Mavzuningdolzarbligi.shundan iboratki, zoonimli (hayvon nomlari) frazeologik birliklarning leksikada qo’llanishini tahlil qilish ingliz xalqining olam milliy manzarasini anglash, hayvonlarga xos hususiyatlarni insonlarga chogishtirish orqali kishilar tafakkurida hosil bo’lgan mental tushunchalarni teranroq tushunishda hizmat qiladi. Shuningdek, ingliz va uzbek tillaridagi zoonim frazeologizmlarning qiyosiy asnoda tadqiq qilinishi, ikki tildagi frazeologik birliklarni tarjimasida muhim yo’riq vazifasini o’taydi.
Magistrlik dissertatsiyasining ob’ekti– A.B.Kunin [1967] va ingliz-rus frazeologik lug’atidan tanlab olingan zoonimli frazeologik birlIklar hisoblanadi.
Magistrlik dissertatsiyasining predmeti – Ingliz tilida frazeologik birliklardagi zoonimlar leksik va semantic jihatlari tadqiqi.
Ishning maqsad va vazifasi – Ingliz va o‘zbek hayvonlar nomlari ishtirok ertgan maqollar va fraseologizmlarning qo‘llanishini o’rganish.
Ingliz va o‘zbek frazeologizmlarining lingvistik jihatlarini o’rganish;
Inson fe’l-atvoriga muqoysa etilgan zoonimlarni tahlil etish va guruhlarga ajratib chiqish.
Ingliz tilida zoonim qatnashgan frazeologik birliklarda uchrovchi hayvon nomlarini sarhisob qilish va bu hodisaga oid ilmiy amaliy manba’larni hulosalash
O’zbek tilidagi zoonimli o’shatmalar va ularning ingliz tilidagi ekvivalentlarini tahlil qilish.
Ishning metodologik asoslari va metodlari – Frazeologik birliklarni tahlil qilishda qiyosiy-taqqoslash tahlil metodi, kontekstologik tahlil kabi usullardan foydalanildi.
Kurs ishining nazariy ahamiyati shundan iboratki, olib borilgan izlanishlar va to’plangangan materiallar bizning lug’at boyligimizni oshiradi, “boshqa til” xalqlarining madaniyati bilan tanishish hamda badiiy adabiyot va matnlarni to’liq tushunishimizga yordam beradi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati – Shundan iboratki, qilingan sarhisob va hulosalardan Ingliz va uzbek tillaridan badiiy tarjima jarayonida, frazeologik lugatlar tuzishda, sohaga oid ma’ruza matnlari yaratishda,
BMI va magistrlik dissertatsiyalarini yozishda qo’llanilishi mumkin