4.5. Hayvonot dunyosining davlat kadastri
Hayvonot dunyosining davlat kadastri
yovvoyi hayvonlar soni, ularning geografik
tarqalishi, miqdoriy va sifat tavsiflari,
ulardan foydalanish hamda ulari iqtisodiy
baholash
to‗g‗risidagi
uzluksiz
147
yangilanadigan axborot tizimi.
Tabiiy erkin holda yashovchi yovvoyi hayvonlar: sut emizuvchilar,
parrandalar, sudralib yurivchi hayvonlar, ham suvda, ham quruqlikda yashovchi
hayvonlar, baliqlar, umrtqasizlar hayvonot dunyosining davlat kadastri ob‘ektlari
hisoblanadi. Davlat kadastrini yurituvchi organlar, ov qilish va baliq ovlash
xo‗jaligini yurituvchi, xayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olib hamda ajratib
olmasdan ilmiy, madaniy-ma‘rifiy, o‗quv va tayyorlash maqsadlarida hayvonot
dunyosidan foydalanuvchi yuridik shaxslar hayvonot dunyosi davlat kadastrining
sub‘ektlari hisoblanadi.
Quyidagilar
kadastrni
yuritishning
asosiy
prinsiplari
hisoblanadi:
respublikaning butun hududida hayvonlarning barcha turlari yoki kichik turlarining
imkoni boricha ko‗p sonini qamrab olish; axborotni to‗plash, qayta ishlash
texnologiyasi va taqdim etish metodikasining yagonaligi; Davlat kadastrlari
yagona tizimi talablarini ta‘minlash; kadastr axborotini to‗ldirish va yangilashning
ishonchliligi va uzluksizligi; davlat kadastrini yuritishni markazlashtirilgan tartibda
boshqarish.
Hayvonot dunyosining davlat kadastri ob‘ektlarni: ro‗yxatdan o‗tkazishni,
ular sonini hisobga olish va foydalanish sifatini, iqtisodiy baholashni, kadastr
axborotini
tizimlashtirishni,
saqlashni,
yangilashni
va
uni
manfaatdor
foydalanuvchilarga tegishli shakllarda va hajmlarda belgilangan tartibda tezkor
berishni o‗z ichiga oladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kadastr axborotidan bepul
foydalanadilar, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida
belgilangan miqdorlarda haq to‗lab foydalanadilar. Kadastrni yuritish davlat
byudjeti mablag‗lari hisobiga amalga oshiriladi. Hayvonot dunyosini davlat
tomonidan hisobga olishni va davlat kadastrini yurituvchi barcha tashkilotlar
mablaq bilan ta‘minlanishi kerak.
O‗zbekiston Respublikasining hayvonot dunyosini davlat kadastrida yovvoyi
hayvonlarning har bir turi (kichik turi) bo‗yicha ma‘lumotlar mavjud bo‗ladi.
Yovvoyi hayvonlar turlari quyidagi guruhlarga birlashtiriladi:
148
a) Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarning kamyob va yo‗qolib ketayotgan
turlari;
b) muhofaza qilinadigan tabiiy hududlardagi hayvonlar turlari;
v) ovlanadigan hayvonlar turlari;
g) baliqlar;
d) qishloq xo‗jaligi zararkunandalari bo‗lgan hayvonlar;
e) o‗rmon xo‗jaligi zararkunandalari bo‗lgan hayvonlar;
j) odam va hayvonlarning alohida xavfli yuqumli kasalliklarini tarqatuvchi
hayvonlar;
z) hayvonlarning boshqa turlari.
Turlar (kichik turlar)ning har bir guruhida quyidagi ma‘lumotlar mavjud
bo‗lishi kerak: tur (kichik tur)ning maqomi; tarqalishi (hududlar bo‗yicha
taqsimlanishi); soni; biologiyasi va tur (kichik tur)ning ommaviylashuvi;
foydalanilishi; iqtisodiy baholanishi.
O‗zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi
tomonidan
tasdiqlangan
Nizomga muvofiq yuritiladigan "O‗zbekiston
Respublikasi hayvonlarining genetik fondi kitobi" kadastrni tuzish uchun axborot
manbai hisoblanadi.
Hayvonot dunyosining davlat kadastri kadastr axborotini uzluksiz yangilashni
ta‘minlovchi asosiy (birlamchi) va joriy turlarni o‗z ichiga oladi. Hayvonot
dunyosining davlat kadastri asosiy (birlamchi) turini yuritishda ob‘ektlar birlamchi
ro‗yxatdan o‗tkaziladi (xatlanadi). Joriy turda asosiy tur o‗tkazilgandan keyin yuz
bergan barcha o‗zgartirishlar qayd etiladi va kadastrga kiritiladi.
Ro‗yxatdan o‗tkazish, hisobga olish va baholash axboroti hayvonot dunyosi
to‗g‗risidagi jami kadastr axborotini tashkil etadi. Ushbu axborot harf-raqamli
(matnlar, jadvallar) va chiziqli (haritalar, sxemalar) shakllarida, an‘anaviy va
avtomatlashtirilgan variantlarda taqdim etiladi.
Hayvonot dunyosining davlat kadastrini Davlat tabiatni muhofaza qilish
qo‗mitasi yuritadi. O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akadamiyasi hayvonot
dunyosining davlat kadastrini yuritish bo‗yicha maslahat organi hisoblanadi.
149
Hayvonot dunyosining davlat kadastri Davlat tabiatni muhofaza qilish
qo‗mitasi tomonidan quyidagi ma‘muriy-hududiy darajalarda: birlamchi darajada
hayvonot dunyosining davlat kadastri sub‘ektlari vakolatli shaxslari tomonidan;
mintaqaviy darajada Qoraqalpoqiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza
qilish qo‗mitasining kadastr xizmati, tabiatni muhofaza qilish viloyat
qo‗mitalarining vakolatli shaxslari tomonidan; respublika darajasida O‗zbekiston
Respubilkasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasining kadastr xizmati
tomonidan yuritiladi.
Yovvoyi hayvonlarni ro‗yxatdan o‗tkazish, ular to‗g‗risidagi miqdoriy va sifat
axborotni to‗plash, kadastr daftarini yuritish, kadastr haritalarini tuzish va
mintaqaviy darajaga zarur axborotni berish sub‘ektlar darajasidagi davlat
kadastrining funksiyalari hisoblanadi.
Mintaqaviy darajada vakolatli shaxslar kadastrni yuritishda sub‘ektlarga
uslubiy yordam ko‗rsatadi, tushadigan axborotni tahlil qiladi, taqdim etilgan
ma‘lumotlarning ishonchliligini baholaydi, Qoraqalpoqiston Respublikasi va
viloyatlar bo‗yicha yovvoyi hayvonlar ro‗yxatini, yovvoyi hayvonlarning turlar
bo‗yicha joylashishi hududiy sxemalarini va hisobotini tuzadi hamda ularni har yili
1 martgacha belgilangan shaklda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasiga
taqdim etadi.
O‗zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi kadastr
xizmati respublika darajasida: hayvonot dunyosining davlat kadastri yuritilishini
muvofiqlashtiradi; me‘yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi; kadastr yuritilishi
ustidan nazorat qiladi; viloyat kadastr xizmatlari hisobotlarini tizimlashtiradi;
hayvonot dunyosining davlat kadastri bo‗yicha yillik hisobotni tuzadi; kadastr
xizmatlarini moddiy-texnik ta‘minlaydi; hayvonot dunyosi davlat kadastrining
avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqadi; manfaatdor yuridik va jismoniy
shaxslarning kadastr materiallaridan foydalanishi tartibi va shartlarini belgilaydi;
zarur kadastr axborotini Davlat kadastrlari yagona tizimiga beradi.
Hayvonlarni davlat tomonidan hisobga olish hamda ulardan foydalanish
miqdorini aniqlash bo‗yicha hujjatlarni olib boruvchilar: hayvonlar turlarini Qizil
150
kitobga kiritish bo‗yicha ilmiy tadqiqot tashkilotlari, o‗quv yurtlari va boshqa
idoralar, davlat qo‗riqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bog‗lar,
zakazniklar va pitomniklar, davlat biosfera rezervatlari ishtirokida Fanlar
akademiyasi tomonidan; belgilangan tartibda ov qilish va sanoat ob‘ektlariga
kiritilgan hayvonlar bo‗yicha Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi huzuridagi O‗rmon
xo‗jaligi bosh boshqarmasi, "O‗zbekbaliqovlash" uyushmasi, ov qilish xo‗jaligini
yurituvchi boshqa tashkilotlar tomonidan; hisobga olinishi va hayvonot dunyosi
davlat kadastriga kiritilishi kerak bo‗lgan hayvonlarning barcha turlari (kichik
turlari) bo‗yicha, davlat qo‗riqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy
bog‗lar, zakazniklar va pitomniklar, davlat biosfera rezervatlari hududida tegishli
ravishda, idoraviy bo‗ysunishidan qat‘iy nazar, kompleks (landshaft) zakazniklar,
tabiiy boqlar, zakazniklar va pitomniklar, davlat biosfera rezervatlari tomonidan;
baliqlarning sanoat turlari bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi qishloq va suv
xo‗jaligi vazirligi tomonidan; alohida xavfli yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi
hayvonlar bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi Soqliqni saqlash vazirligining
karantinli va alohida xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olish respublika markazi
tomonidan; qishloq xo‗jaligi zararkunandalari bo‗lgan hayvonlar bo‗yicha
O‗zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi tomonidan; o‗rmon
xo‗jaligi zarurkunandalari bo‗lgan hayvonlar bo‗yicha Qishloq va suv xo‗jaligi
vazirligi huzuridagi O‗rmon xo‗jaligi bosh boshqarmasi tomonidan; yuqorida
ko‗rsatilmagan hayvonlarning qolgan turlari (guruhlari) bo‗yicha O‗zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan yuritiladi.
Hayvonlarning davlat ro‗yxatini va ulardan foydalanish hajmi hisobini
yurituvchi vazirliklar va idoralar hayvonot dunyosining davlat kadastri bo‗yicha
zarur axborotni Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi tomonidan belgilangan
shaklda, hajmda va muddatlarda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasiga bepul
taqdim etadilar.
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi har yili hayvonot dunyosining
davlat kadastri bo‗yicha zarur axborotni hisobot yilidan keyingi yilning 1
apreligacha Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etishi kerak. Uning shakli
151
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi tomonidan tasdiqlanadi va
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi bilan kelishiladi.
Hayvonot dunyosining ishlab chiqiladigan kadastr axboroti ishonchliligi
uchun Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasining kadastr xizmati,
hayvonlarning davlat tomonidan hisobga olinishi yurituvchi vazirliklar va
idoralarning vakolatli shaxslari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Dostları ilə paylaş: |