Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi


II BOB. UCHBURCHAKLAR (12 soat, А2+:10 soat)



Yüklə 461,42 Kb.
səhifə48/89
tarix08.06.2022
ölçüsü461,42 Kb.
#60941
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   89
Matemetika fani talim standarti

II BOB. UCHBURCHAKLAR (12 soat, А2+:10 soat)


13-14-mavzular: Uchburchaklar. Uchburchaklarning turlari va elementlari (2 soat)
15-16-mavzular: Uchburchaklar tengligining birinchi alomati. (2 soat)
17-18-mavzular: Teng yongli uchburchakning xossalari. (2 soat)
19-21-mavzular: Uchburchaklar tengligining ikkinchi va uchinchi alo­matlari. (3 soat)
22-mavzu: Amaliy-tajriba va sinov mashqlari. (1 soat)
А2+: Uchburchaklar tengligiga oid nostandart masalalar (4 soat).
А2+: Uchburchak burchaklarining yig’indisiga doir murakkabroq masalalar
(4 soat).
Nazorat ishi (1 soat, А2+: 1 soat).
Хаtolar ustida ishlash. Маsala va testlarni yechish (1 soat, А2+: 1 soat).


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A2
o‘rganilgan geometrik faktlarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
uchburchak va uning turlarini, siniq chiziq, to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat, romb, parallelogramm, ko‘pburchaklar va uning elementlarini tasavvur qila oladi, taniy oladi va nomlay oladi;
kesma va siniq chiziq uzunligini o‘lchay oladi va chamalab baholay oladi;
siniq chiziqni va turli uchburchaklarni qog‘oz, sim, plastilin va h.k.lar yordamida modellashtira oladi;
uchburchakni bir-biri bilan solishtira oladi;
o‘zaro teng bo‘lgan uchburchaklar aniqlay oladi, ularning mos geometrik kattaliklar orasidagi munosabatlarni o‘rnata oladi.
A2+
bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.


Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi):
A2
o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.



Yüklə 461,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin