DAVLAT SEKTORIDA MOLIYAVIY NAZORATINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY VA TASHKILIY ASOSLARI MMT-77 Abdullayev Ismoilbek ANNOTATSIYA Ushbu maqolamizdan maqsad moliyaviy nazoratning asosiy jihatlari va tamoyillariniilmiy chizmalkar va tahlillar bilan ochib berishga harakat qilganmiz.Hozirgi kunda moliyaviy nazoratning asosiy maqsadi tekshirilayotgan obyektda mavjud bo’lgan haqiqiy holatni obyektiv o’rganish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ijro etishga salbiy taʼsir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash yoki oldini olishdan iborat. Kalit so’zlar:moliya, nazorat obyektlari, byudjet, prinsiplar, mahalliy idoralar,iqtisod, hisob palatasi. ABSTRACT The purpose of this article is to reveal the main aspects and principles of financial control with scientific drawing and analysis. Today, the main goal of financial control is to objectively study the actual situation existing in the inspected object and to identify the factors that have a negative impact on the adoption and execution of management decisions. consists of detection or prevention. Keywords: finance, control objects, budget, principles, local authorities, economy, accounting chamber. АННОТАЦИЯ Целью данной статьи является раскрытие основных аспектов и принципов финансового контроля с помощью научного рисунка и анализа.На сегодняшний день основной целью финансового контроля является объективное изучение фактической ситуации, сложившейся на проверяемом объекте, и выявление факторов, оказывающих негативное влияние на принятие и исполнение управленческих решений состоит в их обнаружении или предотвращении. Ключевые слова: финансы, объекты управления, бюджет, принципы, органы местного самоуправления, экономика, счетная палата.
KIRISH Moliyaviy nazoratning yuzaga kelishi va rivojlanishi davlat moliyaviy tizimining tashkil etilishi va rivojlanishi bilan chambarchas bog’liqdir. Moliyaviy nazoratni tashkil etish bu moliyaviy resurslarni boshqarishning majburiy elementi hisoblanib, bunday boshqaruv jamiyat oldidagi javobgarlikni aks ettiradi. Nazorat bu oxirgi maqsad hisoblanmaydi, nazorat bu boshqarish tizimining ajralmas qismi bo’lib, mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy shartidir. Moliyaviy nazorat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish ustidan davlat nazoratining tarkibiy elementi bo’lib hisoblanadi.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev taʼkidlaganidek - “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o’sishning yuqori surʼatlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat budjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo’lishini taʼminlash - eng muhim ustuvor vazifamizdir”1.
Davlat budjeti budjet mablag’lari boshqaruvchilarining ehtiyojlarini moliyalashtirish orqali muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajaradi. Iqtisodiyot va umuman jamiyatni rivojlantirish uchun muhimligiga qaramay, O’zbekiston budjet tizimi yuqori markazlashuv, davlat qarzining yuqori darajasi sharoitida budjet taqchilligini moliyalashtirish muammolari va boshqalar bilan bog’liq ma’lum kamchiliklarga ega.
Nazorat boshqarish siklining shakli sifatida qabul qilinayotgan yoki qabul qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligi va samaradorligini baholash, bu qarorlarning amalga oshirilish darajasini haqiqiy natijalarning o’rnatilgan parametrlari va meʼyoriy ko’rsatmalardan og’ish (farq qilish) darajasini aniqlash va salbiy holatlarni bartaraf etishga qaratiladigan boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida boshqariluvchi obyekt faoliyatini kuzatish, solishtirish, tekshirish va tahlil qilish tizimidir.