o‗zgarishlar to‗g‗risidagi axborotlarni taqdim etishi shart.
Davlat o‗rmon kadastrini yuritish kadastri ob‘ektlarining barcha turlarini
ro‗yxatlashni, ularning miqdor va sifat tavsiflarini, iqtisodiy bahosini hisobga
olishni, shuningdek kadastr axborotlarini to‗plash, tahlil qilish, ishlash,
tizimlashtirish, saqlash, yangilash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
manfaatdor foydalanuvchilarga berishni o‗z ichiga oladi.
Davlat o‗rmon kadastri ob‘ektlari ro‗yxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini
va iqtisodiy bahosini hisobga olish uchun asos hisoblanadi.
Bunda asosiy ko‗rsatkichlar qayd etiladi, ularning tarkibi tegishli normativ
hujjatlar bilan belgilanadi. Ro‗yxat natijalari bo‗yicha har bir ob‘ekt uchun pasport
tuziladi.
Kadastr ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflarida kelgusida ro‗y beradigan
o‗zgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
Davlat o‗rmon kadastri ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobi
ularning iqtisodiy, texnologik, biologik va ekologik belgilari bo‗yicha tasnifini o‗z
ichiga oladi, ularning tarkibi kadastrni yuritish bo‗yicha normativ hujjatlarda
belgilanadi.
Davlat o‗rmon kadastri ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga
olish uchun O‗rmon xo‗jaligi bosh boshqarmasi tomonidan "Davyergeodezkadastr"
141
qo‗mitasi bilan kelishgan holda, kadastr axborotlarini taqdim etishning texnik
parametrlari va formatlari ishlab chiqiladi.
Davlat o‗rmon kadastri ob‘ektlarini iqtisodiy baholash soliq solish,
xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har qaysi ob‘ekt qiymatini aniqlash
maqsadida amalga oshiriladi.
Davlat o‗rmon kadastri ob‘ektlari to‗g‗risidagi kadastr axborotlarining
ishonchliligi uchun O‗rmon xo‗jaligi bosh boshqarmasi tarkibiy va hududiy
bo‗linmalarining Davlat o‗rmon kadastrini yuritishga mas‘ul rahbarlari javob
beradilar.
Dostları ilə paylaş: |