yoki yalpi ichki mahsulotning 5,6
foizini
tashkil etib, 2020-yil oxirida tasdiqlangan ko‘rsatkichga nisbatan 0,2 foiz
bandga oshgan (aniqlashtirilgan ko‘rsatkichga nisbatan 0,9 foiz bandga past).
Bunda konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari 245,2 trln. so‘mni va
daromadlari 204,5 trln. so‘mni tashkil etib, tasdiqlangan prognozlarga nisbatan mos
ravishda qo‘shimcha 28,9 trln. so‘m va 25,7 trln. so‘mga bajarildi.
2
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, 47-modda.
3
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Fuqarolar uchun byudjet” nomli axborot nashrlari asosida muallif
tomonidan tuzildi.
4
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Fiskal strategiya-2023-2025 ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.
Manba: openbudget.uz.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1456
2021-yildan boshlab tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga ajratiladigan
xarajatlar xalqaro tajribadan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiya-
lashgan byudjeti tarkibida aks ettirildi.
“2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi
qonun bilan 2022-yilda konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining cheklangan
miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilangan. Lekin tashqi ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy vaziyat va uning respublika iqtisodiyotiga salbiy ta’siridan kelib
chiqib, shuningdek 2022-yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarorlarida ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish lozimligi tufayli
2022-yilgi tasdiqlangan prognozlar, shu jumaladan byudjet ko‘rsatkichlari qayta ko‘rib
chiqildi.
Yalpi ichki mahsulotning yil boshidagi prognoz qilingan o‘sish ko‘rsatkichi 6,0
foizdan 4,0-5,0 foizgacha pasayishi baholanmoqda hamda ushbu holat tufayli davlat
byudjeti daromadlari qayta hisob-kitob qilindi.
Shuningdek, jahon bozorida oziq-ovqat va yonilg‘i mahsulotlari narxlarida
kuzatilayotgan tebranishlar natijasida O‘zbekistonda 2022-yilda inflyatsiya darajasi 12
foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekistonning asosiy eksport tovarlari
hisoblanadigan oltin, mis va tabiiy gaz narxlarining dunyo bozorida oshishi natijasida
byudjet daromadlari prognozining 11,8 foizga ortig‘i bilan bajarilishi kutilmoqda.
Shuning bilan birga, global iqtisodiy noaniqliklar oqibatida O‘zbekistonning tashqi
savdo operatsiyalaridagi uzilishlar, asosiy iste’mol tovarlarining narxlari oshishi bilan
mamlakat ichida yuzaga kelayotgan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish hamda aholi
to‘lov qobiliyati barqarorligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Buning natijasida
2022-yil oxirigacha davlat byudjeti xarajatlari 12 foizga oshishi kuzatildi.
Ko‘rsatib o‘tilgan tashqi siyosiy va iqtisodiy vaziyat ta’sirini yumshatish uchun
hukumat tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida konsolidatsiyalashgan byudjet
taqchilligining 2022-yil uchun tasdiqlangan yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz
miqdori qayta ko‘rib chiqilib, qo‘shimcha 1 foiz bandga oshishi, ya’ni O‘zbekiston
Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligi 2022-yilda yalpi ichki
mahsulotga nisbatan 4,0 foiz miqdorida bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 2022-yilgi kutilayotgan konsolidatsiyalashgan
byudjeti taqchilligi - umumiy fiskal taqchillik yalpi ichki mahsulotning 4,0 foizi
atrofida bo‘lishi baholanmoqda. Jahon iqtisodiyotidagi salbiy o‘zgarishlar, shu
jumladan Rossiya davlatiga nisbatan kundan-kunga kuchayib borayotgan sanksiyalar
oqibatlarining, jahon bozoridagi neft, gaz, mineral o‘g‘itlar hamda oziq-ovqat narxlari
inflyatsiyasining, ya’ni bug‘doy, shakar, o‘simlik yog‘i kabi muhim xomashyo
tovarlari narxlari oshishining ichki bozordagi narxlarga ta’siri davlat byudjetiga yangi
vazifalarni qo‘ymoqda.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1457
2-jadval
Konsolidatsiyalashgan byudjetning taqchillik holati tahlili
5
Ko‘rsatkichlar
2020-yil
2021-yil
2022-yil
2023-yil
(prognoz)
trln.
so‘m
YaIM ga
nisb.%
trln.
so‘m
YaIM ga
nisb.%
trln.
so‘m
YaIM ga
nisb.%
trln.
so‘m
YaIM ga
nisb.%
Konsolidatsiyalashgan
byudjet taqchilligi
-26,1
4,5
-40,8
5,6
-34,5
4,0
-32,5
3,0
Davlat byudjeti va
DMJlar taqchilligi
-13,4
2,3
-19,2
2,7
-27,5
3,1
-24,7
2,0
Tiklanish va taraqqiyot
jamg‘armasi taqchilligi
-3,8
0,7
-14,0
1,9
-0,1
0,1
-
-
Tashqi qarz hisobidan
davlat dasturlariga
xarajatlar
-8,9
1,5
-7,6
1,0
-6,9
0,8
-7,8
1,0
2020-yilda davlat maqsadli jamg‘armalarining tarkibida Inqirozga qarshi kurash
jamg‘armasining mablag‘lari mavjud bo‘lgani hamda uning shakllanishi uchun byudjet
parametrlarida daromadlar ko‘zda tutilmaganligi bois ushbu yilda taqchillik darajasi
birmuncha yuqori bo‘lgan.
2021-yilda konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligi pandemiyadan keyingi
davrda iqtisodiy faollikning pasayishi, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash
maqsadida soliq imtiyozlarining taqdim etilishi sababli davlat byudjeti yo‘qotishlari,
ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlariga qo‘shimcha mablag‘lar ajratish hamda
iqtisodiyotning ko‘plab sohalarida tuzilmaviy o‘zgarishlar sababli xarajatlarning
oshishi hisobiga kelib chiqqan.
Bundan tashqari, yillar davomida yig‘ilib kelgan investitsion yetishmovchiliklar
sababli ayrim infratuzilma loyihalari hamda iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlari
oxirgi yillarda faol moliyalashtirildi. Bu loyihalarni davlat byudjetining joriy
daromadlari hisobidan ta’minlash imkoni bo‘lmaganligi sababli taqchillikni oshirish
hisobiga amalga oshirildi.
2022-yilgi konsolidatsiyalashgan byudjetning taqchilligi tasdiqlangan parametrga
nisbatan oshishi asosan tashqi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib, aholi turmush
darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘lamini kengaytirish, fuqarolarni
ijtimoiy himoya qilish va ehtiyojmand oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashni yanada
kuchaytirish, ularning daromadlarini izchil oshirish tadbirlarini, 2022 - 2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini
ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida, xotin-
qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida
faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturda belgilangan tadbirlarni, mahallalarda
5
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashrlari, Fiskal strategiya-2023-
2025 ma’lumotlari hamda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-813-son Qonunining “2023-yil
uchun O‘zbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalashgan byudjetining jamlanma parametrlari hamda 2024-2025 yillarga
byudjet mo‘ljallari” deb nomlangan 1-ilovasi asosida muallif tomonidan tuzildi. Manba: openbudget.uz.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1458
yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish
uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishi bilan izohlanadi.
Shu bilan birga, oziq-ovqat narxlarining inflyatsiyasi, bug‘doy bozorining to‘la-
to‘kis liberalizatsiya qilinishi tufayli 2022-yil 1-iyundan mahalliy un va qolipli non
narxining erkinlashtirilishi, shuningdek 1-iyuldan tabaqalashtirilgan elektr energiyasi
va tabiiy gaz tariflarining o‘rnatilishi byudjet tashkilotlarining ushbu tovar va xizmatlar
uchun xarajatlari oshishiga olib keldi.
Ma’lumki, davlatning markazlashgan pul fondi bo‘lmish davlat byudjetiga turli
manbalardan va turli vositalar (soliqlar, yig‘imlar, bojlar, majburiy to‘lovlar) orqali
mablag‘ to‘planadi, o‘z navbatida, bu mablag‘lar turli maqsadlarda va yo‘nalishlarda
sarflanadi (masalan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, iqtisodiyot, davlat
boshqaruvi va sh.k.). Bunda aniq bir daromad turi ma’lum bir xarajat turini qoplash
uchun biriktirilmaydi. Shu jihatdan davlat byudjeti universal pul fondi hisoblanadi.
Lekin amaldagi byudjet qonunchiligi mablag‘larning aniq yo‘nalishlar, xarajat
guruhlari va moddalari bo‘yicha sarf etilishini talab etadi. Bunday sharoitda alohida
ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarni aniq manbalar hisobidan mablag‘ bilan barqaror
ta’minlab borish zarurati tug‘iladi, chunki iqtisodiyotdagi keskinlik, nobarqarorlik va
ularning natijasi o‘laroq, byudjetdagi yetishmovchiliklar davrida aynan ushbu
maqsadlar uchun mo‘ljallangan xarajatlarni kamaytirish xavfi yuzaga keladi. Shuning
uchun ham jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim yo‘nalishlarini
aniqlab olish va mablag‘larning maqsadli ishlatilishini ta’minlash muhim ahamiyat
kasb etadi.
Ushbu holatlar bir qator umumdavlat vazifalarini moliyalashtirish uchun tegishli
byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarni tashkil etish uchun jiddiy asos bo‘lib
xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga kiruvchi
davlat maqsadli fondlari, davlat byudjeti kabi, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining har moliyaviy yil uchun qabul qilinadigan “O‘zbekiston
Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari
asosida tuziladi va amal qiladi.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, DMJlar soni ortib bormoqda, shunga
mos ravishda ular uchun davlat byudjetidan maqsadli transfertlarning ham miqdor
jihatdan ortib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Byudjetdan ajratilayotgan
transfertlar 2020-yilda DMJlar jami xarajatlarining 30,1 foizini, 2021-yilda 30,7 foizini
tashkil qilgan bo‘lsa, 2022-yilning prognoz ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki,
transfertlar DMJlar xarajatlarining eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lgan 43,4 foizini, 2023-
yil prognozlari bo‘yicha esa 42,5 foizini tashkil qilmoqda. Bu holat DMJlar davlat
byudjetiga ayniqsa bog‘liq ekanligini, ular xarajatlarining qariyb 1/3 qismi byudjet
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1459
mablag‘lari hisobidan maqsadli transfert shaklida qoplanayotganligini, bu borada
DMJlarining barqarorligi masalasi jiddiy tadqiq qilinishi lozimligini anglatadi.
Konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga kiruvchi davlat maqsadli fondlarining
tahlil qilinayotgan yillardagi ijrosi holati quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi (3-
jadval):
3-jadval
O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibidagi davlat
maqsadli jamg‘armalarining daromad va xarajatlari ijrosi tahlili
6
Dostları ilə paylaş: |