XULOSA Hаr bir tilning frаzеоlоgik qаtlаmi o`shа til egаsi bo`lmish хаlqning urfоdаtlаri-yu turmushini, dunyo qаrаshini аks ettirаdi. Bundаn tаshqаri, оbrаzli, mаzmundоr, tа’sirchаn vа bo`yoqdоr ibоrаlаr nutqimiz ko`rki, tilimizning bоyligidir.
Hammaga ma’lumki, inson hayotida hayvonlarning muhim ahamiyatga ega ekanligi tilimizda namoyon bo’ladi. Leksikada hayvonlarning nomini –zoonimlarni qo’llash barcha dunyo tillarida mavjud bo’lgan. Inson o’zining harakatini, hissiyotini, holatini, tashqi ko’rinishini ifoda etishda o’ziga yaqin va o’xshash bo’lgan hayvonot dunyosidan foydalangan.
Shuning uchun zoonim komponentli frazeologik birliklarni tahlil qilish va ingliz tilida qo’llaniladigan zoonimlarni xususiyatlari bo’yicha tasniflash,uning asosiy belgilari aniqlash hamda ingliz tilidagi zoonimli frazeologik birliklarni o’zbek tiliga tarjima qilinish yo’llarini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Chunki aynan frazeologizmlar bizga noma’lum madaniyat egalari va madaniy-etnuk kolorit haqida axborot beruvchi manba hisoblanadi. Magistrlik dissertatsiyasini yozish mobaynida biz frazeologiyaning alohida soha sifatida rivojlanishida bir qancha tilshunos olimlar, jumladan, А.А. Potebni, А.А. Shaxmatov, F.F. Fortunatov, Y.D.Polivanov, S.I. Abakumov,
V.V.Vinogradov, V.L.Arxangelskiy, N.N.Amosova, V.P.Jukov, A.V.Kunin, M.T. Tagiyev, M.M.Kopilenko, Z.D.Popovlar va o’zbek tilshunоsligidа
Sh.Rахmаtullаyеv, Y.Pinхаsоv, M.Husаinоv, I.Qo`chqortоyеv,
B.Yo`ldоshеvlarning katta hissa qo’shganligiga guvoh bo’ldik.
Frazeologiyani o’ziga xosligi va xususiyatlarini kengroq o’rganish uchun ushbu tilshunoslarning asarlaridagi misollardan va izohlardan foydalandik.
Olib borilgan izlanishlar natijasida hozirgi kunga kelib frazeologiya sohasi tilshunoslikda dolzarb, muhim masalalardan biri hisoblanib, bu borada ko’pgina tilshunos olimlar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilganligini va olib borilayotganligini aniqladik.
Ilmiy izlanish va tadqiqot ishlari olib borish bevosita chet tillarini yaxshi bilish bilan bir qatorda, tarjima bilan bog’liq bo’lgan oz yechimini topgan va topmagan muammolarni, taqqoslanayotgan ikki til millati, ya’ni o’zbek va inglizlarning yashash sharoiti, aholisining rivojlanish darajasi, urf-odat va an’analaridan ham xabardor bo’lishda hamda ularning tub mazmun-mohiyatini anglashda,his qilish va idrok eta olishdayordam beradi.
Ikkinchi bobda ingliz tilida zoonim komponentli frazeologik birliklarni o’zbek tilidagi frazeologik birliklar bilan taqqosladik. Hamda frazeologik birlikda ustunlik qiluvchhi leksema asosida olib borilgan izlanishlardan, “it”, “ot” va “mushuk” leksemalari ishtirokidagi frazeologik birikmalarning ko’p qo’llanilishi aniqlandi. Olib borilgan izlanishlar ingliz milliy xarakterining, ingliz tabiatining, fe’latvorining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, biz klassifikatsiyalashni faqat zoonimli frazeologik birliklarga urg’u bergan holda olib bordik va bu klassifikatsiya umumiy xususiyatga ega. Demak, frazeologiyani o’rganish, turg’un birliklarni o’zlashtirish turli tillarni tushunish uchun juda muhim. Frazeologiyada xalqlarning tarixi, madaniyati, turmush tarzi namoyon bo’ladi. Frazeologik birliklarni tushunmasdan, turli millat xalqlari o’rtasida madaniyatlararo muloqot qilib bo’lmaydi. Shuningdek, frazeologik birliklarni yaxshi o’zlashtirish badiiy asarlarni o’qish jaroyonida asarning mazmunini to’liq tushunishga, tarjima jarayonida matn mazmunini to’g’ri shakllantirishga yordam beradi. frazeologizmlarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda, uning tarkibidagi barcha komponentlar ham to’g’ridan-to’g’ri yoki so’zmasoz tarjima qilinmaydi, chunki frazeologizmlarning ma’nosi ular tarkibidagi komponentlarning ma’nosiga bog’liq emas, ya’ni, frazeologizmlarning tarkibidagi komponentlar aksariyat hollarda ko‘chma ma’noga ega. Shuning uchun bugungi kunda ham frazelogik muammolarga qiziqish ortib bormoqda va bu borada izlanishlar olib borilmoqda. Ma‘lumki, it va mushuklar sevimli uy jonivorlari hisoblanib, har bir etnos lisoniy tasvirida it va mushuk antitetik (antitetika yunoncha antitetikos so‘zidan olingan bo‘lib, qarama-qarshilik ma‘nosini anglatadi) leksik birlik sifatida frazeologik iboralarda, paremalarda polisemik maydonni hosil qiladi. Bu hayvonlar iboralarda o‘z belgi va xususiyatlaridan uzoqlashib, nafaqat to‘rt oyoqli sut emizuvchilar guruhini, balki boshqa sinfga kiruvchi konkret ob‘ektlarni, hattoki insonlarni ifodalab keladi. Mushuk nafaqat ingliz balki boshqa tillarda ham nihoyatda keng qo’llanuvchi zoonim hisoblanadi. Ispanshunos lingvist olimlar tomonidan leksik birliklarni tavsiflash jarayonida it va mushuk zoomorfizmlari
―hayvonlar‖ hosil qiladigan semantik sathda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallashini tadqiqot natijalarida ko‘rsatib o‘tganlar [Baxronova 2015, 92]. Bu shundan dalolat beradiki, kognitiv semantikada it va mushuk prototiplari nafaqat uy hayvonlari orasida, balki metaforalar va idiomalarda ifodalilik va stilistik bo‘yoqdorliklari jihatidan ham butun hayvonot olami vаkillaridan ustun bo‘lib keladi [Rooth 1968, 286]. Ispan va boshqa xalqlar lisoniy tasvirida it va mushuk prototipining tadqiqotlarda ustunlikka erishishi, bizningcha, kishilarning bu jonivorlar bilan ming yillardan buyon yonma-yon yashab kelishidadir. Shu sababli kishilar canina (itsimonlar oilasi) va felina (mushuksimonlar oilasi)ga kiruvchi hayvonlar etologiyasini yaxshi o`zlashtirganliklari ma‘lum. Bu esa ta‘kidlab o‘tilganidek, o‘z navbatida, it va mushuk leksemalari keng qatnashgan konseptual domenga ega lingvistik maydonni tashkil qiladi. Haqiqatdan ham, zoomorfizmlar tadqiqoti ko‘rsatadiki, it va mushuk kabi to‘rt oyoqli sut emizuvchi uy jonivorlari va ma‘lum bir xalq yashayotgan mamlakatning tabiiy sharoitida ko‘p uchraydigan boshqa hayvonlar o‘sha xalq tilida xarakterli tasvirlarni ko‘proq hosil qiladi.
Demak, chet tillaridan badiiy tarjima jarayonida ikki til milliy madaniy xususiyatlarining hosilasi bo‘lgan frazeologik xarakterdagi ibora, maqol, matal va idiomalar tarjimasiga engil – elpi qarab bo‘lmaydi. Har bir frazeologik birlikdagi xissiy bo‘yoqdorlikni oshirish maqsadida qo‘llangan stilistik priyomlar tarjimon tomonidan o‘rganilib mazkur frazeologizmning ma’noviy muqobili yoki so‘zmaso‘z tarjima qilinib gapda qo‘llanishi lozim.
Frazeologizmning ichki mazmuni shundan iboratki, turli-tuman odamlarning hayot va harakterlarini yoritib beradi.
FBlarning so'zlardan asosiy farqi, ular ob'yektiv reallikni, ma'lum voqea-hodisani nomlash uchun emas, balki unga nisbatan modal munosabatni ifodalash maqsadida yuzaga keladi. Tildagi FBlarning asosiy qismi ma'no jihatdan insonga qaratilgan,ular kishining biror jismoniy, ruhiy, aqliy-intelektual xususiyatini, hatti-harakatini ifodalaydi. Shu sababli, FBlaming ma'no tarkibida ko'pmcha, konnotativ element ishtirok etadi. Bu element FBning denotative ma'nosiga emotsional ekspressiv bo'yoqdorlik yuklaydi.
Frazeologizmlarning tarkibida nechta so'z ishtirok etishiga qaramay, ular yagona umumiy ma'no bilan birlashadi va emotsional-ekspressiv ma'noni ifodalaydi.
Frazeologizmlar, ogzaki va yozma nutqda qo’llaniluvchi muhim ifoda vositalari hisoblanadi. Frazeologizmlar kontekstdagi ma’noni teranroq tushunib olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy asarlarda esa, frzeologizmlar asarning badiiy bo’yoqdorligini oshiradi.
Frazeologizm tashkil etuvchisiga ko’ra qo’shma leksema, so’z birikmasi va gapga o’xshaydi. Biroq ular ko’proq qo’shma leksema kabi til jamiyati ongida tayyor va barqaror holda yashaydi. Boshqacha aytganda, frazeologizm lisonda barcha lisoniy birliklarga xos bo’lgan umumiylik tabiatiga ega va nutqda xususiylik sifatida namoyon bo’ladi
Demak, frazeologiyani o’rganish, turg’un birliklarni o’zlashtirish turli tillarni tushunish uchun juda muhim. Frazeologiyada xalqlarning tarixi, madaniyati, turmush tarzi namoyon bo’ladi. Frazeologik birliklarni tushunmasdan, turli millat xalqlari o’rtasida mukammal muloqot qilib bo’lmaydi.