Davlat sektorida moliyaviy nazoratini tashkil etishning nazariy va tashkiliy asoslari



Yüklə 419,52 Kb.
səhifə2/5
tarix22.12.2023
ölçüsü419,52 Kb.
#190307
1   2   3   4   5
ismoilbek moliya maqola

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Moliyaviy nazorat – bu faoliyat yurituvchi xo’jalik subyektlarining moliyaviy muomalalarini o’rnatilgan qonun-qoidalar doirasida amal qilinishini taʼminlovchi ularning samaradorligini tahlil qiluvchi va ularni kelgusida takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiquvchi masʼul organlarning aniq maqsadga yo’naltirilgan faoliyati.
Moliyaviy nazoratning maqsadi – bu shunchaki faqat nazorat emas, balki uning maqsadi ahvolni to’g’rilash choralarini ko’rish, ayrim hollarda aybdorlarni javobgarlikka tortish, yetkazilgan zarar uchun tovon undirib olish yoki kelgusida bunday buzilishlarning oldini olish yoxud kamaytirish imkoniyatiga ega bo’lish uchun imkoni boricha dastlabki bosqichda qabul qilingan standartlardan chekinishlarni va qonun qoidalarning buzilishlarini oldini olish, moddiy resurslarning samaradorligini oshirish va tejab sarflanishini aniqlashdan iboratdir.
Moliyaviy nazoratning ahamiyati shundan iboratki, uning yordamida birinchidan, davlat va jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolar tomonidan o’z moliyaviy faoliyatlarida huquqiy tartibga rioya etilishini kuzatib borish; ikkinchidan, amalga oshirilayotgan moliyaviy harakatlarning iqtisodiy asoslanganligi va samaradorligini, bu harakatlarning davlat oldida turgan vazifalarga muvofiq kelishini tekshirish orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, moliyaviy nazorat moliyaviy faoliyatni amalga oshirish paytida qonunchilikka rioya etish, harakatlarni maqsadga muvofiqligini taʼminlashning muhim vositasi bo’lib xizmat qiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida moliyaviy nazoratning maqsad va vazifalari, turlari va shakllari tubdan o’zgardi. Endi u faqatgina jazolash maqsadida emas, balki davlatning o’z vazifalarini bajarish uchun zarur bo’lgan mablag’larning to’liq to’planishi va budjet mablag’laridan maqsadga muvofiq samarali xarajat qilinishini nazorat qilish maqsadida maslahat va ko’rsatmalar berish kabi vazifalarni bajarmoqda. Bugungi kunda moliyaviy nazorat tizimi o’z tarkibida nazorat qiluvchilar va nazorat qilinuvchilar bilan birga nazoratning turlari, shakllari va usullarini ham jamlaydi.
Moliyaviy nazoratning muvoffaqiyatli va samarali o’tkazilishi uning tashkil etilish darajasiga va nazoratning turlari, shakllari va uni o’tkazishning metodlariga bog’liq.




Yüklə 419,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin