Davlat shakllari


Mutlaq (absolyut) monarxiya



Yüklə 9,21 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü9,21 Kb.
#208107
1   2   3
Davlat shakllari taqdimot

1. Mutlaq (absolyut) monarxiya. Bunda, davlat suverenitetining birdan-bir egasi monarx bo‘lib, u o‘z qo‘lida butun hokimiyat (qonunchilik, ijro va sud)ni to'plagan bo'ladi va uning hokimiyati aholi yoki birorta organ tomonidan cheklanmagan bo‘ladi (bugungi kunda Baxrayn, Bruney, Qatar va boshqalarda mavjud).
2. Cheklangan monarxiya (parlamentar, konstitutsion). Bunda monarx hokimiyati vakillik organi tomonidan muayyan darajada cheklangan va monarxning huquqiy maqomi konstitutsiya bilan chegaralab qo‘yilgan bo'ladi. Uning quyidagi turlari mavjud: Parlamentar monarxiya va Konstitutsiyaviy monarxiya.
3. Dualistik (aralash) monarxiya. Dualistik monarxiyada davlat hokimiyatini tashkil etish ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni monarx ijro hokimiyatiga boshchilik qiladi, o‘zi oldida javobgar bo‘lgan hukumatni tashkil etadi, qonunchilik hokimiyati esa parlamentga tegishli bo'ladi (Iordaniya, Marokash, Malayziya kabi davlatlarda mavjud). Shu bilan birga, monarx parlament tomonidan qabul qilingan qonunlarga mutlaq veto qo'yish huquqiga ega.
4. Teokratik monarxiya. Bunday boshqaruv shakli mavjud bo'lgan davlatlarda monarx ham dunyoviy, ham diniy hokimiyatga ega bo‘ladi (Vatikan, Saudiya Arabistoni).
Sotsialistik respublikalar.
Parlamentar respublika.
Prezidentlik respublikasi.
Aralash respublika.
Respublika – davlat boshqaruvining shunday shakliki, bunda davlat hokimiyati aholi tomonidan muayyan muddatga saylab qo‘yiladigan organlar va davlat boshlig'i tomonidan amalga oshiriladi.
Sotsialistik respublikalar. Parij kommunasi (1871); Sovetlar respublikasi (1917-1991-yillarda sobiq Sovet Ittifoqi); Xalq demokratik respublikalari (XXR, VSR, Kuba). Hozirgi kunda respublika shaklining asosan quyidagi turlari ajratib ko‘rsatiladi: parlamentar respublika, prezidentlik respublikasi, aralash (dualistik) respublika.
Parlamentar respublika. Hozirgi zamon davlat boshqaruvining bir turi bo'lib, bunday respublikada hukumat parlamentga o‘tkazilgan saylovlarda ko'pchilik o‘rin olgan partiyalarga tegishli deputatlar tomonidan shakllantiriladi (Italiya, Isroil, Germaniya va boshqalar). Bundan tashqari, davlat boshlig‘i - prezident odatda parlament a’zolari yoki maxsus kengash tomonidan saylanadi. Hukumat parlament oldida javobgar bo'lib, uning faoliyat muddati parlamentga bo‘lgan saylovlargacha amalda bo'ladi.

Yüklə 9,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin