Davlat sektorida moliyaviy nazoratini tashkil etishning nazariy va tashkiliy asoslari


-rasm. Moliyaviy nazoratning klassifikatsiyasi2



Yüklə 419,52 Kb.
səhifə4/5
tarix22.12.2023
ölçüsü419,52 Kb.
#190307
1   2   3   4   5
ismoilbek moliya maqola

4-rasm. Moliyaviy nazoratning klassifikatsiyasi2
Davlat moliyaviy nazorati budjet to’g’risidagi qonun hujjatlarining davlat moliyaviy nazorati obyektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo’l qo’ymaslik, shuningdek budjet sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy nazorati respublika va mahalliy budjetlar ijrosi doirasida o’rganiladi (5-rasm).




5-rasm. Davlat moliyaviy nazoratining respublika va mahalliy budjetlar ijrosi ustidan amalga oshirilishi3
Davlat moliyaviy nazorat organlari davlat moliyaviy nazoratini davlat moliyaviy nazorat organlari yoki vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi.

Davlat moliyaviy nazoratini o’tkazishning qonuniyligi va mustaqilligi, shuningdek davlat moliyaviy nazorati natijalarining ishonchliligi va xolisligi davlat moliyaviy nazoratining prinsiplaridir (6-rasm).





6-rasm. Davlat moliyaviy nazorati prinsiplari4
XULOSA VA TAKLIFLAR
Moliyaviy nazorat maxsus tamoyillar orqali amalga oshiriladi.
Nazorat tamoyillari- nazoratning ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan va amaliy faoliyatdan o’tgan siyosiy, tashkiliy va huquqiy asoslari bo’lib, ularga amal qilishligi nazoratning samaradorligini taʼminlaydi. Nazorat tamoyillari moliya sohasidagi nazoratning umumiy tartibini maqsadga yo’naltirilganligini belgilab beradi.
Ko’p yillik tajriba asosida jahonda davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishning asosiy tamoyillari ishlab chiqarilgan bo’lib, har bir sivilizatsiyalashgan davlatlarga amal qilingan va intiladi. Bu tamoyillar qonuniylik, daxlsizlik, obyektivlik, malakalilik, oshkoralikni talab qiladi.
Qonuniylik – moliyaviy nazoratning muhim tamoyillaridan biri bo’lib, birinchidan, davlat va mahalliy moliyaviy va moddiy resurslardan fodalanishdagi qonuniylikni ko’zda tutsa, ikkinchidan, nazorat organlari faoliyati ham qonun asosida belgilangan vakolatlari doirasida tashkil etilmog’i kerak.
Dahlsizlik - nazorat organlarining dahlsizligi qonunan belgilab qo’yilishi kerak. Dahlsizlik nazorat organlari ishining samaradorligini taʼminlovchi omil bo’lib nazorat qiluvchi organning moliyaviy jihatdan ham mustaqil va dahlsizligini ko’zda tutadi.
Obyektivlik va malakalilik – nazorat o’tkazuvchi shaxslar tomonidan amaldagi qonunchilikning so’zsiz rioya qilishni, ularning yuqori malakali kasbiy darajada bo’lishlarini ko’zda tutadi.
Oshkoralik – tamoyili esa nazorat organlarining jamoatchilik ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan aloqada bo’lishlarini talab qiladi. Chunki nazorat organlari bevosita yoki bilvosita tarzda bir guruh kishilarning yoki butun aholining manfaatlarini ish yuritadilar.
Nazorat-iqtisodiy ishlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, xo’jalik yuritishning yuqori natijalariga erishishga, davlat daromadlarining oshishiga hamda davlat mablag’laridan samarali, maqsadga muvofiq foydalanishga taʼsir etadi.

Yüklə 419,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin