195
Glossariy
Gidrotexnika inshootlari
- to‗g‗onlar (plotinalar), gidroelektr stansiyalar
binolari, suv tashlash, suv bo‗shatish, suv o‗tkazish va suv chiqarish inshootlari,
tunnellar, kanallar, nasos stansiyalari, suv omborlari qirg‗oqlarini, daryolar va
kanallar o‗zanlarining qirg‗oqlari va tubini toshqin hamda yemirilishlardan
muhofaza qilish uchun mo‗ljallangan inshootlar, sanoat va qishloq xo‗jaligi
tashkilotlarining suyuq chiqindilar saqlanadigan joylarini o‗rab turuvchi inshootlar
(ko‗tarmalar);
Favqulodda vaziyat
- muayyan hududdagi avariyaga olib kelishi mumkin
bo‗lgan, shuningdek gidrotexnika inshootining avariyasi natijasida vujudga kelgan
bo‗lib, odamlar qurbon bo‗lishiga, odamlar sog‗lig‗iga yoki atrof tabiiy muhitga
zarar yetkazilishiga, jiddiy moddiy talafotlarga va odamlarning xayot faoliyati
sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin bo‗lgan yoki olib kelgan vaziyat;
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi
- gidrotexnika inshootlarining
odamlar hayoti, sog‗lig‗i va qonuniy manfaatlarini, atrof tabiiy muhit va xo‗jalik
ob‘ektlarini muhofaza qilishni ta‘minlash imkonini beruvchi holati;
Dostları ilə paylaş: