Davlat kadastrlari


Gidrometeorologiya hodisalari xavfi yuqori bo„lgan zonalar bo„yicha



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   94
ДКА ох2018

Gidrometeorologiya hodisalari xavfi yuqori bo„lgan zonalar bo„yicha: 
kadastr ob‘ektini (gidrometeorologiya hodisalarining yuqori xavfli zonalari
daryolar havzasi, tizmatog‗ yonbag‗irlari, kotlovina) va kadastr ob‘ekti elementlari 
(kichik zona - soy havzasi, yonbag‗ir joylashuvi, gidrometeorologiya xavfining 
ro‗y berish uchastkasi) nomi; kadastr nomeri (daryo va soy havzasi, tizmatog‗ 
yonbag‗ri, kotlovina bo‗yicha); joylashgan o‗rni (ma‘muriy manzili, xavfli 
gidrometeorologiya hodisasi ro‗y berish uchastkasi); xavfli gidrometeorologiya 
hodisasining turlari (tavsifi); paydo bo‗lishining asosiy sabablari; xavfli 
gidrometeorologiya hodisalarining ro‗y berish zonasida joylashgan ob‘ektlar 
ro‗yxati; xavfli gidrometeorologiya hodisalari yetkazgan zarar to‗g‗risidagi 
ma‘lumotlar; xavfli gidrometeorologiya hodisalari ro‗y berish zonalarining qog‗oz 
va elektron manbalardagi 1:25000, 1:200000 masshtabli kadastr haritalari. 
Tabiiy xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastrini har yili baholash 
mazmuni quyidagilardan iborat bo‗ladi: yer yuzasining amalda zararlanishini 
baholash; xavfli tabiiy jarayonlar va hodisalar ro‗y berishi intensivligini baholash; 
xavfli tabiiy jarayonlar va hodisalar ro‗y berishidan ijtimoiy, moddiy va ekologik 
sohalarda ko‗rilgan zararni baholash. 
Quyidagilar kadastr hujjatlarining asosiy turlari hisoblanadi: ob‘ektning 
kadastr ishi (tabiiy xavf yuqori zona pasporti); kadastr haritalari (1:25000 
masshtabli hisob haritalari, 1:200000 masshtabli seysmik rayonlashtirish kadastr 
haritalari, (OSR, DSR) va seysmogen zonalarning 1:1000000, 1:500000, 1:200000 
masshtabli haritalari); kadastr daftari (boshlang‗ich kadastr axborotlari shakllari); 
kadastr ob‘ektlarining holati to‗g‗risidagi hisobot. 


185 
Kadastr hujjatlari qog‗oz, elektron va boshqa manbalarda tuziladi. 
Tabiiy xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri bo‗yicha ma‘lumotlar 
"Davyergeodezkadastr" qo‗mitasiga kelishilgan shakl bo‗yicha vakolatli organlar 
tomonidan har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvarigacha bo‗lgan holatga 
ko‗ra beriladi. 
Xavfli geologik jarayonlar ro‗y beradigan zonalar bo‗yicha Davlat geologiya 
qo‗mitasi "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasiga DKYAT ma‘lumotlar bazasiga 
kiritish uchun ro‗y bergan xavfli geologik jarayonlar to‗g‗risida quyidagi yig‗ma 
axborotlarni taqdim etadi: xavfli zonalarning nomi; xavfli geologiya jarayonlari 
ro‗y beradigan zonalar va zararlanishi mumkin bo‗lgan maydonlarning hajmlari; 
joylashgan o‗rni (sodir bo‗lgan joy: viloyat, tuman, koordinatlar, egallagan 
maydoni); xavfli geologiya jarayonlari rivojlanishining eng ko‗p turi; xavfli 
geologiya jarayonlari ta‘sir ko‗rsatadigan zonada joylashgan ob‘ektlar ro‗yxati; 
xavfli geologiya jarayonlari ro‗y berish zonalarining 1:200000 masshtabli 
joylashish sxemasi. 
Seysmik xavf yuqori bo‗lgan zonalar bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi 
Fanlar 
akademiyasining 
Seysmologiya 
instituti 
"Davyergeodezkadastr" 
qo‗mitasiga DKYAT ma‘lumotlar bazasiga kiritish uchun hududning seysmik 
xavfliligi to‗g‗risida quyidagi yig‗ma axborotlarni taqdim etadi: seysmik xavfli 
zonalarning nomi; seysmik xavfli zonalarning makondagi holati va harakterli 
hajmlari; seysmik xavflilikning eng ko‗p turi (paydo bo‗lish zonalari, silkinish 
zonalari, har xil turdagi seysmik joylashuv holati); zilzilalar katalogi; kuchli 
zilzilalar markazlari (pleystoseyst); seysmogen zonalar va seysmik silkinishlar 
ta‘sir ko‗rsatadigan zonalarning 1:1000000 masshtabli hamda ayrim hududlar 
uchun 1:500000, 1:200000 masshtabli joylashish haritalari. 
Gidrometeorologiya hodisalari xavfi yuqori bo‗lgan zonalar bo‗yicha 
"O‗zgidromet" markazi "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasiga DKYAT ma‘lumotlar 
bazasiga kiritish uchun xavfli gidrometeorologiya hodisalari paydo bo‗lishi 
mumkin bo‗lgan zonalar to‗g‗risida quyidagi yig‗ma axborotlarni taqdim etadi: 
xavfli zonalarning nomi; joylashgan o‗rni (viloyat, tuman); gidrometeorologiya 


186 
hodisalarining eng ko‗p turi; xavfli gidrometeorologiya hodisalarining vujudga 
kelish zonalarining va zararlanishi mumkin bo‗lgan maydonning hajmlari; 
1:200000 masshtabli kadastr haritalari (xavfli gidrometeorologiya hodisalari paydo 
bo‗lishi mumkin bo‗lgan zonalar hisobi); xavfli gidrometeorologiya hodisalari 
ta‘sir ko‗rsatadigan zonada joylashgan ob‘ektlar ro‗yxati. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin