Ma’lum qilinishicha, 16−17 sentabr kunlari Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida Afg‘oniston vakillari qatnashmaydi. «Afg‘oniston vakillari SHHT sammitida qatnashmaydi. «Buning sababi shundaki, bugungi kunda tashkilotga a’zo davlatlarda Afg‘onistonning yangi hukumati hali rasman tan olinmagan», — deya tushuntiradi TASS’ning manbasi.
Qozog‘iston, birinchi navbatda, o‘tkir gumanitar muammolarni hal qilish uchun Afg‘onistonning yangi hukumati bilan konstruktiv ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga tayyor. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Tokayev ma’lum qildi. «Qozog‘iston Afg‘onistonni o‘zi va qo‘shnilari bilan tinch-totuv yashaydigan, barqaror, suveren va birlashgan davlatga aylanishi kerak deb hisoblaydi. Biz yangi hukumat bilan konstruktiv ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga tayyormiz, birinchi navbatda, bu gumanitar muammolarni hal qilish uchun kerak. Xalqaro hamjamiyat hozirgi burilish nuqtasida Afg‘onistonni hozirgi qiyinchiliklar bilan yolg‘iz qoldirmasligi kerak», deya keltiradi prezident matbuot xizmati rahbari Berik Uali Tokayevning so‘larini.
«Tolibon» 31 avgustgacha Afg‘onistondan chiqib keta olmagan AQShning 200 nafar fuqarosi va boshqa chet elliklarga mamlakatni tark etishga ruxsat beradi. Evakuatsiya payshanba kuni Kobul aeroportidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
2022 yilning 24 fevralida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi dunyo tartibiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. «Maxsus harbiy operatsiya», «natsizmga qarshi kurash» kabi shiorlar vaqt o‘tib tinch aholini qirish-o‘ldirish bilan davom etdi. O‘n oydan oshgan urush sabab, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, shu kungacha 7 mingga yaqin tinch aholi, shundan 429 bola o‘ldirildi, o‘n mingdan ortiq ukrainalik esa yaralandi.