Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi (Oʻzbekiston XDP) — Oʻzbekistondagisiyosiy partiyalardan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1991-yil 15-noyabrda roʻyxatga olingan.
OʻZLiDeP / Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
2003 yil 4-5 oktabr — bir guruh tashabbuskorlar - kichik biznes vakillari, tadbirkorlar va fermerlardan iborat mulkdorlar qatlami, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari hamda boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifoda etadigan va himoya qiladigan umummilliy siyosiy tashkilot, yaʼni partiya tuzish tashabbusi bilan chiqishdi.
OʻzMTDP / Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi
Oʻzbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi (OʻzMTDP) — Oʻzbekistondagisiyosiy partiyalardan biri. 1995 yilning 3 iyunida boʻlib oʻtgan taʼsis qurultoyida tashkil topgan.
SDP Adolat / Oʻzbekiston Adolat sotsial demokratik partiyasi
Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi („Adolat“ SDP) — Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. 1995-yil 18-fevralda partiya taʼsis qurultoyida tuzilib, dasturi va ustavi qabul qilingan va shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan.
Ekopartiya / Oʻzbekiston ekologik partiyasi
2019 yil 24 yanvardaAdliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Jamoat birlashmalari
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi
Oʻzbekiston Yoshlar kelajagimiz Jamgʻarmasi
Oʻzbekiston Maʼnaviyat va maʼrifat markazi
Oʻzbekiston Yuksalish Umummilliy Harakati
Jinoyat kodeksi (JK) - har qanday ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat ekanligini aniqlab beradigan, uni sodir etganlik uchun jazo va b. huquqiy taʼsir choralarini belgilaydigan jinoyat qonunlari majmui. Unda jinoyat qonunining meʼyorlari muayyan tizimga solinib, JK shakliga keltirilgan. OʻzR Jinoyat kodeksi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan meʼyorlariga asoslangan holda ishlab chiqilgan. Hozirgi JK 1994-yil 22 sent.da tasdiqlangan va 1995-yil 1 apreldan amalga kiritilgan. 2 qismdan — umumiy qism va maxsus qismdan iborat, ular yagona jinoyat qonunini tashkil etadi. Umumiy qismda jinoyat qonunining umumiy kqoidalari, javobgarlik asoslari, qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlar, jazo va uni tayinlash, javobgarlikdan va jazodan ozod qilish, voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari belgilab berilgan. Maxsus qismda jinoyatlarning turlari va ular uchun tegishli jazolarni tayinlaydigan meʼyorlar koʻrsatilgan. Umumiy qismda Maxsus qismdagi huquqiy meʼyorlarni amalda tadbiq qilish yoʻllari bayon etilgan.[1] 2021-yil Jinoyat kodeksining 244-moddasiga oʻzgartirish kiritilib, unda „ommaviy tartibsizlikka daʼvat qilganlik uchun“ javobgarlik belgilandi[2].