Davlat kadastrlari


Gidrotexnika inshootining xavfsizligi deklaratsiyasi



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/94
tarix30.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#150718
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   94
ДКА ох2018

Gidrotexnika inshootining xavfsizligi deklaratsiyasi
- gidrotexnika 
inshootining xavfsizligi asoslab beriladigan hujjat; 
Gidrotexnika inshootining xavfsizligi mezonlari
- gidrotexnika inshooti 
holatining va undan foydalanish shartlarining gidrotexnika inshooti avariyasi 
xavfining yo‗l qo‗yiladigan darajasiga muvofiq miqdor va sifat ko‗rsatkichlarining 
cheklangan qiymatlari; 
Gidrotexnika inshooti avariyasi xavfining yo„l qo„yiladigan darajasi

gidrotexnika inshooti avariyasi xavfining normativ hujjatlar bilan belgilangan 
qiymati. 
Madaniy meros ob‟ektlari 
tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‗zga madaniy 
qimmatga ega bo‗lgan yodgorliklar, ansambllar va diqqatga sazovor joylar; 
Yodgorliklar 
ayrim imoratlar, binolar va inshootlar, ularga taalluqli 
rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak san‘ati asarlari hamda shu imoratlar, 
binolar va inshootlarning tarixan tarkib topgan hududlari bilan birga, memorial 


196 
uylar, kvartiralar, qabristonlar, maqbaralar va ayrim qabrlar, monumental san‘at 
asarlari, fan va texnika (shu jumladan harbiy texnika) ob‘ektlari, xalq og‗zaki ijodi, 
numizmatika, epigrafika namunalari, antropologiya, etnografiya, kartografiya, 
fotografiya materiallari, kinofilmlar, ovozli-tasvirli yozuvlar hamda boshqa 
jismlardagi yozuvlar, adabiyot va san‘at asarlari, arxiv, qo‗lyozma va chizma 
hujjatlar, qadimgi qo‗lyozma kitoblar, harf terish usulida chiqarilgan dastlabki 
kitoblar, nodir va noyob nashrlar, notalar, muqaddas buyumlar va memorial 
xususiyatga ega bo‗lgan ashyolar, tosh haykallar, qoyaga o‗yib solingan tasvirlar, 
shuningdek tarixiy, ilmiy, badiiy va o‗zgacha madaniy qimmatga ega bo‗lgan 
arxeologiya yodgorliklari; 
Ansambllar 
tarixan tarkib topgan hududda aniq ko‗zga tashlanadigan 
istehkom, din, saroy, turar joyga oid, ijtimoiy, ma‘muriy, savdo, ishlab chiqarish, 
ilmiy, ma‘rifiy va boshqa ahamiyatga molik alohida turgan yoki birikkan 
yodgorliklar, binolar va inshootlar guruhlari hamda ular bilan bog‗liq bo‗lgan, 
tabiat manzarasi bilan umumiyligi yoki aloqadorligi tarixiy, arxeologik, me‘moriy, 
estetik yoki ijtimoiy-madaniy qimmatga ega bo‗lgan rassomlik, haykaltaroshlik, 
amaliy bezak san‘ati, me‘morchilik asarlari bilan birgalikda, shuningdek 
manzilgohlar tarixiy tarixlarining hamda uy-imoratlarning qoldiqlari, landshaft 
arxitekturasi va bog‗-rog‗ san‘ati asarlari (bog‗lar, istirohat bog‗lari, xiyobonlar, 
sayilgohlar); 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin