Davlat kadastrlari


Tabiiy xavf yuqori bo„lgan zonalar davlat kadastrini yuritish



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   94
ДКА ох2018

Tabiiy xavf yuqori bo„lgan zonalar davlat kadastrini yuritish: 
 
1. Hududiy bo‗linmalar va vakolatli tashkilotlar xizmatlari TXYUZ bo‗yicha 
kadastr axborotlarini to‗playdi. 
2.Vakolatli 
tashkilotlar 

Davlat 
geologiya 
qo‗mitasining 
"O‗zbekgidrogeologiya" DGK, Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti
"O‗zgidromet" markazi TXYUZ bo‗yicha kadastr axborotlarini umumlashtiradilar 
va "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasining DKYAT ma‘lumotlar bazasiga beradi. 
3.Vakolatli 
tashkilotlar 

Davlat 
geologiya 
qo‗mitasining 
"O‗zbekgidrogeologiya" DGK, Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti, 
"O‗zgidromet" markazi so‗rov bo‗yicha "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasining 
DKYAT ma‘lumotlar bazasidan TXYUZ bo‗yicha kadastr axborotlarini olishlari 
mumkin. 
4.DKYATdan foydalanuvchilar so‗rov bo‗yicha "Davyergeodezkadastr" 
qo‗mitasining DKYAT ma‘lumotlar bazasidan TXYUZ bo‗yicha kadastr 
axborotlarini olishlari mumkin. 
Mustaqil o‟rganish uchun savollar: 
1.
Tabiiy xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastrini 
yuritishdan maqsad?
2.
Tabiiy xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastrining 
ob’ekti? 
3.
Tabiiy xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastrini 
yuritishning asosiy 
prinsiplari ? 
4. 
Tabiiy xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri 
qaysi vakolatli organlar 
tomonidan yuritiladi? 
5. 
Tabiiy xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastrining 
qanday axborotlari 
DKYT ma'lumotlar bazasiga taqdim etiladi?


187 
5.4.
 
Texnogen xavf yuqori bo„lgan zonalar davlat kadastri 
Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri Davlat kadastrlari 
yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va tizimli kuzatishlar, o‗lchashlar, 
tadqiqotlar hamda axborotlar to‗plash natijalari bo‗yicha tayyorlanadigan texnogen 
xavf yuqori bo‗lgan zonalarning unifikatsiya qilingan qisqacha tavsiflari va 
tasvirlari to‗plamidan iborat bo‗ladi. Kadastr ob‘ektlarini hisobga olishni, ularning 
holatini va ro‗y bergan xavfli texnogen hodisalar oqibatlarini baholash maqsadida 
yuritiladi. 
Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastrini yuritish texnogen 
xavf yuqori bo‗lgan zonalarni xatlovdan o‗tkazish, uning tavsiflari va 
parametrlarini baholash, kadastr axborotlarini hujjatlashtirish, hisobga olish hamda 
undan texnogen avariyalar va halokatlarni oldini olish bo‗yicha profilaktika va 
ogohlantirish choralarini o‗z vaqtida va samarali amalga oshirish, ular vujudga 
kelgan taqdirda esa - ularni tezkorlik bilan mahalliylashtirish va bartaraf etish 
orqali ta‘minlanadi. 
Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastri ob‘ektlari bo‗lib, 
O‗zbekiston Respublikasining "Xavfli ishlab chiqarish ob‘ektlarining sanoat 
xavfsizligi to‗g‗risida"gi Qonuniga muvofiq belgilangan xavfli ishlab chiqarish 
ob‘ektlarida ro‗y berishi mumkin bo‗lgan texnogen hodisalar (yong‗inlar, 
portlashlar, xavfli zararli moddalarni tashqariga chiqarish, binolar, inshootlar, 
texnik qurilmalar va shu kabilar) zonalari:
Radioaktiv moddalar va materiallar ishlab chiqariladigan, ulardan 
foydalaniladigan, ular qayta ishlanadigan, hosil bo‗ladigan, saqlanadigan, 
tashiladigan, yo‗q qilib tashlanadigan ob‘ektlar; barcha turdagi sanoat elektr 
qurilmalari qo‗llanadigan ob‘ektlar; gidrotexnika inshootlaridan, shu jumladan 
yirik korxonalar chiqindixonalari va tindirgichlaridan foydalaniladigan ob‘ektlar; 
ionli 
nurlanishlar 
manbalaridan 
foydalaniladigan 
ob‘ektlar; favqulodda 
vaziyatlarga (suv, gaz, issiqlik va elektr energiyasi ta‘minotining to‗xtab qolishiga, 
uy-joy massivlarini suv bosishiga, kanalizatsiya va suvni tozalash tizimlarining 


188 
ishdan chiqishiga) olib keluvchi buzilishlar (zararlanishlar) sodir bo‗lishi mumkin 
bo‗lgan ob‘ektlar hisoblanadi.
Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastrini yuritish quyidagi 
bo‗linmalar tomonidan: 
Ishlab chiqarish ob‘ektlarida, portlash-yong‗in chiqishi va radiatsiya xavfi 
mavjud bo‗lgan ob‘ektlarda avariya hollari sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan yuqori 
xavfli zonalar, sanoat, konchilik va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar 
olib borilishi bo‗yicha davlat inspeksiyasi, uning tarmoq va mintaqaviy 
inspeksiyalarining Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalari bosh kadastr markazi; 
odamlarni evakuatsiya qilishni yoki ko‗chirishni talab qiladigan xavf yuqori 
bo‗lgan zonalar bo‗yicha - O‗zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar 
vazirligining Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar kadastri markazi; portlash va 
yong‗in chiqishi xavfi yuqori bo‗lgan zonalar (ob‘ektlar) bo‗yicha -O‗zbekiston 
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yong‗in xavfsizligi xizmatining 
Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar kadastr markazi; kuchli ta‘sir qiluvchi 
zaharli ximikatlar, pestitsidlar, radioizotop buyumlar, radioaktiv va boshqa 
moddalarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish 
ob‘ektlari bo‗yicha - O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligi Davlat 
sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazi va uning hududiy 
markazlari Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalarning kadastr markazi; yadro 
fizikasi korxonalarida radiatsiya xavfi yuqori bo‗lgan zonalar bo‗yicha - 
O‗zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining 
Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar kadastri markazi tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar bosh kadastri markazi kadastrni 
yuritishni muvofiqlashtiradi. Quyidagilar Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar 
davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: Texnogen xavf yuqori 
bo‗lgan zonalarni to‗la respublika butun hududida qamrab olishi; kadastr 
axborotlarining ishonchliligi, ko‗rgazmaliligi va hujjatliligi; barcha ob‘ektlar 
bo‗yicha kadastr axborotlarini shakllantirish va ularni har yili yangilab borish 


189 
metodologiyasining yagonaligi; makon koordinatalari yagona tizimini va yagona 
topografik asosni qo‗llanishi; kadastr axborotlarining ochiqligi. 
Quyidagilar Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastrining asosiy 
vazifalari hisoblanadi: Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar to‗g‗risidagi 
axborotlarni to‗plash, tahlil qilish, ishlash, hisobga olish, tizimlashtirish, saqlash, 
yangilab borish; Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar pasportlarini tuzish va 
yuritish; kadastr daftarini yuritish, kadastr plan va haritalarini tuzish; davlat 
hokimiyati va boshqaruv organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni 
zarur kadastr axborotlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta‘minlash. 
Kadastrni yuritish bo‗yicha ishlar davlat byudjeti mablag‗lari va qonun 
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. 
Kadastrni tegishli vakolatli organlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan 
dasturlar va jadvallar asosida yuritiladi, ularda kuzatishlar, zonalarning 
boshlang‗ich va joriy kadastr axborotlarini to‗plash, ishlash, tadqiqotlar tartibi 
belgilanadi. 
Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastrini ob‘ektlaridan 
foydalanuvchi tashkilotlar: ob‘ektlarni identifikatsiya qiladi; boshlang‗ich va joriy 
kadastr axborotlari hamda miqdori va sifat holati, iqtisodiy bahosi, atrof muhitga 
ta‘sir ko‗rsatishidagi o‗zgarishlarni to‗plash va tizimlashtirishni amalga oshiradi; 
kadastr daftarini yuritadi, ma‘lumotlar bazasini to‗ldiradi va tizimlashtiradi hamda 
texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastrini avtomatlashtirilgan ahborot 
tizimiga kiritish uchun ushbu kadastrni bosh markaziga beradi; texnogen xavf 
yuqori bo‗lgan zonalar kadastr pasportlarini ishlab chiqadi; o‗zgarishlarni kadastr 
pasportlariga o‗z vaqtida kiritishni ta‘minlaydi; texnogen xavf yuqori bo‗lgan 
yangi zonalar hisobini yuritadi, ular to‗g‗risidagi axborotlarni to‗playdi. 
Har qaysi texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar uchun "Sanoatkontexnazorat" 
davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda belgilangan namunadagi kadastr pasporti 
rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi. 
Quyidagilar ob‘ektning kadastr pasportini tuzish uchun boshlang‗ich 
ma‘lumotlar hisoblanadi: kuzatishlar, o‗lchashlar va tadqiqotlar natijalari bo‗yicha 


190 
olinadigan ma‘lumotlar; sanitariya-texnika pasportlari, sanoat xavfsizligi 
deklaratsiyasi, ishlab chiqarish-texnika, konstruktorlik, texnologik, foydalanish 
hujjatlari; Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar to‗g‗risida korxonalar, 
tashkilotlar va boshqa rasmiy manbalardan olinadigan axborotlar. 
Kadastr pasportlarini ishlab chiqqan vakolatli organlar 5 kun muddatda 
ulardan bir nusxadan: Ushbu bosh kadastr markaziga; Texnogen xavf yuqori 
bo‗lgan zonalar bosh kadastr markazining tegishli mintaqaviy bo‗linmasiga; 
Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar kadastr markaziga; Texnogen xavf yuqori 
bo‗lgan zonalar kadastr markazining tegishli mintaqaviy bo‗linmasiga taqdim 
etadi. 
Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar bosh kadastr markazi va zonalar 
kadastr markazi vakolati bo‗yicha kadastr pasportlarini tekshiradi hamda tegishli 
ro‗yxatdan o‗tkazish axborotlarini kadastr daftariga yozib qo‗yadi. 
Bosh kadastr markazi har yili Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish 
uchun hisobot yilidan keyingi yilning 1 martigacha "Davyergeodezkadastr" 
qo‗mitasiga zarur kadastr axborotlarini taqdim etadi. Kadastr ma‘lumotlarini 
taqdim etish shakli va ularning hajmi "Sanoatkontexnazorat" davlat inspeksiyasi 
tomonidan va "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi bilan kelishilgan holda 
tasdiqlanadi. 
Quyidagilar Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalar davlat kadastrni 
(TXYUZDK) tarkibiy qismlari hisoblanadi: Ob‘ektlarni identifikatsiya qilish va 
Texnogen xavf yuqori hodisalar ro‗y berishi mumkin bo‗lgan zonalarni ro‗yxatdan 
o‗tkazish; zonalarni miqdor va sifat tavsiyalarini hisobga olish; zonalarni 
iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy baholash. 
Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalarning kadastr axborotlari quyidagilardan 
iborat bo‗ladi: ro‗y berishi mumkin bo‗lgan turi ko‗rsatilgan holda kadastr 
ob‘ektining nomi; zonalarning joylashgan o‗rni; Texnogen xavf yuqori hodisalarni 
vujudga keltiradigan ob‘ektning idoraviy mansubligi va uni foydalanishga 
kiritilgan; ob‘ektdan foydalanish maqsadi (agar xavf antropogen omillar ta‘sirida 
vujudga kelsa va tabiiy hodisa bo‗lmasa); ob‘ektni hisobga olish sanasi; ob‘ektning 


191 
kadastr nomeri; zonalarda joylashgan ob‘ektlarning ro‗yxati; zonalarning hisobga 
olingan vaqtdagi holati; kartografik materiallari - Texnogen xavf yuqori hodisa 
ro‗y bergan va ro‗y berishi mumkin bo‗lgan ta‘siriga uchragan zonalar tasvirlangan 
maydonlari tegishli masshtabdagi topografik haritalari. 
Texnogen xavfi yuqori bo‗lgan zonalarningning hisobga olinadigan 
axborotlari quyidagilardan iborat bo‗ladi: ob‘ektni xavflilik belgilari ro‗yxati; 
ob‘ektni texnologik asbob-uskunasi tavsifi; ob‘ektlardagi xavfli moddalardan 
foydalanish to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; zarar etkazadigan va buzuvchi omillar 
tavsiflari: ta‘sirlarning kuchi, tezligi, hajmi, turkumligi, chastotasi, asosiy 
yo‗nalishi va ro‗y berish tezligi; inson salomatligiga va atrof tabiiy muhitga salbiy 
ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar ro‗yxati; sanitariya-muhofaza va qo‗riqlash zonalari 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; inson faoliyati turlarini cheklash zarur bo‗lgan 
uchastkalar chegaralari yoki masofalar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; odamlarni 
evakuatsiya qilishni yoki ko‗chirishni talab qiladigan zonalar tavsifi; Texnogen 
xavfi yuqori bo‗lgan zonalar hududlaridan foydalanishni belgilangan rejimi, 
zonalarda ishlab chiqarish-xo‗jalik faoliyati, odamlarni yashash shart-sharoitlari; 
hodisalar ta‘siriga uchragan ob‘ektlar va inshootlar, ushbu ob‘ektlarning buzilishi 
va shikastlanishi darajasi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar. 
Texnogen 
xavf 
yuqori 
bo‗lgan zonalarni baholash ma‘lumotlari 
quyidagilardan iborat: 
zonalarni o‗rganish bo‗yicha aerosuratga olishlar, gidrometeorologiya
muhandislik, geologiya, seysmik, texnologik, ekologik tadqiqotlar va boshqalar 
natijalari to‗g‗risidagi sinovdan o‗tkazilgan hisobotlar; avariyalar xavfini va ro‗y 
berishi mumkin bo‗lgan favqulodda vaziyatlarni baholash xulosalari; sanitariya-
gigiena sharoitlari to‗g‗risidagi, suv, havo, yer, ifloslantiruvchi (zararli) moddalar 
konsentratsiyalari holati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; faoliyati Texnogen xavf yuqori 
hodisalar bilan bog‗liq bo‗lgan korxonalar tomonidan ro‗y bergan hodisalarni 
idoraviy tekshirishlar natijalari bo‗yicha xulosalar; zonalarni o‗rgangan 
(tekshirishgan) rasmiy komissiyalar va mutaxassislarning ekspert xulosalari; 
zonalardagi va ular yaqinidagi yer va suvdan foydalanish, u yerda turli maqsaddagi 


192 
ob‘ektlarni joylashtirish imkoniyatlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; hodisalar 
yetkazgan zarar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar. 
Hisobga olish va baholash ma‘lumotlari Texnogen xavf yuqori bo‗lgan 
zonalar to‗g‗risidagi kadastr axborotlari yig‗indisidan iborat bo‗ladi, ular alfavit-
raqamli (matnlar, jadvallar) va chizma (haritalar, sxemalar) ko‗rinishida taqdim 
etiladi, qog‗oz va yoki elektron manbalarda berilgan namunadagi kadastr pasporti 
shaklida rasmiylashtiriladi.
Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalarning davlat kadastrini yuritish kadastr 
axborotlari uzluksiz ravishda yangilab borishni ta‘minlovchi asosiy (boshlang‗ich) 
va joriy hisobga olish (ro‗yxatlar) turlaridan iborat bo‗ladi. 
Zonalarni dastlabki ro‗yxatdan o‗tkazishda (ro‗yxatlar tuzishda) ob‘ektlar 
identifikatsiya qilinadi, ularning miqdor va sifat tavsiflari, hodisalarning ro‗y 
berishi va ta‘siri dinamikasi qayd etiladi. Ob‘ektlarni identifikatsiya qilish usullari, 
zonalar tavsiflari tarkibi "Davyergeodezkadastr" qo‗mitasi bilan kelishgan holda 
tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadigan normativ hujjatlar bilan 
belgilanadi. Ro‗yxatdan o‗tkazish axborotlari va boshqa asosiy ma‘lumotlar 
kadastr daftariga yoziladi.
Joriy hisobga olishda boshlang‗ich hisobga olishdan keyin ro‗y bergan barcha 
o‗zgarishlar va ro‗y bergan yangi markazlari qayd etiladi. Qayd etilgan joriy 
o‗zgarishlar kadastr pasportiga va kadastr daftariga kiritiladi va Texnogen xavf 
yuqori bo‗lgan zonalarning davlat kadastri markazi va bosh kadastr markaziga 
beriladi. 
Texnogen xavf yuqori bo‗lgan zonalarni kadastr axborotlarini ishonchliligi 
uchun kadastrni yuritish zimmasiga yuklangan kadastr markazi va bosh kadastr 
markazi ob‘ektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning mansabdor shaxslari javob 
beradilar.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin