А2+Geometrik yasashlar (4 soat). Nazorat ishi. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A2 o‘rganilgan geometrik faktlarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
berilgan burchakka teng burchakni, burchak bissektrissasini, berilgan to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar to‘g‘ri chiziqni, kesmani teng ikkiga bo‘lish, uchburchakning berilgan uch tomoniga ko‘ra yasay oladi.
A2+ bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi): A2 geometrik yasash algoritmlarini notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+ o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
Takrorlash. (9 soat) Amaliy-tajriba va sinov mashqlari. (3 soat) Yakuniy nazorat ishi. (2 soat)
Mavzularni o‘rganish uchun - 47 soat (A2+: 77 soat) Nazorat ishlari uchun - 6 soat (A2+: 8 soat) Xatolar ustida ishlash uchun - 6 soat (A2+: 8 soat) Takrorlash uchun -9 soat (A2+: 9 soat)) Jami - 68 soat (A2+: 102 soat) 8-SINF ALGEBRA (102 soat, haftasiga 3 soat, A2+:34 soat, haftasiga 1 soat)
Kommunikativ kompetensiya: A2 matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy olish;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
matematikaga oid audiomatnni tinglab, video tasvirlarni ko‘rib tushunish, tegishli munosabat bildira olish;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera olish, matematik qoidalarni yoddan ifodali ayta olish.
A2+ mavzudan kelib chiqqan holda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda tushuntira olish, matematik muammoni hamkorlikda yechganda jamoada samarali ishlay olish.