Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentsiyalari: A2 yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish va rivojlantirish;
matematikaga doir masala va misollar yechish jarayoni orqali mustaqil faoliyat yuritish, izchil mantiqiy fikrlash, tanqidiy va algoritmik mulohaza yuritish, irodali bo‘lish hamda maqsadga erishish yo‘lida matonatli bo‘lish kabi xislatlarni o‘zlashtira borish;
turli algoritmlar asosida arifmetik hisoblashlarni to‘g‘ri bajarish orqali aniqlik va orastalik xislatlarini o‘zlashtira borish;
A2+ o‘z oldiga mustaqil ravishda o‘quv maqsadlarini qo‘ya olish, o‘quv faoliyati natijalarini tahlil qila olish hamda ularga tuzatishlar kirita olish va baho bera olish.
o‘zining kundalik ishlarining rejasini tuza olish va unga tuzatishlar kirita olish;
darslik bilan ishlash, dars materialini mustaqil yoki o‘qituvchi yordamida o‘rganish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyalari: A2 Maktab va sinf miqyosida yoshlarning o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlari tomonidan o‘tkazilayotgan turli tadbir, jamoat ishlari, fan bo‘yicha kecha, to‘garak va tanlovlarga hamda jarayonlarga daxldorlikni his qilish va faol ishtirok etish;
bitta muammo yechimiga nisbatan turli xil nuqtai nazar va qarashlarni tinglay olish, solishtira olish, ular haqida asosli o‘z fikrini bildira olish va o‘z fikrini himoya qila olish;
guruhda hamkorlikda ishlay olish, guruhdagi ish taqsimotiga ko‘ra faoliyat ko‘rsata olish;
turli qoida va algortmlar asosida muayyan o‘quv faoliyatlarni va vazifalarni bajarish orqali maktabdagi tartib-intizom qoidalariga va jamiyatdagi ijtimoiy faoliyat me’yorlari rioya qilish ko‘nikmalarni o‘zlashtira borish;
A2+ matematik masalalarni yechish va ularning yechimini tekshirish, turli tasdiqlar haqida “to‘g‘ri” yoki “noto‘g‘ri” deb hukm chiqarish va ularni asoslash orqali adolatlilik, haqgo‘ylik va to‘g‘riso‘zlik fazilatlarini o‘zlashtira borish.
muammoni yechish uchun guruh ishiga qo‘shilish, o‘rganilgan mavzular bo‘yicha o‘qituvchi va sinfdoshlarni eshitib, o‘z fikrini ayta olish.