Давлат мукофотига номзод


G’ijduvon tumani 33-sonli umumiy o‘rta maktabida



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə4/4
tarix21.12.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#77089
1   2   3   4
Metod birlashma ustama 10 %

G’ijduvon tumani 33-sonli umumiy o‘rta maktabida
navbatdan tashqari o‘tkazilgan,,Tarbiya va ijtimoiy fanlar uslubbirlashma” yig`ilishi


BAYONNOMASI № dan ko‘chirma
.05.2021
Qatnashdi: Yig‘ilish raisi: E. Sobirov maktab O‘IBDO‘
Kotibi: Samadov Mirzabek Tarbiya va ijtimoiy fanlar uslub birlashma kotibi
Kun tartibi:
1. Maktabning tarix fan o ‘qituvchisi Feruza Abdrimovaning
ish faoliyatini ommalashtirish haqida


Eshitildi:
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan yig`ilish raisi so‘zga chiqib, maktabning tarix fani o‘qituvchisi Abdrimova Feruzaning ish faoliyati haqida gapirdi.
Maktabning tarix fan o‘qituvchisi Abdrimova Feruza 6 yildan buyon dars berib kelmoqda.
O ‘z ish faoliyati davomida kuchli ilmiy salohiyat,tashbbuskorligi ,izlanuvchanligi bilan pedagogik jamoa oldida namuna ko ‘rsata oldi.
O‘quvchilari tuman,viloyat miqyosida o‘tkaziladigan turli tadbirlarda, fan olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashib,tuamnda I va viloyatda III o‘rinni qo‘lga sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Tarix fani o‘qituvchisi Abdrimova Feruzaning ish faoliyatini ommalashtirishga tavsiya qilish mumkin.
So ‘zga chiqdilar:
So‘zga chiqqan O ‘TIBDO‘ H.Xudayorova ham tarix fan o‘qituvchisi Feruza Abdrimovaning darslarini yangi pedtexnologiyalar asosida AKTdan unumli foydalangan holda tashkil qilishini aytib o‘tdi.

Qaror qiladi:

1. Kun tartibida ko‘rilgan masala yuzasidan berilgan axborotlar ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Maktabning tarix fan o ‘qituvchisi Abdrimova Feruzaning ish faoliyati metodik tavsiyasi maktab miqyosida ommalashishga tavsiya qilinsin
3.Abdrimova Feruzaning ish tajribasi maktab miqyosida ommalashtirishga tavsiya qilinsin .

Yig‘ilish raisi: H.Xudayorova


Kotiba: N.Saidova

Yangibozor tumanidagi 19-son maktabning ijtimoiy fanlar


uslubbirlashmasining “Ta`lim-tarbiya jarayonida va o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishdagi bo‘shliqlarini to‘ldirish usullari to‘g`risida tavsiya ”
mavzusida uslub birlashma rahbari
Abdrimova Feruza tomonidan I-chorak sentabr oyi uchun

Ma`lumotnoma


Hozirga zamon talabidan kelib chiqb,shuni aytish kerakki avgust sho‘basida bizning ijtimoiy fanlar uslubbirlashmasida e`lon qilinganidek barcha o‘qituvchilarga mavzularni tushuntirishda va ularni o‘quvchilarga yetkazishda asopsan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish haqida fikrlar aytildi asaosan bu pedagogik texnologiyalar haqida fikr almashdi. Jumladan bu texnologiyalar asosida ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni xususiyatlariga ko’ra tasniflash,Kirish Fanni o`qitishdan maqsad Fanning o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog`liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni.Tarix o‘qitishning innovatsion texnologiyalarilari fanini o‘qitishda quyidagi vositalardan foydalaniladi .Innovatsion texnologiya haqida tushuncha Ta`limni rivojlantirishning yangi bosqichida Innovatsion texnologiyaning ahamiyati.Innovatsion texnologiya haqida tushunchalar berildi. Ijtimoiy uslub birlashmasidagi fanlarga asosan sanalr shaxslarning ismlari amalga oshirgan ishlari haqida ma`lumotlarni eslab qolish o‘quvchi uchun biroz qiyinchilik tug`diradi shuni hisobga olib,SWOOT jadvali ,Venn diagrammasi,T jadvali haqida uslubbirlashma o‘qituvchilariga zamonaviy pedagogic texnologiyalar haqida aytib o‘tdim.

Uslubbirlashma rahbari: F.Abdrimova


Yangibozor tumanidagi 19-son maktabning ijtimoiy fanlar
uslubbirlashmasining “Ta`lim-tarbiya jarayonida va o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishdagi bo‘shliqlarini to‘ldirish usullari to‘g`risida tavsiya ”
mavzusida uslub birlashma rahbari
Abdrimova Feruza tomonidan II-chorak dekabr oyi uchun

Ma`lumotnoma


XXI asr texnologiyasi yangi bilimlarni egallash,mustaqil ishlash texnologiyasi ta`lim tarbiya sohasida o‘quvchilarning bilim olishi va ularni yetkazib berish uchun barcha shart-sharoitlar tayyorlab qo‘yilgan zamonda yashayapmiz,shulardan kelib chiqib,

ars texnologiyasi, yangi bilimlarni egallash, mustaqil ishlash texnologiyasi va boshqa). 


O’zbekistonda ta'lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri ―shaxs manfaati va 
ta'lim ustuvorligi―dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli 
ta'limning yangi modeli yaratildi. 
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan bu modelni amalga oshirish bilan hayotimiz 
jabhalarida ro’y beradigan ―portlash effekti― natijalari ro’y-rost ko’rsatib berildi, ya'ni:
- ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta'sir qiladi va natijada mamlakatimizdagi mavjud muhit 
butunlay o’zgaradi.; 
- insonning hayotidan o’z o’rnini topXXI asr texnologiyasi yangi bilimlarni egallash ish jarayoni tezlashadi; 
- jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning shakllanishiga olib keladi; 
- jamiyatimizning potentsial kuchlarini ro’yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi; 
- fuqarolik jamiyati qurishni ta'minlaydi, model vositasida dunyodan munosib o’rin olishga, 
o’zbek nomini yanada keng yoyib tarannum etishga erishiladi.
―Portlash effekti― sari shijoat bilan qadam tashlash, yo’llarida uchraydigan qiyinchiliklarni 
bosqichma-bosqich va izchil hal etish masalalari nafaqat pedagog nazariyachi va 
amaliyotchilarni junbushga keltiradi, balki jamiyatimizni to’liq pedagoglashtirish muammosini 
ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Demak, jamiyatimizning har bir fuqarosini 
tarbiyashunoslik asoslari bilan tanishtirish, yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga yetkazish 
jarayonini yangi pedagogik ―qurol― va vositalar bilan ta'minlash davr taqozosidir. 
Pedagogik texnologiya (PT) - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3-ming yillikda 
davlatimiz ta'lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba 
yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari 
tizimli ravishda shakllantiriladi.
Ma'lumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan, 
avtoritar va soxta tafakkurlash usulidan voz kechgan, sabrbardoshli, qanoatli, o’zgalar fikrini 
hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini 
shakllantirishni ko’zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning yechimi qaysi darajada 
ta'limni texnologiyalashtirish bilan bog’liq? 
Dastlab ―texnologiya― tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z texnikaviy taraqqiyot bilan 
bog’liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan - ―texnos― (techne) - san'at, 
hunar va ―logos― (logos) - fan so’zlaridan tashkil topib ―hunar fani― ma'nosini anglatadi. Biroq 
bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har 
doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan 
ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon - 
bu mehnat qurollari bilan mehnat ob'ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta'sir etish 
natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta'rifni 
tadqiqot mavzusiga ko’chirish mumkin, ya'ni: PT - bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’qitish 
(tarbiya) vositalari yordamida o’quvchi(talaba)larga muayyan sharoitda ta'sir ko’rsatishi va bu 

faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarni intensiv shakllantirish 


jarayonidir. 
Yuqorida keltirilgan ta'rifdan  ko’rinib turibdiki, PT tushunchasini izohlashda texnologiya 
jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta'riflar soni pedagogik 
adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik nashrlarda ―texnologiya― atamasining xilma-xil 
ko’rinishlarini uchratish mumkin: ―o’qitish texnologiyasi―, ―o’quv jarayoni texnologiyasi―, 
―ma'lumot texnologiyasi― va hokazo.
o’qitish texnologiyasi PTga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma'noni 
anglatmaydi, chunki u ma'lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini 
o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan 
bir jinslidir. 
PT esa ma'lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va ―o’qituvchi - pedagogik 
jarayon – o’quvchi (talaba)― funktsional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. 
Hozirgi kunda o’qituvchilar metodikani ko’p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. 
Shu boisdan  bu tushunchalarni aniqlashtirish kerak bo’ladi. Metodika o’quv jarayonini tashkil 
etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Metodikadan ko’zlangan maqsad 
predmet mavzulariga oid nazariyalarni aniq hodisalar tekisligiga ko’chirishdir. Misol uchun, gaz 
qonunlarini tushunchalarini shakllantirish metodikasi yoki energiyaning saqlanish qonunini 
fizika kursining elektr bo’limida qo’llash metodikasi va hokazolar.
PT o’qitish jarayoning o’zaro bog’liq qisimlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, 
bosqichlarni qurish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan 
holda belgilangan maqsadga erishishni ta'minlaydi. Yoxud PT o’qituvchining kasbiy faoliyatini 
yangilovchi va ta'limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’indisidir. Texnologiya 
o’zining egiluvchanligi, natijalarning turg’unligi, samaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati 
bilan metodikadan farqlanib turadi. 
Shu bilan birgalikda ma'lum vaqt davomida PT o’quv jarayonini texnik vositalar yordamida 
amalga oshirish, deb qarab kelindi. Faqat 70 - yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu 
tushunchaning mohiyati yangicha talqin etila boshlandi. Yapon olimi T.Sakamoto tomonidan 
―o’qitish texnologiyasi - bu o’qitishning maqbulligini ta'minlovchi yo’l-yo’riqlar tizimi bilan 
bog’liq bilimlar sohasi― ekanligi e'tirof etiladi (32, 126). 
Ob'ektiv borliqni o’rganishning tizimli yondashish metodi fanda keng ko’lamda 
qo’llanilgach, uning ta'siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga ham aniqlik kiritildi: rus 
olimasi N.F. Talizina texnologiyani ―belgilangan o’quv maqsadiga erishishning oqilona 
usullarini aniqlashdan iborat― deb tushuntiradi. Shuningdek, olima zamonaviy o’qitish 
texnologiyasi haqida fikr yuritib, uni alohida fan sifatida qarash lozimligini uqtiradi: ―o’qitish 
texnologiyasi - bu o’quv jarayonini nima real tavsiflasa o’sha, o’qituvchiga o’rnatilgan 
maqsadlarga erishish uchun nimaga tayaanish zarur bo’lsa o’sha. Bu alohida fan. (26,93). 
PTni fan sifatida e'tirof etish K.K.Selevko tomonidan ham ma'qullandi: ―Pedagogik 
texnologiya o’qitishning birmuncha oqilona yo’llarini tadqiq qiluvchi fan sifatida ham (ta'kid 
bizniki - N.S.), ta'limda qo’llaniladigan usullar, printsiplar va regulyativlar sifatida ham, real 
o’qitish jarayoni sifatida ham mavjuddir‖ (24,15). Olimning ta'kidlashicha ―pedagogik 
texnologiya‖ tushunchasi ta'lim amaliyotida uch ierarxik darajada ishlatiladi: 
Umumpedagogik 
(umumdidaktik) 
daraja: 
umumpedagogik 
 
(umumdidaktik, 
umumtarbiyaviy) texnologiya ma'lum mintaqada, o’quv yurtida, ma'lum o’qitish bosqichida 
yaxlit ta'lim jarayonini tavsiflaydi. 
Xususiy metodik ( predmetli ) daraja: xusuiy predmetli PT ―xususiy metodika‖ ma'nosida 
qo’llaniladi, ya'ni ta'lim va tarbiyaning aniq mazmunini joriy etish metodlari va vositalari 
yig’indisi sifatida bir predmet. sinf, o’qituvchi doirasida qo’llaniladi (fanlarni o’qitish 
metodikasi, o’qituvchi, tarbiyachining ishlash metodikasi). 
Lokal (modulli) daraja: lokal texnologiya o’zida o’quv - tarbiyaviy jarayonning ayrim 
qismlarini, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalar yechimini o’zida mujassamlashtiradi 

(alohida faoliyat turlari texnologiyasi, tushunchalarni shakllantirish, alohida shaxs sifatlarini 


tarbiyalas 
I.Ya.Lernerning fikricha, PT - ―o’quvchilar harakatlarida aks etgan o’qitish natijalari orqali 
ishonchli anglab olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalashni taqozo etadi― (13).
Yuqorida keltirilgan ta'riflardan ko’rinib turibdiki, PT belgilangan boshlang’ich maqsad va 
mazmun asosida o’quv jarayonini loyihalash sifatida talqin etiliyapti. Bu bir jihatdan to’g’ri, 
lekin teranroq fikr yuritilsa uning bir yoqlamaligi ko’zga yaqqol tashlanadi yoki bunday 
yondashuvlarda o’quvchi shaxsi inkor etilayapti. Bu kamchilikni birinchi bo’lib akademik 
V.P.Bespalko payqadi va o’zining yirik asarida ―PT - bu o’qituvchi mahoratiga bog’liq 
bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish 
jarayonining loyihasidir― deb ta'rifladi (5). Bu ta'rif mazmunidan muhim ilmiy printsiplarni 
alohida ajratib ko’rsatish mumkin: 
- PT o’quvchi(talaba)larda ma'lum ijtimoiy tajriba elementlarini shakllantirish uchun 
loyihalanadi; 
- loyihalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan o’qituvchisidan katta mahorat talab 
etmaydi; 
- yakuniy natija, albatta, kafolatlanadi. 
 PT tushunchasini oydinlashtirishga qaratilgan ta'riflarning xilma-xilligi, bir tomondan, 
rivojlangan mamlakatlarda bu mavzuning u yoki bu darajada yechilganligini ko’rsatsa, ikkinchi 
tomondan, PTni amaliyotga joriy etishga bo’lgan urinishlar natijasini ifodalaydi.
Qator yillar davomida PT nazariyasi va amaliyoti bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda 
o’rganilib kelindi. Natijada o’qitish jarayonini takomillashtirishga yoki o’quvchilarning bilish 
faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan u yoki bu ilg’or metodikalar texnologiyalar darajasiga 
ko’tarila olmay asta-sekinlik bilan o’z mavqeini yo’qotib pedagogika fanidan uzoqlashib 
ketmoqdalar. Misol uchun, 60-yillarda katta shov-shuvga sabab bo’lgan ―Dasturli ta'lim― 
(Programmirovannoe obuchenie) yoki 70-yillarda sobiq ittifoq miqyosidagi ―Shatalovchilik 
harakat―ini eslash kifoya. 
Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga 
imkoniyatlar yetarli. Nazariya va amaliyot birligining ta'minlanishi PTning asl mohiyatini 
aniqlashga yo’l ochadi. Fikrimizcha, yangi PT pedagogika fanining alohida tarmog’i sifatida 
yoki faqat ta'lim amaliyotini maqbullashtirishga yo’naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. 
PT bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. 
Darvoqe, PTga ―yangi― so’zini qo’shib ishlatilishi nazariyachi olimlar va o’qituvchilarni bir 
qadar o’ylantirib qo’ydi, endilikda ta'lim-tarbiya jarayonini loyihalashga eskicha yondashish 
mumkin emasligini anglashga harakat qilmoqdalar. Shunday ekan, ―yangi PT― nimani anglatadi? 
Bu savolning yechimini izohlashga harakat qilamiz. 
Birinchidan, PT ta'lim (tarbiya) jarayoni uchun loyihalanadi va belgilangan maqsadni 
yechishga qaratiladi. Binobarin, har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniq belgilab 
beradi va shunga mos holda ma'lum pedagogik tizim (maktab, kollej, oliy o’quv yurti) mavjud 
bo’ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o’z ta'sirini o’tkazadi va ta'lim-tarbiya 
maqsadini umumiy holda belgilab beradi. ―Maqsad― esa pedagogik tizimning qolgan 
elementlarini o’z navbatida yangilash zaruratini keltirib chiqaradi. 
Kadrlar tayrlashning milliy dasturi ta'lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo’nalishga burdi, 
ya'ni: ―o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitdan to’la xolis etish, rivojlangan 
demokratik davlatlar darajasida yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beradigan yuqori 
malakali kadrlar tayyorlash― deb belgilanadi. Demak, ta'lim-tarbiyaning maqsadi butunlay 
yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, pedagogik jarayonning ham yangilanishi 
tabiiydir. 
Ikkinchidan, fan va texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda 
kengayib boryapti, auditoriyaga o’qitish imkoniyatlari katta bo’lgan yangi texnologiyalar 
(sanoat, qishloq xo’jaligi, elektron, axborot va boshqa) kirib kelmoqda. Ro’y berayotgan sifatiy 
o’zgarishlar shundan dalolat beradiki, endilikda ―o’rganish―ning birlamchi jarayonlari an'anaviy 

metodika va o’qitish vositalari romiga sig’may, o’qituvchining individual qobiliyatariga mos 


kelmay qoldi. Yangi metodikalarni talab etadigan va ta'lim jarayonining ajralmas qismiga 
aylanib borayotgan va unga o’zining ma'lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, 
axborotli, poligrafik, audiovizualli vositalar mavjudki, ular yangi PTni real voqelikka aylantirdi. 
PT mohiyat jihatdan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari 
qatori o’z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga ega, ma'lum ―material― bilan ish ko’radi. 
Biroq PT inson ongi bilan bog’liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli 
bo’lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish, biologik, hatto axborotli 
texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o’ziga xos tomonlari - tarbiya komponentlarini 
mujassamlashtirganidir. 
PT boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an'anaviy o’quv 
jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta'sir ko’rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. 
Afsuski, bu jarayon hozirgi ta'lim tizimida juda qiyin kechyapti, haqiqiy kompyuterli PT 
o’zining ilmiy ishlanmasini kutyapti: ―kompyuterlarning shu kundagi qo’llanishi - ekstensivlik 
xolos: an'anaviy o’quv kurslari shunchaki ekran monitoriga joylashtirilyapti―(7). Shu yerda PT 
va axborot texnologiyasi o’rtasidagi o’zaro munosabatni oydinlashtirish lozim bo’ladi. Keyingi 
vaqtlarda ba'zi bir olimlar (ayniqsa informatika fani vakillari) PTni axborotlashtirishga qo’shish 
yoki tenglashtirish (ba'zan ustun qo’yish)ni yoqlamoqdalar. Bu urinishlar agar xato bo’lmasa, 
shubhasiz ―podadan oldin chang chiqarishdir―. o’quv-tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirish 
tarixiy (ayniqsa XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab) voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish 
bu jarayondagi inqilobiy ―burilish―, uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan aytganda ta'limda 
axborot texnologiyasi - bu ―o’quvchi - kompyuter― o’rtasidagi muloqotdir. 
Axborotli texnologiya PTning tarkibiy qismi, texnik vositalarning mukammallashgan 
zamonaviy turi sifatida ta'lim jarayonida qo’llanila boshlandi. Kelajakda iqtisodiy bo’hronlar 
ortda qolib o’quv yurtlari dasturli ―mashina― bilan yetarli darajada ta'minlanadi. Shundagina 
axborotli texnologiya asosida o’quvchi (talaba)larning bilish faoliyatini tashkil etish va 
boshqarish imkoniyati tug’iladi va u o’qituvchining yaqin ko’makdoshiga aylanadi yoki uning 
funktsiyalarini to’liq bajarishi mumkin. 
Ta'limni texnologiyalashtirish ob'ektiv jarayon ekanligini, zamonaviyligi esa ilmiy-texnik 
taraqqiyot yo’nalishi bilan belgilanishini e'tirof etgan holda PTning o’ziga xos tomonlari va 
yaqin kelajakda u bilan bog’liq vazifalarni belgilashga harakat qilamiz: 
1) ko’p bosqichli ta'lim tizimida PTning o’rnini aoslash va zaruriy tavsiyanomalar ishlab 
chiqish; 
2) zamonaviy sanoat, tibbiyot, iqtisodiyot, ekologiya, ergonomiya kabi soha texnologiyalari 
bilan PTlarni muntazam ravishda yangilab borish va tabaqalashtirilgan yondashuv asosida ularni 
qo’llash mezonlarini aniqlash; 
3) istiqbolli o’qitish vositalarini yaratish va ularga tayangan holda ilg’or PTlarni loyihalash, 
amaliyotga joriy etish, ommalashtirish va samarasini aniqlash; 
4) tegishli boshqaruv organlari (Ta'lim markazlari) tomonidan o’quv muassasalari faoliyatida 
yangi PTlarni tadbiq etilishi darajasini nazorat qilish va baholash; 
5) respublikamizdagi oliy (o’rta maxsus, kasb-hunar, maktab) ta'lim tizimida faoliyat 
ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilarni malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida ilg’or 
pedagog va axborot texnologiyalari bo’yicha yangi bilimlar tizimi bilan qurollantirishni uzluksiz 
tashkil etish;
6) oliy o’quv yurtlari talabalari, ayniqsa, mutaxassis-pedagog (iqtisodchi-pedagog, 
huquqshunos-pedagog, muxandis-pedagog va boshqa)lar uchun 40 soat hajmida PT nazariyasi va 
amaliyoti bo’yicha maxsus kurs joriy etish; 
7) respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan ijodkor o’qituvchilar ish uslublarini muntazam 
o’rganib borish va ular tomonidan yaratilgan metodikalarni yangi pedagogik texnologiya 
darajasiga ko’tarish borasidagi ishlarni amalga oshirish; 
8) o’qituvchi faoliyatini pedagogik texnologiya qonuniyatlariga moslashtirish muammolari 
va boshqalar. 

Xo’sh, belgilangan vazifalarni amalga oshirish va nazorat qilishni kim o’z zimmasiga olishi 


mumkin? Xalq ta'limi vazirligimi yoki Oliy ta'lim vazirligi? Ehtimol, Ta'lim markazlarining 
vazifasidir? Yoki har qaysi ta'lim muassasalari o’z holicha yechaveradimi? Biz bu savollar bilan 
ta'lim sohasidagi u yoki bu boshqaruv organlariga vazifa yuklash fikridan yiroqmiz. Ayni shu 
kunlarda vakolatli davlat organlarining kun tartibida ham PT muammolari turganligiga shubha 
yo’q.
Fikrimizcha, ilg’or pedagogik texnologiyalarni loyihalash va hayotga tadbiq etish muammosi 
mamlakatimizda ham rivojlangan davlatlar qatori yangi korxona - ―Pedagogik texnologiya 
Davlat Markaz―ini tuzishni taqozo etadi. Agar shunday Markaz tashkil etilsa, birinchi navbatda 
―portlash effekti― sari yo’lni qisqartirishga hissa qo’shgan bo’lardi. Uchinchi ming yillikda ta'lim 
taraqqiyotining haqqoniy dvigateli sifatida o’qituvchi faoliyatini yangilashga, ta'lim-tarbiya 
jarayonini maqbul (optimal) qurishga, talaba yoshlarda hurfkrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga 
sodiqlik, insonparvarlik tuyg’ularini shakllantirishga ijobiy ta'sir ko’rsatar edi. 
Yangi o’zbek davlatchiligining tamal toshi qo’yilyapti: ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy, 
mafkuraviy sohalarda tub islohatlar amalga oshirilmoqda. Ta'lim-tarbiya sohasining isloh 
qilinishi pedagogika fanini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi. Endilikda 
kishilik jamiyati tomonidan uzoq yillar davomida yaratilgan tarbiyashunoslik tajribalarini 
o’rganish va tadqiq qilish ishlari keng yo’lga qo’yildi. 
Sho’rolar tuzumi davrida barcha ijtimoiy fanlar kabi pedagogika ham mafkura qobig’i bilan 
o’ralgan, uning rivojlanish me'yori cheklangan, ilg’or chet mamlakat g’oyalari esa burjua 
g’oyalari, deb tanqid qilinar va rad etilar edi. holbuki har qanday g’oya ham o’zida ma'lum ijobiy 
jihatlarni mujassamlashtirishi mumkin, ularni amaliyotga joriy etish foydadan xoli emas edi. 
Jumladan, pedagogik texnologiya (PT) ham burjua didaktikasiga tegishli yo’nalish sifatida qarab 
kelindi va bu muammoni tadqiqot ob'ektiga aylantirish iloj yo’q edi. 
Bugun mamlakatimiz istiqloli sharofati tufayli barcha fan sohalarini rivojlangan davlatlarda 
to’plangan tajribalar asosida tahlil qilish va yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud. 
Umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o’rganish  va hayotimizga tadbiq etish davri keldi. Milliy 
dasturda ta'kidlanganidek, yaqin kelajakda ―kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro 
huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustuvor yo’nalishlari ro’yobga chiqariladi, 
xalqaro ta'lim tizimlari rivojlantiriladi―. 
Bu faslda biz pedagogik texnologiya nazariyasining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixiga 
nazar tashlaymiz. 
30-yillarda ―pedagogik texnika― tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo bo’ldi va u o’quv 
mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yo’naltirilgan usul va vositalar yig’indisi 
sifatida qaraldi. Shuningdek, bu davrda PT deb o’quv va laboratoriya jihozlari bilan muomala 
qilishni uddalash, ko’rgazmali qurollardan foydalanish tushunildi. 
40-50 yillarda o’quv jarayoniga o’qitishning texnik vositalarini joriy etish davri boshlandi. 
Ayniqsa kino, radio, nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi PTga tenglashtirildi. 
60-yillarning o’rtalarida bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik nashrlarda keng 
muhokamaga tortildi. 1961 yildan boshlab AQShda ―Pedagogik texnologiya― (Educational 
Technology), 1964 yildan Angliyada ―Pedagogik texnologiya va dasturli ta'lim― (Technoogy and 
pragrammed Learning), Yaponiyada esa 1965 yildan ―Pedagogik texnologiya― (Educational 
Technology) jurnallari chop etila boshlandi. 1971 yilda xuddi shu nomli jurnal Italiyada chiqarila 
boshlandi. 
PT muammosining o’ta dolzarbligi hisobga olinib, uning ilmiy asoslarini tadqiq qilish 
maqsadida maxsus korxonalar tuzildi. Misol uchun, 1967 yilda Angliyada pedagogik 
texnologiya Milliy Kengashi (National council for Educational Technology) tashkil etildi va 
1970 yildan boshlab ―Pedagogik texnologiya jurnali― (Jornal of Educational Technology) chiqa 
boshladi. AQShning qator universitetlari va ilmiy markazlarida ham PT muammolariga jiddiy 
e'tibor berildi. 1971 yilda maxsus ―Kommunikatsiya va texnologiya Assotsiatsiya―si 
(Association for Educational Communications and Technology) faoliyat ko’rsata boshladi. 

hozirgi kunda bu tashkilotning barcha shtatlarda va Kanadada 50 dan ziyod filiallari ishlab 


turibdi. 
Yaponiyada PT muammolari bilan to’rtta ilmiy jamiyat shug’ullanmoqda, faol harakatdagi 
pedagogik texnologiya Markaziy Kengashining 22 ta davlat universitetlarida markazlari mavjud. 
har uch oyda yapon tilida chiqadigan ―Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar― 
(Educational Technology Reslarch) jurnallarida yirik olimlarning ilmiy ishlari o’z o’rnini 
topmoqda. Yaqinda Umumyapon pedagogik texnologiya Markaziy Kengashi (The Japanese 
Council of Technologu Centers) tuzilib, bu sohada xalqaro aloqalar o’rnatish ishlari bilan 
mashhur. 
Didaktikaning bu yo’nalishiga e'tibor nihoyatda oshib borishini 70-yillarda o’tkazilgan qator 
xalqaro konferentsilar tasdiqlaydi. Shunday xalqaro konferentsiyalar 1966 yildan boshlab har yili 
bahorda Angliyada o’tkazilib kelinadi va anjuman materiallari ―Pedagogik texnologiya jihatlari‖ 
(Aspects of Educational Technologu) nomida nashr qilinadi. 
Shu kabi ma'lumotlarni keltirishni g’arb davlatlari misolida yana ham davom ettirish 
mumkin, biroq 1-rasm bunga ehtiyoj qoldirmaydi. Yuqoridagilarning o’ziyoq PT pedagogika 
nazariyasi va amaliyoti sohasidagi alohida hodisa sifatida diqqat markazda turganligini, 60-
yillardan boshlab chet ellarda yangi yo’nalish sifatida shakllanganligini ta'kidlab turibdi. 
Tahlillarning ko’rsatishicha, bu davrda PT ikki yo’nalishda muhokama qilindi va rivojlantirildi: 
birinchisi - o’quv jarayoniga texnik vositalarini qo’llash bilan bog’liq bo’lsa ( shu jumladan 
dasturli ta'limning texnik vositalari), ikkinchisi - o’qitish texnologiyasi masalalarini, ya'ni o’quv 
materiallarni tahlil qilishdan tortib ta'lim jarayonini turlicha nashrli va texnik vositalardan 
jamuljam foydalangan holda tizimli tashkil etishga qadar bo’lgan keng doiradagi muammolarni 
qamrab oladi. Shu yerda birinchi konferentsiya materiallari (1966 yil) to’plamning kirish 
maqolasida yozilgan juda muhim dalilni keltirish o’rinlidir: ―ikki tushuncha - ―pedagogika― va 
―texnologiya―larni qo’shish mantiqi tortishuvlarga sabab bo’layapti. Chunki ―texnologiya― so’zi 
sinf xonasiga texnikani kiritish va ―degumanizatsiya― (insonparvarlikdan voz kechish) g’oyasi 
bilan tavsiflanishi pedagogik kasb vakillarini cho’chitishi mumkin―. Albatta, bu fikr ma'lum 
darajada to’g’ri bo’lishi mumkin. Biroq texnokratik fikrlash (texnikaning inson va uning 
qadriyatlari ustidan ustunligi) fanda qoralanadi yoki inson hech qachon ―temir mashina―ga tobe 
bo’lmaydi, balki uni o’z aql-zakovati bilan yaratadi va boshqaradi. Bu muammoning psixologik 
jihatlari bo’lib kam o’rganilgan soha.
70-yillarning boshiga kelib o’quv jihozlarining turli xillarini va o’qitishning predmetli 
vositalarini loyihalash va ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish zaruriy shartlardan biriga aylandi, 
ularsiz ilg’or metodika va o’qitish shakllari samarasiz bo’lishi, ta'lim sifatiga erishib bo’lmasligi 
anglab yetildi. Shu boisdan sotsialistik lagerdagi davlatlarda ham bu sohada ma'lum hajmdagi 
ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 1965 yilda sobiq SSSR Pedagogika Fanlari Akademiyasida 
―o’quv jihozlari va o’qitishning texnik vositalari― ilmiy tekshirish instituti tashkil etildi va hozir 
ham Rossiya ta'lim akademiyasi instituti sifatida faoliyat ko’rsatayapti. 1973 yilda Vengriyada 
―o’qish texnologiyasi Davlat Markazi― bevosita YuNESKO tashabbusi va dasturi asosida tashkil 
etildi va uning asosiy vazifasi o’qitish texnologiyasining yangi qirralarini kashf etish, 
mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish 
kabi masalalardan iborat bo’ldi.
YUNESKO insonparvar va taraqqiyparvar tashkilot sifatida xalqaro muammolarni o’rganish 
bilan muntazam shug’ullanib kelmoqda. 1971 yilda YuNESKO sobiq bosh direktori Rene Mais 
Frantsiya Bosh vaziri (ayni vaqtda Ta'lim vaziri) Edgaro Foraga murojaat qilib maxsus guruhga 
rahbarlik qilishni, tezkor o’zgarishlar ro’y berayotgan bir sharoitda jahon ta'limi oldiga qo’yilgan 
maqsadni va uni amalga oshirish uchun aqliy va moddiy vositalar miqdorini belgilab berishni 
iltimos qildi.
Shunday qilib, 1972 yilning kech kuzida Buyuk Britaniya va Frantsiya kitob do’konlarida 
―Yashash uchun o’qish. Dunyo tarbiyasi bugun va ertaga― (Learning to be Tche world of 
edication today and tomarrow) kitobi paydo bo’ldi. Bu voqeaga roppa-rosa 27 yil vaqt o’tgan 
bo’lsa-da, ma'ruzaning asosiy g’oyalarini eslash foydadan xoli bo’lmaydi. Boz ustiga bu kitob 

boshqalari kabi mamlakatimiz keng auditoriyasiga kirib kelmadi, kutubxonalarimiz boyligiga 


aylanmagan. 
Komissiya tomonidan jahon ta'limining joriy holati tahlil qilinib asosiy yo’nalishlari 
belgilandi. Komissiya milliy Kontseptsiya, shuningdek maorif va tarbiyani rivojlantirish 
strategiyasini ishlab chiqish uchun o’z tavsiyalarini ifoda etdi. Bu kontseptsiyaning bosh g’oyasi: 
inson butun hayoti davomida tiklanish holatida bo’ladi, demak u o’z potentsialini faqat uzluksiz 
ta'lim jarayonidagina amalga oshiradi - doimo yangiliklarni bilishga va mavjud tajribalarini 
faollashtirishga intiladi. Shu boisdan ma'lumotlilik faqat ma'lum hajmdagi bilimlarni uzatish 
bilan bog’liq holda emas, inson o’z hayoti davomida tiklanish jarayonining mantiqini 
aniqlaydigan omil sifatida tushunish kerak. Eng asosiysi, Edgaro Fora tomonidan ―zamonaviy 
texnologiya ta'limni modernizatsiyalashda harakatlanuvchi kuch― ekanligi qayd etildi. 
Bu davrda ta'lim tizimidagi o’zgarishlar turli mamlakatlarda turlicha kechdi: ba'zi birlari 
amaliyotdagi mavjud ta'limni takomillashtirishni avzal ko’rsalar, boshqalari o’z oldilariga 
hozirgi ta'lim tizimini yangisiga almashtirishni maqsad qilib qo’ydi. Nihoyat, uchinchilari esa 
jamiyatni o’zgartirmasdan turib ta'lim tizimini isloh qilish mumkin emasligini, vaqtni boy 
bermasdan yoshlar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarning yangi tizimini yaratishga 
kirishish kerakligini e'tirof etadilar. 
Bugun o’zbekiston demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo’lidan 
izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilindi, davlat ijtimoiy 
siyosatida shaxs manfaati va ta'lim ustuvorligi qaror topdi. o’quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or 
pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash zarurati ham Kadrlar tayyorlash milliy dasturini 
ro’yobga chiqarish shartlaridan biridir. Shu sabab biz bu pedagogik fenomenning paydo bo’lishi 
va rivojlanish jarayonini o’rganishga tarixiy yondashmoqdamiz. 
1977 yilda Budapeshtda o’tkazilgan o’qitish texnologiyasi bo’yicha Xalqaro semenarda 
ta'limni texnologiyalashtirish jarayoni bilan bog’liq omillar rus olimi S.G.Shapovalenko 
tomonidan quyidagicha belgilandi: 
- texnikani bilish va mukammal egallash; 
- audiovizual fondi bilan tanish bo’lish; 
- texnik vositalardan foydalanish metodikasini egallash. 
Biroq bu fikrning bir yoqlamaligi yakqol ko’zga tashlanadi. Undan farqli o’laroq g’oyalar 
shu semenar ishtirokchilari tomonidan aytildi. Misol uchun, venger olimi L.Salai o’qitish 
texnologiyasi doirasini bir muncha kengaytirishga urinadi: rejalashtirish, maqsad tahlili, o’quv-
tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda tashkil etish, maqsad va mazmunga mos keladigan metodlar, 
vositalar va materiallarni tanlash bevosita PTni loyihalashdagi o’qituvchi faolitiyaga xosligini 
ta'kidlaydi. Shunga yaqin fikrlar, ya'ni o’qitish texnologiyasi o’zida yordamchi vosita va yangi 
tizimni qamrab olgan holda o’quv jarayonini rivojlantirishga, uning tashkiliy shakllarini, 
metodlarini, mazmunini o’zgartirgan holda o’qituvchi va o’quvchilarning pedagogik 
tafakkurlashiga ta'sir ko’rsatishi J.Tseller tomonidan ta'kidlandi. Bu ma'lumotlar shundan dalolat 
beradiki, 70-yillar oxiriga kelib chet ellarda texnika rivoji va ta'limni kompyuterlash darajasiga 
bog’liq holda PTn
Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin